• 10-bob. Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik 67-modda. Ta’lim tashkilotlarining xalqaro hamkorligi
  • -modda. Ta’lim tashkilotlarining mol-mulki




    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet34/37
    Sana17.05.2024
    Hajmi0,57 Mb.
    #239821
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
    Bog'liq
    TA’LIM TO‘G‘RISIDAGI QONUN

    66-modda. Ta’lim tashkilotlarining mol-mulki 
    Ta’lim tashkilotlari o‘z mulkiga, xo‘jalik yurituvidagi yoki operativ boshqaruvidagi mulkka 
    ega bo‘lishi kerak. 
    Davlat ta’lim muassasalarining operativ boshqaruvida yoki xo‘jalik yurituvida bo‘lgan 
    obyektlarning (binolar, inshootlar, qurilayotgan binolar va inshootlarning, o‘quv, ishlab chiqarish va 
    ijtimoiy infratuzilmalarning, ta’lim oluvchilar vaqtincha turar joy binolarining, klinik bazalar va 
    boshqa ko‘chmas mulk obyektlarining, shu jumladan ta’lim kampuslariga kiradigan mulk 
    obyektlarining) xususiylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
    Ta’lim tashkilotlari qayta tashkil etilgan hollarda ularning mol-mulki yangi tashkil etilgan 
    ta’lim tashkilotiga huquqiy vorislik asosida o‘tkaziladi. 
    Oldingi
     tahrirga qarang. 
    Ta’lim tashkilotlari tugatilganda ularga tegishli mol-mulk kreditorlarning talablari 
    qanoatlantirilgandan so‘ng, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, 
    muassislarga (ishtirokchilarga) qaytariladi. 
    (66-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
    Qonuni 
    tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
    10-bob. Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik 
    67-modda. Ta’lim tashkilotlarining xalqaro hamkorligi 
    Ta’lim tashkilotlari quyidagilar vositasida tegishli xorijiy mamlakatlarning ta’lim 
    muassasalari va tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi: 
    ta’lim muammolari yuzasidan ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish
    qo‘shma fakultetlar, o‘quv markazlari va ilmiy laboratoriyalar tashkil etish; 
    xalqaro darajadagi birgalikdagi ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot loyihalari va dasturlarini 
    tayyorlash; 
    hamkorlikda fundamental hamda amaliy ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish; 
    ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar va simpoziumlar o‘tkazish; 
    talabalar, magistrlar, doktorantlar, o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar almashinishini amalga 
    oshirish; 
    ikki tomonlama diplomlar (Double Diploma) dasturlarini joriy etish;
    Oldingi
     tahrirga qarang. 
    qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlar. 
    (67-modda birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
    apreldagi O‘RQ-683-sonli 
    Qonuni 
    tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 
    03/21/683/0375-son)
    Oldingi
     tahrirga qarang. 
    Ta’lim tashkilotlari qonunchilikka muvofiq xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalari va 
    tashkilotlari bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlashni amalga oshirishi mumkin. 
    (67-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
    Qonuni 
    tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

    Download 0,57 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Ta’lim tashkilotlarining mol-mulki

    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish