• 42-modda. Ta’lim tizimidagi monitoring
  • 43-modda. Ta’lim sohasidagi davlat nazorati
  • -modda. Ta’lim tashkilotlarining reytingi




    Download 303,04 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet22/37
    Sana22.02.2024
    Hajmi303,04 Kb.
    #160993
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37
    Bog'liq
    O‘RQ-637-сон 23.09.2020. Ta’lim to‘g‘risida

    41-modda. Ta’lim tashkilotlarining reytingi
    Ta’lim tashkilotlarining reytingi:
    ta’lim tashkilotlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish;
    ilmiy-pedagogik faoliyat darajasining o‘sishini va sifatining oshishini rag‘batlantirish;
    pedagog xodimlarning ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish;
    o‘qitish sifatining yuqori ko‘rsatkichlariga erishish;
    mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash maqsadlarida belgilanadi.
    Reytingni belgilash uchun ta’lim tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning
    ishonchliligi uchun ta’lim tashkilotining rahbari shaxsan javobgar bo‘ladi.
    42-modda. Ta’lim tizimidagi monitoring
    Ta’lim tizimidagi monitoring ta’limning holatini, ta’lim natijalarining o‘zgarishi sur’atlarini,
    ta’lim faoliyatini amalga oshirish uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish va kuzatishni,
    shuningdek ta’lim oluvchilarning kontingenti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni va boshqaruv qarorlari
    qabul qilinishini tahlil etishni o‘z ichiga oladi.
    Ta’lim tashkilotlarining monitoringi Ta’lim inspeksiyasi, ta’lim sohasidagi vakolatli davlat
    boshqaruvi organlari va ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
    Ta’lim holatining tahlili va uni rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risidagi axborot Ta’lim
    inspeksiyasining, ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlarining va ular hududiy
    bo‘linmalarining, shuningdek ta’lim tashkilotlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
    Ta’lim tizimidagi ma’lumotlar jumlasiga rasmiy statistika ma’lumotlari, ta’lim tizimi
    monitoringi natijalari, ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlarining va ular hududiy
    bo‘linmalarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda ta’lim tashkilotlarining
    ma’lumotlari kiradi.
    43-modda. Ta’lim sohasidagi davlat nazorati
    Ta’lim sohasidagi davlat nazorati berilayotgan ta’limning mazmuni va sifati davlat ta’lim
    standartlariga, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlariga, shuningdek ushbu Qonun talablariga
    muvofiqligini aniqlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
    Ta’lim tashkilotlari ta’lim sifati ustidan nazoratni amalga oshirishda Ta’lim inspeksiyasiga,
    ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlariga ko‘maklashadi.
    Oldingi
     tahrirga qarang.
    Ta’lim tashkilotlari tomonidan berilayotgan ta’limning mazmuni va sifati ta’lim to‘g‘risidagi
    qonunchilikka nomuvofiqligi aniqlangan hollarda Ta’lim inspeksiyasi nomuvofiqlikni bartaraf etish
    yuzasidan ularga taqdimnoma kiritadi. Aniqlangan nomuvofiqlik bartaraf etilmagan taqdirda Ta’lim
    inspeksiyasi ta’lim tashkilotining davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi sertifikatini qonunchilikka
    muvofiq bekor qilishga haqli.
    (43-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
    Qonuni 
    tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
    Ta’lim sifati ustidan nazorat qilish vakolatlariga ega bo‘lmagan organlar tomonidan ta’lim
    tashkilotlarining ta’lim sifatini, ta’lim jarayoni tashkil etilishini, pedagog xodimlarining mehnat
    faoliyatini, ta’lim oluvchilarining o‘zlashtirishini tekshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.


    Ta’lim 
    inspeksiyasi 
    O‘zbekiston 
    Respublikasi 
    Prezidenti 
    huzuridagi 
    Tadbirkorlik
    subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor qilgan
    holda nodavlat ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati ustidan nazorat va monitoringni amalga oshiradi.

    Download 303,04 Kb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37




    Download 303,04 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Ta’lim tashkilotlarining reytingi

    Download 303,04 Kb.
    Pdf ko'rish