• 37-modda. Ta’lim tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi
  • -modda. Ta’lim sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyat




    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet20/37
    Sana17.05.2024
    Hajmi0,57 Mb.
    #239821
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37
    Bog'liq
    TA’LIM TO‘G‘RISIDAGI QONUN

    36-modda. Ta’lim sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyat
    Ta’lim sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyat ta’limni modernizatsiya qilish 
    maqsadida amalga oshiriladi hamda yangi ta’lim texnologiyalari va resurslarini ishlab chiqishga, ularni 
    sinovdan o‘tkazishga hamda ta’lim jarayoniga joriy etishga qaratilgan. Eksperimental va innovatsion 
    faoliyatni amalga oshirish tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
    belgilanadi.
     LexUZ sharhi 
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3416-sonli 
    “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 
    qarori.
     
    Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati 
    organlari innovatsion o‘quv dasturlari va loyihalarini amalga oshirish hamda ularning natijalarini 
    amaliyotga joriy etish uchun o‘z vakolatlari doirasida shart-sharoitlar yaratadi.
    Iqtisodiy rivojlanish va innovatsion faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, davlat 
    tomonidan oliy ta’lim tashkilotlari olimlarining ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini ishlab chiqarish 
    jarayoniga joriy etish uchun tegishli shart-sharoitlar, shuningdek oliy ta’lim tashkilotlari ta’lim 
    jarayonining yanada takomillashtirilgan shakllariga bosqichma-bosqich o‘tishi uchun imkoniyatlar 
    yaratiladi.
    Ta’lim tashkilotlari eksperimental va innovatsion faoliyatda masofaviy ta’lim 
    texnologiyalaridan foydalanishi mumkin.
    37-modda. Ta’lim tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi
    Ta’lim tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi ularning rasmiy veb-saytlarida 
    Internet jahon tarmog‘ida joylashtiriladigan ta’lim tashkilotlari faoliyati to‘g‘risidagi ochiq axborot 
    resurslari bilan ta’minlanadi.


    Ta’lim tashkilotlari rasmiy veb-saytlarida quyidagilarni joylashtiradi: 
    ta’lim tashkilotining ustavi;
    ta’lim berish tillari haqida ma’lumot; 
    davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari; 
    ta’lim faoliyatining moddiy-texnika ta’minoti haqida ma’lumot; 
    litsenziya (nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun); 
    ta’lim tashkilotining reytingi; 
    ta’lim faoliyatini amalga oshirish uchun davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi sertifikat; 
    ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlari va natijalari, shuningdek ularni amalga oshirish uchun ilmiy-
    tadqiqot bazasi to‘g‘risidagi ma’lumot (oliy ta’lim uchun);
    ta’lim oluvchilarga stipendiyalar berish tartibi, ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatishning 
    mavjudligi va shartlari to‘g‘risidagi ma’lumot; 
    vaqtincha yashash joylarining mavjudligi va yashash joylarining soni, shuningdek to‘lov 
    miqdori to‘g‘risidagi ma’lumot; 
    pedagoglar va ta’lim oluvchilarning soni, shuningdek pedagoglarning ilmiy salohiyati 
    to‘g‘risidagi ma’lumot. 
    Ta’lim tashkilotlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladigan axborotning ishonchligini 
    ta’minlash uchun ta’lim tashkilotlarining rahbarlari shaxsan javobgardir.
    Oldingi
     tahrirga qarang. 
    Ayrim ta’lim tashkilotlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan foydalanish qonunchilikda 
    belgilangan hollarda va tartibda cheklanishi mumkin. 
    (37-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
    Qonuni 
    tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

    Download 0,57 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37




    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Ta’lim sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyat

    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish