|
1. Boshqaruv hisobining predmeti. Boshqaruv hisobini tashkil qilishning avtonom va integrallashgan usullari
|
bet | 2/3 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 93,07 Kb. | | #239111 |
Bog'liq boshqaruv hisobi 1Xo‘jalik yurituvchi subekt boshqaruv hisobining tizimini tashkil qilayotganda ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarni umumiy schyotlar rejasidan ajratishni taqozo qiladi. Demak, boshqaruv hisobini yuritish uchun ayrim schyotlarning rejasini tuzish yoki umumiy rejadan tegishli schyotlarni ajratib olish lozim. O‘zbekistonda ikkinchi usul, ya’ni tegishli schyotlarni schyotlar rejasidan ajratib olish orqali boshqaruv hisobi yuritilyapti Boshqaruv hisobi schyotlarini ajratib olgan holda yuritish natijasida:
boshqaruv tarkiblarini axborotlar bilan ta’minlashni yaxshilashga olib kelmoqda;
ishlab chiqarish xarajatlarining darajasi to‘g‘risidagi tijorat sirini saqlashga yordam bermoqda;
ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)ning rentabellik darajasini sir saqlashga yordam bermoqda.
Buxgalteriya hisobining mustaqil (avtonom) variantida moliyaviy va boshqaruv hisob tizimi yopiq hisoblanadi. Moliyaviy hisobni yuritadigan buxgalteriyada xarajatlar iqtisodiy elementlari bo‘yicha guruhlashtirilsa, boshqaruv hisobida esa kalkulatsiya moddalari bo‘yicha turkumlashtiriladi. Ushbu ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish uchun mustaqil schyotlarning kodi tanlab olinadi. Ular ekran-schyotlar, tranzit yoki oyna schyotlar deb ham yuritiladi. CHunki sarflangan xarajatlar ushbu schyotlarda o‘zlarining aksini ko‘radilar. Buxgalteriya hisobining mustaqil (avtonom) variantida moliyaviy va boshqaruv hisob tizimi yopiq hisoblanadi. Moliyaviy hisobni yuritadigan buxgalteriyada xarajatlar iqtisodiy elementlari bo‘yicha guruhlashtirilsa, boshqaruv hisobida esa kalkulatsiya moddalari bo‘yicha turkumlashtiriladi. Ushbu ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish uchun mustaqil schyotlarning kodi tanlab olinadi. Ular ekran-schyotlar, tranzit yoki oyna schyotlar deb ham yuritiladi. CHunki sarflangan xarajatlar ushbu schyotlarda o‘zlarining aksini ko‘radilar. Hisobning integrallashgan tizimida esa schyot-ekranlar qo‘llanilmaydi, balki buxgalteriya hisobi schyotlaridan foydalaniladi. Natijada boshqaruv hisobida qo‘llanilayotgan schyotlarning qoldiq summasi moliyaviy hisobda qo‘llanilayotgan ushbu schyotlarga taalluqlidir. Subektning faoliyati bo‘yicha sarflarni aniqlash uchun moliyaviy hisobda faqatgina ushbu schyotlarning qoldig‘i aks ettiriladi va ularning muomalalari va jamlangan aylanma summalari boshqaruv hisobining schyotlarida yoritiladi.
|
| |