• 11-modda. Oliy ta’lim
  • -modda. Professional ta’lim




    Download 303,04 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/37
    Sana22.02.2024
    Hajmi303,04 Kb.
    #160993
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
    Bog'liq
    O‘RQ-637-сон 23.09.2020. Ta’lim to‘g‘risida

    10-modda. Professional ta’lim
    Professional ta’lim egallanadigan kasb va mutaxassislik bo‘yicha quyidagi darajalarni o‘z
    ichiga oladi:
    boshlang‘ich professional ta’lim;
    o‘rta professional ta’lim;


    o‘rta maxsus professional ta’lim.
    Boshlang‘ich professional ta’lim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida bepul
    asosda kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumta’lim fanlarining va mutaxassislik fanlarining ikki
    yillik integratsiyalashgan dasturlari asosida amalga oshiriladi.
    O‘rta professional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida kasblar
    hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, davomiyligi ikki yilgacha
    bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim hamda
    boshlang‘ich professional ta’lim negizida amalga oshiriladi.
    O‘rta maxsus professional ta’lim texnikumlarda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, boshlang‘ich
    professional va o‘rta professional ta’lim negizida davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida
    kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, davomiyligi kamida ikki
    yil bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.
    Ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to‘qqiz yillik umumiy
    o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan fuqarolar ham o‘rta professional va o‘rta
    maxsus professional ta’lim olish huquqiga ega.
    Kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar ta’lim oluvchilarning o‘zi tanlagan kasbga va
    mutaxassislikka ega bo‘lishini ta’minlaydi.
    Fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi professional ta’limni olish huquqiga
    ega.
    11-modda. Oliy ta’lim
    Oliy ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori
    malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlaydi.
    Oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim tashkilotlarida (universitetlar, akademiyalar,
    institutlar, oliy maktablar) amalga oshiriladi. Umumiy o‘rta (o‘n bir yillik ta’lim), o‘rta maxsus (to‘qqiz
    yillik tayanch o‘rta va ikki yillik o‘rta maxsus ta’lim), boshlang‘ich professional ta’lim (to‘qqiz yillik
    tayanch o‘rta va ikki yillik boshlang‘ich professional ta’lim) olgan shaxslar, shuningdek ushbu
    Qonun kuchga kirguniga qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to‘qqiz yillik umumiy o‘rta va uch
    yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan shaxslar oliy ma’lumot olish huquqiga ega.
    Oliy ta’lim ikki bosqichga — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega.
    Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim, malaka va
    ko‘nikmalar beradigan, o‘qish davomiyligi kamida uch yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir.
    Magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo‘yicha o‘qish davomiyligi
    kamida bir yil bo‘lgan oliy ta’limdir.
    Magistratura mutaxassisliklarining va ularga muvofiq bo‘lgan bakalavriat ta’lim
    yo‘nalishlarining ro‘yxati ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan belgilanadi.
     LexUZ sharhi
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-sonli qarori bilan
    tasdiqlangan “Magistratura to‘g‘risida”gi 
    nizom
    .
    Fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olish huquqiga ega.
     LexUZ sharhi
    Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish
    tartibi to‘g‘risida”gi 
    nizom 
    (ro‘yxat raqami 1844, 21.08.2008-y.).

    Download 303,04 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




    Download 303,04 Kb.
    Pdf ko'rish