• Savol va topshiriqlar
  • 4-dars. Asqad Muxtor va uning “Chinor” romani Reja
  • Sofoklning “Shoh Edip” fojeasini, Tagor, Pushkin, Lermontov, Blok, Mayakovskiy, Gorkiy, Shevchenko, O. Nil singari adiblarning asarlarini o`zbek tiliga tarjima qilgan.
  • Asarning asosiy qahramonlari: Ochil buva
  • Savol va topshiriqlar
  • 5-dars. Said Ahmad hayoti va ijodi Reja
  • (Saidahmad Husanxo’jaev) 1920 yilning 10 iyunida Toshkent shahrining «Samarqand darvoza» mahallasida
  • U Nizomiy nomidagi pedinstitutda bir muddat o’qigach, 1941 yilda «Mushtum» jurnalida ishladi. 1942—1943 yillarda respublika
  • Said Ahmad hikoyanavis sifatida tanilgan. Uning
  • «Sobiq», «Qoplon», «O’rik domla», «Mening do’stim Babaev», «Muzey», «Bo’ri ovi», «Xandonpista»
  • Said Ahmad nasrning deyarli barcha janrlarida qalam tebratadi. Uning qishloq mavzusidagi
  • Said Ahmad 2007 yilning 5 dekabr kuni 87 yoshida vafot etdi.
  • “Qirq besh kun”, “Hijron kunlarida”
  • 7-dars. Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti Reja
  • -mavzu. Mirtemir hayoti va ijodi, lirikasi




    Download 0,52 Mb.
    bet2/41
    Sana24.03.2017
    Hajmi0,52 Mb.
    #1962
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41

    3-mavzu. Mirtemir hayoti va ijodi, lirikasi

    Reja:

    1.Mirtemirning hayoti va ijodi haqida ma’lumot.



    2.Mirtemir she’riyatininng o’ziga xos xususiyatlari.

    3.Mirtemirning tarjimonlik faoliyati.

    4.«Sur’at» lirik qissasi va «Yodgorlik» asarlari haqida

    Mirtemir (1910 - 1978) o’zbek she'riyati taraqqiyotida o’ziga xos o’rin tutgan shoir Mirtemir Tursunov 1910 yilning 10 mayida Turkiston shahri yaqinidagi Iqon qishlog’ida tug’ildi.

    Turkiston (qoz. Түркістан) - Qozogʻiston Respublikasi Janubiy Qozogʻiston viloyatidagi shahar. Sirdaryoning oʻrta oqimida. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 150,595 kishi (2013). Shaharda 46 millat vakillari yashashadi.
    O’n bir yoshida qishlog’idan Toshkentga keldi va Almaiy nomidagi maktabda tahsil ko’rdi. 1925 yilda o’zbek erlar bilim yurtiga kirib, uni 1929 yilda tugatdi. 1929 yilda Samarqanddagi pedakademiyaga o’qishga kirdi. 30-yillar boshida Mirtemir sud qilinib, qamoq muddatini mashhur Belomorkanal qurilishida o’tadi. Shoir ozod etilgach, turli o’quv muassasalarida o’qituvchi, teatrlarda emakdosh, radio va nashriyot tahririyatlarida muharrir bo’lib ishladi. 1978 yil 23 yanvar kuni vafot etdi.
    Yanvar (lot.; Jānuārius mēnsis 'Yanus oyi' rimliklar xudosi Yanus nomidan) - Grigoriy kalendari boʻyicha yilning birinchi oyi. Yanvar 31 kundan iborat (yana q. Kalendar).

    Mirtemir she'riyatga butun hayotini baxshida etgan samimiy ijodkor edi. Shuning uchun ham rost so’z, chin tuyg’u qatag’on qilingan zamonda ham ko’ngli buyurganini she'rga solishning uddasidan chiqdi. U milliy she'riyatini dala-dashtning tarovati, chorvador va dehqon o’zbekning serjilo tili bilan boyitdi. Shoirning she'riyati so’zlarning musiqiyligi, ifodaning jimjimasiga emas, balki tuyg’uning samimiyatiyu tasvirning tabiiyligiga asoslandi. Shu bois Mirtemirning she'rlari bugungi kunda ham ohorini yo’qotmagan. Quyidagi misralar fikrimizni dalillaydi:

    O’zbekiston xalq shoiri Mirtemir XX asr o’zbek she’riyatini o’zining lirik she’rlari va badiiy yuksak dostonlari bilan boyitdi.Uning asarlarida xalq hayotining nafasi urib turadi, inson qalbi eng teran puchmoqlargacha aniq ko’rinadi,ona yurtning turfa xil ranglari jilolanadi.O’zbek munaqqidlari Mirtemirni «o’zbek she’riyatining bobodehqoni» deb atashardi.Darhaqiqat,shoir mumtoz adabiyot an’analaridan ibrat olib,xalq og’zaki ijodidan unumli foydalanib,o’zbek adabiyotini boyitdi.

    Mirtemir Tursunov 1910 yili hozirgi Chimkent viloyatiga qarashli Iqon qishlog’ida tug’ilgan.

    Chimkent (qoz. Шымкент) - Qozogʻiston Respublikasi Janubiy Qozogʻiston viloyatidagi shahar, viloyat markazi (1932-62 yillarda Janubiy Qozogʻiston viloyati, 1962-64 yillarda Janubiy Qozogʻiston oʻlkasi, 1964-92 yillarda Chimkent viloyati markazi).
    U dastlab shu qishloqdagi eski maktabda,keyinchalik esa 1921 yildan Toshkentdagi «Alpomish» nomidagi maktabda o’qidi.

    Mirtemirning ijodi maktabda o’qib yurgan kezlaridan boshlandi.Birinchi she’ri «Tanburim tovushi»1926 yilda«Er yuzi» jurnalining 15-sonida bosilgan.

    Mirtemir 1929 yili Yangi shahardagi O’zbek erlar bilim yurtini bitirib, Samarqand Davlat dorilfununida o’qiydi.

    Ko’p o’tmay Mirtemir shoir sifatida taniladi.1928 yili uning birinchi she’rlar to’plami «Shu’lalar qo’ynida» nomi bilan nashr etiladi.To’plamga kirgan she’rlar haqida munaqqidlar o’sha kezdayoq iliq fikrlar bildirishgan.

    Keyinchalik uning «Zafar»(1929), «Qaynashlar»(1932), «Tong» (1932), «Ochlar o’lkasida»(1936), «Poytaxt» (1936), «O’ch»(1943), «Tanlangan she’rlar» (1947), «Tanlangan asarlar» (1958), «She’rlar»(1961,1964) «Yangi she’rlar»(1967), «Qush tili» (1970), «Tingla hayot» (1974) «Kipriklarim» (1976), «Izlayman» (1976) «Yodgorlik»(1978) kabi to’plamlari o’quvchilar hukmiga havola etildi.

    Mirtemir ijodiy kamoloti «O’ylar», «Qizg’aldoq», «Bog’imning chechaklari», «Lolazordan o’tganda», «Balki», «Quyoshning zabti» kabi she’rlarida yanada ravshanroq ko’rinadi. Shoir lirikasida tabiat tasvirining ham o’ziga xos o’rni bor. «Yashil yaproqlar» she’rida mohirona qo’llanilgan tasviriy detallar o’quvchi qalbiga o’ziga xos iliq hislar olib kirishga ko’maklashgan:

    Mirtemir izlanishlari o’zbek kitobxonini qator asarlarni o’z tilida o’qishiga imkoniyat yaratib berdi.U M.Gor’kiyning «Bo’ron qushi haqida qo’shiq» asarini,A.S.Pushkinningertaklarini,M.Yu.Lermontovning she’rlarini, N.A.Nekrasovning «Rusiyada kim yaxshi yashaydi?» poemasini,Sh.Rustavelining «Yo’l- bars terisini yopingan pahlavon» (M.Shayxzoda bilan birgalikda) dostonini,qirg’izlarning buyuk «Manas» eposining birinchi kitobini (1964 yilda),Uyg’un bilan hamkorlikda nashr etilgan qoraqalpoqlarning «Qirq qiz»ini o’zbek tiliga mahorat bilan tarjima qildi.

    Bundan tashqari,Ejen Pot’e,Abay,Berdaq,Nozim Hikmat, Genrix Geyne, A.Tvardovskiy, Pablo Neruda kabi shoirlarning asarlari tarjimasi ham Mirtemirning say-harakatlari natijasida o’zbek tiliga o’girildi.

