vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident,
ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi tomonidan belgilanadi.
Umumta’lim fanlarining o‘quv dasturlari shaxsni har tomonlama kamol toptirishga, ta’lim
oluvchilarda bilim, malaka, ko‘nikmalarni, saviyani shakllantirishga
va ularning qobiliyatini
rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Kasbga oid fanlarning o‘quv dasturlari ta’lim oluvchilar tomonidan tegishli kasblar va
mutaxassisliklarni egallashga qaratilgan.
Ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish ta’lim tashkilotlari
tomonidan amalga oshiriladi.
O‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish jarayonida
zamonaviy pedagogik
texnologiyalar, o‘qitishning innovatsion shakllari va usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
qo‘llaniladi.
Ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish chog‘ida ta’lim tashkilotlari
kredit-modul tizimiga asoslangan o‘qitish texnologiyalaridan foydalanishi mumkin.
O‘quv rejasida, qoida tariqasida, ta’lim
jarayonining jadvali, o‘qitishning boshlanishi,
muddati va davriyligi, o‘quv yillari,
choraklar, semestrlar, amaliyot, ta’tillar
hamda attestatsiya,
ajratilgan haftalar soni, o‘rganiladigan fanlar (modullar) va ularga ajratilgan soatlar (kreditlar) hamda
boshqa zarur parametrlar aks ettiriladi.
Professional va oliy ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir
o‘quv rejalarda ta’lim oluvchilar uchun amaliyot o‘tash nazarda tutiladi.
Ta’lim oluvchilarning amaliyotni o‘tash tartibi va uni tashkil etish ta’lim sohasidagi vakolatli
davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi.
Professional va oliy ta’limga doir o‘quv rejalari davlat ta’lim standartlariga muvofiq
mutaxassislik fanlaridan,
shuningdek umumkasbiy, matematika, tabiiy-ilmiy,
gumanitar va
qo‘shimcha fanlardan shakllantiriladi.
O‘quv rejalariga davlat boshqaruvi organlarining topshiriqlariga asosan va ushbu Qonunda
nazarda tutilmagan boshqa yo‘l bilan qo‘shimcha fanlarni kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.