8-bob. Nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash, ta’lim tashkilotlarini
attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish. Xorijiy davlatda olingan ta’lim
to‘g‘risidagi hujjatni tan olish, ta’lim sohasidagi hujjatlarga apostil qo‘yish
57-modda. Nodavlat ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash
Oldingi
tahrirga qarang.
Nodavlat ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash “Litsenziyalash, ruxsat berish va
xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuni
bilan tartibga solinadi.
(57-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya berish va qayta rasmiylashtirish, litsenziyaning amal
qilishini to‘xtatib turish, shuningdek litsenziyani bekor qilish yoki uni bekor qilish to‘g‘risidagi ariza
bilan sudga murojaat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda Ta’lim inspeksiyasi tomonidan amalga
oshiriladi.
(57-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
LexUZ sharhi
Qarang:O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi
O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoni.
Oldingi
tahrirga qarang.
Litsenziyalar
nomuayyan muddatga, ta’limning quyidagi turlari uchun alohida beriladi:
maktabgacha ta’lim va tarbiya (bundan oilaviy maktabgacha ta’lim mustasno);
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
professional ta’lim;
oliy ta’lim;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim.
(57-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat
ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan
o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
nizom
.
Oldingi
tahrirga qarang.