    Xalq og’zaki ijodini chuqur o’rgangan shoir «Dilkusho», «Suv qizi», «Oysanamning to’yida» kabi dostonlar yaratdi.

    Mirtemir bir necha marta Qoraqalpog’istonga boradi, qardosh xalqlarning madaniyatini,adabiyotini,turmush tarzini o’rganadi.Ana shu taassurotlar natijasida 1957 yili «Qoraqalpoq daftari» turkumi she’rlari maydonga keladi.

    Turkum (genus) -1) botanikada filogenetik jihatdan yaqin (qardosh) turlarni birlashtiruvchi asosiy taksonomik kategoriya. Zoologiyadagi urugʻ botanikadagi T. ga toʻgʻri keladi. Mac, doʻlananing (Crataegus) har xil turlari (sariq, qizil va boshqalar) doʻlanalar T.

    Bu turkumga kirgan «Suluv yoz», «Tonglar ham go’zal», «Daryo jimir-jimir», «Bulut» kabi she’rlarini o’qir ekansiz shoirning tabiat go’zalligini,hayotni butun borlig’i bilan sevishi yaqqol ko’zga tashlanadi.

    Lirik qissa o’zbek adabiyotida ilk bor yangi bir janr sifatida Mirtemir tomonidan yaratilgan.Uning «Qoraqalpoq daftari» she’riy turkumidan «Surat» dostoni ham o’rin olgan bo’lib,lirik qissaning o’zbek she’riyatidagi dastlabki ko’rinishidir.

    «Surat» lirik qissasida Mirtemir inson ruhiyatini butun murakkabligi bilan tasvirlab bera olgan.Qissa bir syujet chizig’i asosida qurilgan emas,balki bir nechta alohida-alohida lirik lavhalardan tashkil topgan.

    «Surat» qissasi yozilgan vaqtda she’riyatda insonlarning ruhiy iztiroblarini,yurak dardlarini kuylash tushkunlik kayfiyatiga berilish deb hisoblanar,kuylashga jur’at etgan shoir ham pessimist shoir sifatida qoralanar edi.Ana shunday davrda ham Mirtemir haqiqatni yozishda o’zida kuch va jur’at topdi.

    Mirtemirning so’nggi asari «Yodgorlik» deb ataladi.Kitobga shoirning turli xil mavzudagi she’rlari kiritilgan bo’lib,shoir iste’dodining butun qirralari aniq va ravshan ko’rinib turadi.

    Mirtemirning “Shu'lalar qo’ynida” (1928), “Zafar” (1929), “Qaynashlar” (1930), “Kommuna” (1931), “Tong” (1932), “Kipriklarim”, “Yodgorlik” (1978) va boshqa she'riy to’plamlarida intim va ijtimoiy lirikaning sara namunalari o’rin olgan. Shoir qalamiga mansub “Dilkusho”, “Suv qizi”, “Oysanamning to’yida”, “Surat”

    “Onaginam”, “Shudring”, “Barqut”, “Yali-yali”, “Ratti”, “Armon”, “Chirildoq”,

    “Sutdek oydin”, “Men kelgum”, “Hayda”, “Ona yurtim”, “Ona tilim”, “Ko’klamda” singari yuzlab she'rlarida inson ruhiyatining nozik va so’z bilan ifodalash qiyin manzaralari mahorat bilan chizilgan. Ularda olam va odamga xos jihatlar intim jihatlar ingichka aks ettirilgan.



    (1957) dostonlari va “Qoraqalroq daftari” she'riy turkumi Mirtemir tasvir imkoniyatlari nechog’lik keng ekanini ko’rsatadi.

    Savol va topshiriqlar:

    1. Mirtemirning hayot yo‘li haqida so‘zlab bering.

    2. Mirtemirning qanday asarlarini bilasiz?

    3. “Surat” lirik qissasi qachon yaratilgan? Uning ijodiy tarixi qanday?

    4. Kiprik poetik obrazi ishlatilgan qanday she’rlarni bilasiz?

    5. Mirtemir she’rlarining milliyligi to‘g‘risida nima deya olasiz?

    6. Shoir o‘z boshidan kechgan voqealarni lirik qissada nega Toshlon obrazi orqali ifodalagan?

    4-dars. Asqad Muxtor va uning “Chinor” romani

    Reja:

    1.Asqad Muxtorning hayot va ijod yo‘li

    2.Adib asarlari va tarjimalari

    3.Uning “Chinor” romani haqida

    Asqad Muxtor 1920 yil 23 dekabrda Farg‘ona shahrida Mas’ud temiryo‘lchi oilasida tug‘iladi. O’zbekiston xalq yozuvchisi (1980). O’rta Osiyo universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1942). Dastlabki dostoni — «Bizning avlodlar» (1939). «99 miniatyura» (1962), «She’rlar» (1966), «Sirli nido» (1984) va boshqa she’riy to‘plamlar muallifi. «Bo‘ronlarda bordek halovat» (1976) qissasi hamda «Davr mening taqdirimda» (1964), «Chinor» (1969), «Amudaryo» (1986) kabi romanlari bor. «Mardlik cho‘qqisi» (1948), «Chin yurakdan» (1956), «Dunyo bolalari» (1962), «Ildizlar», «Jar yoqasidagi chaqmoq» (1984), «Kumush tola» (1988) singari asarlari bolalarga bag‘ishlangan. «Tong bilan uchrashuv» (1987) pesalar to‘plami nashr etilgan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1972). «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan (1995).
    Orden (lot. ordo - qator, daraja) - 1) metall nishon, takdirlash belgi-si, harbiy yoki fuqarolik xizmatlari uchun beriladigan faxriy mukofot. O.ning takdirlash belgisi sifatida vujudga kelishi ritsarlik tarixi bilan bogʻlikdir.
    1997 yil 17 aprelda Toshkentda og‘ir xastalikdan vafot etadi.
    Aprel (lot. Aprilis) - Grigoriy taqvimida yilning toʻrtinchi oyi. 30 kundan iborat.

    Shoir va yozuvchi. 1920-yilning 23-dekabrida Farg`ona shahrida tug`ilgan. Bolalar uyida tarbiyalangan. 1936-yilda maktabni bitirgan. Toshkentda jurnalistika kursida o`qigan. So`ng 1938-yilda Samarqanddagi SamDU filologiya fakultetiga o`qishga kiradi. 1943-1945-yillarda Andijon pedogogika institutida o`zbek tili va adabiyoti kafedrasida mudir bo`lib ishlagan.
    So`ngra u “Yosh leninchi”, “Qizil O`zbekiston” gazetalari, “Sharq yulduzi”, “Guliston” jurnallarida ishladi. O`zbekistondagi birinchi haftalik gazeta - “O`zbekiston adabiyoti va san`ati”ning tashkilotchilaridan biri. Yozuvchilar uyushmasidad kotiblik qildi.
    “Po`lat quyuvchi” (1947), “Hamshaharlarim” (1949), “Rahmat, mehribonlarim” (1954), “Chin yurakdan” (1956), “99 miniatyura” (1962), “Karvon qo`ng`irog`i” (1964), “She`rlar” (1966), “Quyosh belanchagi” (1971), “Sizga aytar so`zim” (1978) singari she`riy kitoblar yozdi. O`zbek she`riyatiga chuqur tafakkur va murakkab tuyg`ular tasvirini olib kirdi.
    Prozaik sifatida “Daryolar tutashgan joyda” (1950), “Qoraqalpoq qissasi” (1958), “Buxoroning jin ko`chalari” (1980), “Jar yoqasidagi chaqmoq” (1982), “Kumush tola” (1987) qissalari, “Opa-singillar” (1955), “Tug`ilish” (1960), “Davr mening taqdirimda” (1964), “Chinor” (1969), “Amu” (1984) romanlarini yozdi. Bu asarlarida inson ma`naviyatining qadri, odamning bosh fazilati har qanday holatda ham insoniylik ekanligini samimiy tasvirladi. 
    Sofoklning “Shoh Edip” fojeasini, Tagor, Pushkin, Lermontov, Blok, Mayakovskiy, Gorkiy, Shevchenko, O. Nil singari adiblarning asarlarini o`zbek tiliga tarjima qilgan.

    Asqad Muxtor nazmini o‘z davrida falsafiy xarakterdagi she’riyat, deb baholashgan.

    O‘zbekiston xalq yozuvchisi A. Muxtorning o‘zbek adabiyotshunoshligidagi tashabbuskorligi XX asrning 60-yillaridanoq romanchiligimizga “shafqatsiz realizm” ko‘rinishlarini olib kirganligida namoyon bo‘ladi.

