• 16-modda. Masofaviy ta’lim
  • 17-modda. Dual ta’lim
  • -modda. Ta’lim olish shakllari




    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/37
    Sana17.05.2024
    Hajmi0,57 Mb.
    #239821
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
    Bog'liq
    TA’LIM TO‘G‘RISIDAGI QONUN

    15-modda. Ta’lim olish shakllari 
    Ta’lim olish shakllari quyidagilardan iborat: 
    ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi); 
    ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy); 
    dual ta’lim; 
    oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish; 
    katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish; 
    inklyuziv ta’lim; 
    eksternat tartibidagi ta’lim; 
    mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash. 
    16-modda. Masofaviy ta’lim 
    Masofaviy ta’lim o‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan 
    zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet 
    jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan. 
    Masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
    tomonidan belgilanadi. 
     LexUZ sharhi 
    Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi 559-son “Oliy ta’lim tashkilotlarida 
    masofaviy ta’lim shaklini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
    qarori.
     
    17-modda. Dual ta’lim 
    Dual ta’lim ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni olishga 
    qaratilgan bo‘lib, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining 
    ish joyida amalga oshiriladi.
    Dual ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
    belgilanadi. 
     LexUZ sharhi 
    Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-martdagi 163-son “Professional ta’lim tizimida dual 
    ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari haqida”gi 
    qarori
    , Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-dekabrdagi 647-
    son “Professional ta’lim muassasalariga yil davomida o‘quvchilarni dual ta’lim shaklida o‘qishga qabul qilish 
    tizimi joriy etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va 
    qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 
    qarori.
     

    Download 0,57 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish