• 34-modda. Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari
  • -modda. Ta’lim berish tili




    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/37
    Sana17.05.2024
    Hajmi0,57 Mb.
    #239821
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37
    Bog'liq
    TA’LIM TO‘G‘RISIDAGI QONUN

    33-modda. Ta’lim berish tili 
    Ta’lim tashkilotlarida o‘qitish tilidan foydalanish tartibi “Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston 
    Respublikasi 
    Qonuni
     bilan tartibga solinadi. 
     LexUZ sharhi 


    Qarang: “Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 
    6-moddasi

    34-modda. Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari
    Davlat ta’lim standartlari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional hamda oliy ta’lim 
    mazmuni va sifatiga oid talablarni belgilaydi.
    Davlat ta’lim talablari: 
    maktabdan tashqari ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek kadrlarni qayta 
    tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini
    ta’lim tuzilmasini va ta’limni amalga oshirish shartlarini; 
    ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy va kasbga oid sifatlari to‘g‘risidagi 
    normalarni belgilaydi.
    Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti 
    qo‘llaniladi.
    Davlat ta’lim standartlarini va (yoki) davlat ta’lim talablarini bajarish barcha ta’lim 
    tashkilotlari uchun majburiydir, bundan ushbu moddaning 
    beshinchi qismida 
    nazarda tutilgan hollar 
    mustasno. 
    Oldingi
     tahrirga qarang. 
    Nodavlat ta’lim tashkilotlari mustaqil ishlab chiqilgan va litsenziyada yoki xabarnomada 
    ko‘rsatilgan o‘quv dasturlari asosida ta’lim faoliyatini amalga oshirishlari mumkin.
    (34-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-
    sonli 
    Qonuni
     tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son) 
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi davlat ta’lim standartlari
    malaka talablari, oliy ta’lim, o‘rta maxsus ta’lim hamda professional ta’limning o‘quv rejalari va o‘quv 
    dasturlari ishlab chiqilishini ta’minlaydi. Ushbu maqsadlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va 
    o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tayanch davlat oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalarini belgilaydi. 
    Tayanch davlat oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalari kadrlarning talabgorlari 
    ishtirokida davlat ta’lim standartlarini, malaka talablarini, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini 
    tayyorlashni amalga oshiradi. Davlat ta’lim standartlari kasbiy standartlar asosida ishlab chiqiladi. 
    O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim 
    standartlari ishlab chiqilishini ta’minlaydi. 
    Oldingi
     tahrirga qarang. 
    Oliy, professional, o‘rta maxsus va umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari, malaka 
    talablari, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus 
    ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
    Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan tasdiqlanadi. 
    Tegishli vakolatlar berilgan boshqa vazirliklar va idoralar davlat ta’lim standartlarini O‘zbekiston 
    Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqadi hamda 
    tasdiqlaydi.
    (34-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-
    sonli 
    Qonuni 
    tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son) 
    Davlat ta’lim talablari ta’lim sohasidagi tegishli vakolatli davlat boshqaruvi organlari 
    tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. 
    Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan shaxslarni o‘qitish maxsus o‘quv 
    dasturlari asosida amalga oshiriladi.
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi davlat oliy ta’lim 
    muassasalariga mustaqil ishlab chiqilgan va tasdiqlangan o‘quv dasturlari, malaka talablari hamda 
    o‘quv rejalari asosida ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha vakolatlarni berishi mumkin.

    Download 0,57 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37




    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish