faqat davlat ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va kasblar
ro‘yxatini tasdiqlaydi;
davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlariga qabul qilish tartibini belgilaydi;
davlat oliy ta’lim muassasalari rektorlarini, shuningdek davlat ishtirokida tashkil etiladigan oliy
ta’lim tashkilotlari (davlat ulushi bo‘lgan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari, qo‘shma ta’lim
muassasalari, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan ta’lim muassasalari va boshqalar)
rektorlarini (rahbarlarini) lavozimga tayinlaydi hamda egallab turgan lavozimidan ozod etadi;
ta’lim oluvchilarni akkreditatsiya qilingan bir ta’lim tashkilotidan boshqasiga ko‘chirish,
shuningdek ularni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibini belgilaydi;
ta’lim tashkilotlari reytingini aniqlash tartibini belgilaydi;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini belgilaydi;
mehnat bozori talablarini prognoz va tahlil qilish asosida ta’lim tashkilotlarida kadrlarni
tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmalarini shakllantiradi;
ta’lim tashkilotlariga nisbatan moddiy-texnik, infratuzilmaviy va parametrik talablarni
belgilaydi;
darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash hamda nashr etish tartibini, shuningdek ularni
yetkazib berishga va ulardan ta’lim tashkilotlarida foydalanishga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni
ham amalga oshirishi mumkin.
(23-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
98-moddasi
.