|
-bob. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilishBog'liq TA’LIM TO‘G‘RISIDAGI QONUN7-bob. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish
52-modda. Ta’lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish
Oldingi
tahrirga qarang.
Ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilar qonunchilikka muvofiq imtiyozlar, stipendiyalar va
vaqtincha yashash joylari bilan ta’minlanadi.
(52-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
To‘lov-shartnoma asosida ta’lim oluvchilarga imtiyozli bank kreditlari berilishi mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
Nodavlat ta’lim tashkilotlari ta’lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilishni qonunchilikka, o‘z
ustaviga va (yoki) boshqa ta’sis hujjatiga muvofiq amalga oshiradi.
(52-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash maqsadida kam ta’minlangan oilalardagi bolalar,
jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun, shuningdek
mazkur toifadagi ta’lim oluvchilarning kasbiy o‘sishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-avgustdagi “O‘qituvchilar
va o‘quvchilar turmushi moddiy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 409-
sonli
qarori
, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-sonli “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga
to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarori
.
|
| |