• 40-modda. Ta’lim to‘g‘risidagi hujjat
  • -modda. Davlat ta’lim muassasalariga o‘qishga maqsadli qabul qilish




    Download 303,04 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet21/37
    Sana22.02.2024
    Hajmi303,04 Kb.
    #160993
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37
    Bog'liq
    O‘RQ-637-сон 23.09.2020. Ta’lim to‘g‘risida

    39-modda. Davlat ta’lim muassasalariga o‘qishga maqsadli qabul qilish
    Davlat ta’lim muassasalariga o‘qishga maqsadli qabul qilish tegishli hududlarning, sohalar va
    tarmoqlarning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ular uchun belgilangan ta’lim
    oluvchilarni qabul qilish parametrlari doirasida amalga oshiriladi.
    Davlat ta’lim muassasalariga o‘qishga maqsadli qabul qilish kadrlar buyurtmachilari, davlat
    ta’lim muassasalari va fuqarolar o‘rtasida tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
    Davlat ta’lim muassasalariga maqsadli qabul qilish tartibida o‘qishga kirish umumiy asoslarda
    tanlov natijalariga muvofiq amalga oshiriladi.
    40-modda. Ta’lim to‘g‘risidagi hujjat
    Akkreditatsiya qilingan ta’lim tashkilotlarining davlat ta’lim standartlariga va davlat ta’lim
    talablariga muvofiq ta’lim olgan bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim
    to‘g‘risidagi hujjat (shahodatnoma, diplom, sertifikat, guvohnoma) beriladi. Davlat tomonidan
    tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat oilada ta’lim olgan yoki mustaqil ta’lim olgan
    hamda akkreditatsiya qilingan davlat ta’lim muassasalarining tegishli o‘quv dasturlari bo‘yicha
    eksternat tartibida yakuniy va davlat attestatsiyasidan o‘tgan shaxslarga ham beriladi.
    O‘rta maxsus ta’lim, professional ta’lim hamda oliy ta’lim to‘g‘risidagi diplomga o‘zlashtirilgan
    fanlar ro‘yxati, ularning hajmlari va fanlar bo‘yicha baholari yozilgan varaqa ilova qilinadi.
    Tegishli ilmiy darajani olish uchun dissertatsiya himoya qilgan shaxslarga falsafa doktori
    (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasi beriladi va davlat
    tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi.
    O‘zbekiston Respublikasining va xorijiy davlatlarning hukumatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama
    bitimlar asosida ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni o‘zaro tan olish amalga oshirilishi mumkin.


    Uzluksiz ta’limning tegishli turini tamomlamagan shaxslarga belgilangan namunadagi
    ma’lumotnoma beriladi.
    Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat, shuningdek nodavlat
    ta’lim tashkilotlari tomonidan beriladigan O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan ta’lim
    to‘g‘risidagi hujjat uzluksiz ta’limning keyingi turi (darajasi) bo‘yicha o‘qishni davom ettirish yoki
    tegishli mutaxassislik va kasb bo‘yicha ishlash huquqini beradi.
    Xorijiy davlatlarning va O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida tuzilgan
    shartnoma asosida ularning bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi hududida oliy ma’lumot
    to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan ikki tomonlama diplom (Double Diploma) berilishi
    mumkin.

    Download 303,04 Kb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37




    Download 303,04 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Davlat ta’lim muassasalariga o‘qishga maqsadli qabul qilish

    Download 303,04 Kb.
    Pdf ko'rish