davlat oliy ta’lim muassasalarining rektorlarini tayinlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
ta’lim tashkilotlarining rahbar va pedagog
kadrlarini tayyorlashni, qayta tayyorlashni va
ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
ta’lim tashkilotlarida moddiy-texnika resurslaridan foydalanishga doir talablarni ishlab
chiqadi;
ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari qonunchilikka muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(26-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslar ta’lim
sohasidagi vakolatli
davlat boshqaruvi organlarining hamda ular hududiy bo‘linmalarining rahbarlik lavozimlariga
tayinlanishi mumkin emas.
(26-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 1-fevraldagi O‘RQ-901-sonli
Qonuniga
asosan
to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.02.2024-y., 03/24/901/0082-
son)