-modda. Ta’lim tashkilotining ustavi




Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/37
Sana17.05.2024
Hajmi0,57 Mb.
#239821
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37
Bog'liq
TA’LIM TO‘G‘RISIDAGI QONUN

32-modda. Ta’lim tashkilotining ustavi
Ta’lim tashkilotining ustavi ta’lim turlarining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda 
ishlab chiqiladi. 
Ta’lim tashkilotining ustavida, qoida tariqasida, quyidagilar ko‘rsatiladi: 
ta’lim turi va shakli; 
ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari; 
o‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish hamda mazmuni; 
ta’lim tashkilotiga qabul qilish tartibi; 
ta’lim tashkilotining tuzilmasi, boshqaruv organlari va jamoatchilik tuzilmalari;
ta’lim oluvchilar, pedagog kadrlar, o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha xodimlar, ma’muriy-
boshqaruv xodimlarining maqomi, huquqlari va majburiyatlari;
ta’lim tashkilotining mol-mulki va vositalari; 
ta’lim tashkilotini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi. 
Ta’lim tashkilotining namunaviy ustavi: 
umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktabdan tashqari ta’lim 
tashkilotlari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan;
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi 
tomonidan; 
oliy ta’lim muassasalari huzuridagi ixtisoslashtirilgan maktablar, o‘rta maxsus, professional 
va oliy ta’lim tashkilotlari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 
tomonidan; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim tashkilotlari uchun 
— tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqiladi.
(32-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-
noyabrdagi O‘RQ-880-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 
03/23/880/0905-son) 
Ta’lim tashkilotining ustavi ta’lim tashkilotining ta’sischilari tomonidan tasdiqlanadi va 
hududiy tegishlilik bo‘yicha Davlat xizmatlari markazi tomonidan ro‘yxatga olinadi. 

Download 0,57 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37




Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish