Doktorantura fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da’vogar
izlanuvchilar
uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali
ilmiy va ilmiy-pedagog
kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Mustaqil izlanuvchilik falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of
Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda
tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan
keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ilmiy va ilmiy-pedagogik
kadrlar tayyorlash, ilmiy darajalar va
ilmiy unvonlar berish tartibi,
shuningdek harbiy, tibbiyot va boshqa ta’lim tashkilotlarida oliy ta’limdan keyingi ta’lim olish
xususiyatlari qonunchilikda belgilanadi.
Oliy ta’limdan keyingi ta’limning davom etish muddati qonunchilikda belgilanadi.
(12-moddaning oltinchi va yettinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-sonli “Oliy
ta’limdan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish
tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarori
.