ta’limning mazmuni, qo‘llanilayotgan ta’lim va tarbiya usullari, ta’lim texnologiyalari bilan,
shuningdek o‘z bolalarining o‘quv fanlarini o‘zlashtirishi natijalari bilan tanishish;
ta’lim oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
ta’lim tashkilotini boshqarishga doir masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish.
Oldingi
tahrirga qarang.
Voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari qonunchilikka
muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(51-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari:
o‘z
bolalarini insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, ma’naviy, milliy va
umuminsoniy qadriyatlarni hurmat
qilish ruhida tarbiyalashi;
bolalarining umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim yoki boshlang‘ich professional ta’lim olishini
ta’minlashi;
bolalarining o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashishini ta’minlash va o‘zlashtirishi ustidan
nazoratni amalga oshirish;
o‘z bolalarining intellektual, ma’naviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar
yaratishi;
ta’lim tashkilotining ta’lim-tarbiya jarayonini tartibga soluvchi ichki tartib-qoidalariga rioya
etishi;
jismoniy va yuridik
shaxslar bilan munosabatlarda, shu jumladan sudda maxsus vakolatlarsiz
o‘z bolalarining ta’lim sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi;
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.
Oldingi
tahrirga qarang.
Voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari zimmasida
qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(51-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)