-modda. Nodavlat ta’lim tashkilotlari




Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/37
Sana17.05.2024
Hajmi0,57 Mb.
#239821
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37
Bog'liq
TA’LIM TO‘G‘RISIDAGI QONUN

31-modda. Nodavlat ta’lim tashkilotlari
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiradi, bundan 
maktabdan tashqari ta’limni, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga 
oshiruvchi ta’lim tashkilotlari mustasno. 
(31-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-sonli “Davlat ta’lim muassasalari hamda 
nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish 
to‘g‘risida”gi 
qarori

Nodavlat ta’lim tashkilotlari litsenziya talablariga va shartlariga muvofiq ta’lim xizmatlari 
ko‘rsatadi.
Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi 
nodavlat ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim 
to‘g‘risidagi hujjatlarni beradi.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini 
ko‘rsatuvchi ta’lim tashkilotlari tomonidan bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi 
ta’lim to‘g‘risidagi hujjat berilishi mumkin. Bunda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta 
tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi ta’lim tashkilotlari belgilangan tartibda 
attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tishi kerak. 
(31-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli 
Qonuniga
 asosan 
to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-
son) 
 LexUZ sharhi 


Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-son “Davlat ta’lim muassasalari hamda 
nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish 
to‘g‘risida”gi 
qarori
, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish 
davlat inspeksiyasi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 
hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining 2019-yil 16-dekabrdagi 16-mh, 16, 19-mh, 12-2019 va 18-q/q-son 
“Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 
qarori
 (ro‘yxat raqami 
3214, 2020-yil 27-yanvar). 
Mustaqil ishlab chiqilgan va litsenziyada ko‘rsatilgan o‘quv dasturlari bo‘yicha ta’lim 
xizmatlari ko‘rsatadigan nodavlat ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasida tan 
olinadigan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni beradi. 
Nodavlat ta’lim tashkilotlari normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq ta’lim-tarbiya 
jarayonini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va yuqori kasbiy mahoratga ega bo‘lgan 
pedagog kadrlar va boshqa kadrlarni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi. 
Nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari bo‘yicha o‘qitish 
ta’lim oluvchi yoxud uning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari va nodavlat ta’lim tashkiloti 
o‘rtasida tuziladigan, o‘qitish muddatlari, shartlari va to‘lovlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari 
hamda boshqa shartlar belgilanadigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. 

Download 0,57 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37




Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish