|
-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatiniBog'liq TA’LIM TO‘G‘RISIDAGI QONUN24-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini
nazorat qilish davlat inspeksiyasining ta’lim sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat
inspeksiyasi (bundan buyon matnda Ta’lim inspeksiyasi deb yuritiladi) ta’lim tizimida o‘quv-tarbiya
jarayoni, professor-o‘qituvchilar tarkibi, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish sifati ustidan nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradigan, ta’lim sohasidagi
maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organidir.
Ta’lim inspeksiyasi:
Oldingi
tahrirga qarang.
ta’lim tashkilotlarini (bundan maktabdan tashqari ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat
ta’lim tashkilotlari mustasno) attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan, shuningdek ta’lim
tashkilotlarining pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazadi;
(24-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-
oktabrdagi O‘RQ-721-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y.,
03/21/721/0952-son)
ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonining sifati monitoringini amalga oshiradi;
maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim
tashkilotlarining pedagog xodimlariga lavozimlar va malaka toifalarini berish jarayonini nazorat qiladi
hamda unda ishtirok etadi;
Oldingi
tahrirga qarang.
nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziyalar beradi faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga
oshiradigan shaxslardan xabarnomalar qabul qiladi va ularning reyestrini yuritadi;
(24-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-
oktabrdagi O‘RQ-721-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y.,
03/21/721/0952-son)
ta’lim tashkilotlarining reytingini aniqlaydi;
Oldingi
tahrirga qarang.
aniqlangan ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlari yuzasidan tegishli davlat boshqaruvi
organlariga va ta’lim tashkilotlariga taqdimnomalar kiritadi.
(24-modda ikkinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Ta’lim inspeksiyasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi
mumkin.
(24-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish
davlat inspeksiyasi to‘g‘risida nizomning
11-bandi
.
|
| |