• 7-modda. Ta’lim turlari
  • 8-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya
  • -bob. Ta’lim tizimi, turlari va shakllari




    Download 303,04 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/37
    Sana22.02.2024
    Hajmi303,04 Kb.
    #160993
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
    Bog'liq
    O‘RQ-637-сон 23.09.2020. Ta’lim to‘g‘risida

    2-bob. Ta’lim tizimi, turlari va shakllari
    6-modda. Ta’lim tizimi
    Ta’lim tizimi:
    davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini;
    davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlarini amalga oshiruvchi ta’lim
    tashkilotlarini;
    ta’lim sifatini baholashni amalga oshiruvchi tashkilotlarni;
    ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot
    ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni;
    ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlarini, shuningdek ularning tasarrufidagi
    tashkilotlarni o‘z ichiga oladi.
    Ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir.
    7-modda. Ta’lim turlari
    Ta’lim turlari quyidagilardan iborat:
    maktabgacha ta’lim va tarbiya;
    umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
    professional ta’lim;
    oliy ta’lim;
    oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
    kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
    maktabdan tashqari ta’lim.
    8-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya
    Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-
    axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta
    ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir.
    Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich
    ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi.
     LexUZ sharhi
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi
    maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli 
    qarori
    , “Maktabgacha
    ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli 
    Farmoni
    ,
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada
    rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3651-sonli 
    qarori
    , “Maktabgacha ta’lim
    tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-sonli 
    qarori
    .
    Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi ushbu Qonun, shuningdek “Maktabgacha
    ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
    Qonuni
    bilan belgilanadi.
     LexUZ sharhi
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunining 
    9-bobi
    .



    Download 303,04 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




    Download 303,04 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob. Ta’lim tizimi, turlari va shakllari

    Download 303,04 Kb.
    Pdf ko'rish