• 49-modda. Ta’lim oluvchilarning kiyim-boshiga nisbatan qo‘yiladigan talablar
  • -modda. Ta’lim oluvchilarning majburiyatlari




    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet25/37
    Sana17.05.2024
    Hajmi0,57 Mb.
    #239821
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37
    Bog'liq
    TA’LIM TO‘G‘RISIDAGI QONUN

    48-modda. Ta’lim oluvchilarning majburiyatlari
    Ta’lim oluvchilar: 
    o‘quv dasturlari asosida bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi, mashg‘ulotlarga 
    qatnashishi, ularga mustaqil tayyorgarlik ko‘rishi, pedagog xodimlarning topshiriqlarini bajarishi
    ta’lim-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilariga nisbatan jismoniy va (yoki) ruhiy 
    zo‘ravonlik ishlatmasligi va ularning o‘z majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilmasligi;
    ustav (ta’sis hujjati) talablariga, ichki tartib-qoidalariga, vaqtincha yashash joylari qoidalariga 
    va ta’lim faoliyatini tashkil etish hamda amalga oshirishga oid boshqa ichki hujjatlar talablariga rioya 
    etishi; 
    axloqiy, ma’naviy va jismoniy kamol topishga hamda o‘z dunyoqarashini kengaytirishga 
    intilishi; 
    ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini 
    hurmat qilishi;
    ta’lim tashkilotining mol-mulkini, moddiy va madaniy boyliklarini asrashi shart. 
    Oldingi
     tahrirga qarang. 
    Ta’lim oluvchilarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi 
    mumkin. 
    (48-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
    Qonuni 
    tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
    49-modda. Ta’lim oluvchilarning kiyim-boshiga nisbatan qo‘yiladigan talablar
    Ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilarning kiyim-boshiga doir talablar O‘zbekiston 
    Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 


     LexUZ sharhi 
    Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 666-son “Davlat umumiy o‘rta ta’lim 
    muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari 
    to‘g‘risida”gi 
    qarori.
     
    Oldingi
     tahrirga qarang. 
    Maktabdan tashqari ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash turlari 
    bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari ta’lim oluvchilarning 
    kiyim-boshiga doir talablarni mustaqil belgilashga haqli. 
    (49-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli 
    Qonuniga
     asosan 
    ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son) 
    Ta’lim oluvchilarning ayrim toifalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari 
    hisobidan kiyim-bosh bilan ta’minlanadi. 

    Download 0,57 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37




    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Ta’lim oluvchilarning majburiyatlari

    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish