Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son “Xalq ta’limi tizimida davlat
xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi
qarori
, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi
vazirining 2015-yil 2-iyundagi 13-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘quvchilarni sinfdan sinfga va bir
umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
nizom
. (ro‘yxat raqami 2684,
2015-yil 2-iyun).
Nodavlat ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish tartibi ushbu ta’lim
tashkilotlari
tomonidan belgilanadi.
Chet ellik fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasining davlat ta’lim muassasalariga qabul qilish
to‘lov-shartnoma asosida (bundan davlat granti ajratilgan hollar mustasno) amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida o‘qishga
qabul qilish parametrlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-iyundagi F-31-sonli “2023/2024 o‘quv
yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari
to‘g‘risida”gi
farmoyishi
Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish chog‘ida
imtiyozli kontingent uchun
qo‘shimcha qabul parametrlari belgilanadi.