    Chinor” romani haqida. Bu asar muallifga katta shuhrat keltirgan. Asarda bir-biri bilan bog‘lanmaydigan qator hikoyalar, rivoyatlar va qissalar aralash kelaveradi. Lekin romandagi barcha insoniy taqdirlar 93 yoshli Ochil bobo taqdiriga borib bog‘lanadi. U asar markazida turuvchi obrazdir.

    Romandagi mungli qissalardan biri “Qo‘rqoqlikning to‘lovi”dir. Unda qo‘rqoqni qahramon deb bilib, astoydil e’zozlayotgan odamlar tasviri berilgan. Asarda Akbarali holati quyidagicha tasvirlangan: “Yolg‘izlik esa unga hamisha yo‘ldosh. Ko‘pchilik orasida ham, onasi bilan yonma-yon o‘tirganda ham u yolg‘iz. Xayolida o‘sha o‘ylaridan boshqa hech narsa yo‘q. O‘sha voqealarni xayolidan kun-bakun o‘tkazib, o‘ziga najot izlaydi. Topolmaydi…”. Romandagi “Odam deb o‘lgan odam - tirik” gapi Ochil buva tomonidan, “O‘zini deb yashagan – o‘lik” gapi Akbarali tilidan aytilgan.

    Asarning asosiy qahramonlari: Ochil buva ( u Akbaralini ovozidan tanib qoladi, uni “mo‘rt barg” deydi), Azimjon, Akbarali G‘oziyev (u o‘z dardini bufetchi Sonyaga aytib bergan, o‘z joniga qasd qilgan), Bektemir, Sharofat xola(Akbaralining onasi) va boshqalar.
    Savol va topshiriqlar:

    1.Asqad Muxtor hayoti va ijodi to‘g‘risida gapirib bering.

    2. Asqad Muxtorning qanday she’rlarini bilasiz?

    3. “Chinor” romanigi Akbarali obrazi sizda qanday taassurot qoldirdi?

    4. Konda Akbaralining o‘rnida Siz bo‘lganingizda qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz?

    5. O z qilmishidan qiynalayotgan Akbarali nega onasiga yoki do‘stlariga dardini ayta olmaydi?



    6. Akbarali o‘z joniga qasd qilib to‘g‘ri yo‘l tutdimi?

    5-dars. Said Ahmad hayoti va ijodi

    Reja:

    1.Said Ahmad – hajviy hikoya va miniatyuralar ustasi.

    2.Adib qissalari

    3.“Ufq” trilogiyasi

    Mashhur o’zbek adibi Said Ahmad (Saidahmad Husanxo’jaev) 1920 yilning 10 iyunida Toshkent shahrining «Samarqand darvoza» mahallasida tug’ilgan.
    Mahalla - Oʻzbekistonda maʼmuriyhududiy birlik; oʻzini oʻzi boshqarishning xalqimiz anʼanalari va qadri-yatlariga xos boʻlgan usuli. M. tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, jez davrining yodgorligi boʻlgan Sopollitepapya 8 ta oila yashagan.


    Uning bolaligi Abdulla Qodiriy, Elbek, Oybek, G’afur G’ulom singari adiblar davrasida o’tdi. Tabiatan qiziquvchan, tinib-tinchimas Said Ahmad adabiyotga kirib kelguncha juda ko’p sohalarda o’zini sinab ko’rdi: artist bo’lishga urinib ko’rdi, doktorlik maktabida o’qidi, qurilish texnikumida tahsil oldi, rassomlik maktabiga qatnadi, mashhur fotochi Rensonga shogird tushdi, gazetalarga xabarlar yozdi.

    U Nizomiy nomidagi pedinstitutda bir muddat o’qigach, 1941 yilda «Mushtum» jurnalida ishladi. 1942—1943 yillarda respublika radiosida, 1943—1947 yillarda «Qizil O’zbekiston» gazetasida, 1948—1950 yillarda «Sharq yulduzi» jurnalida mehnat qildi.
    Artist (frans. artiste - bilimdon; lot. ars, artis - kasb, hunar, sanʼat) - dramatik spektakl, kinoda rollar, ope-ra va balet partiyalari, estrada konserti va sirk nomerlari ijrochisi. Teatr va kinoda aktyor, aktrisa deb ham yuriti-ladi.
    Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
    50-yillar boshida millatchi sifatida bir necha yil qamalib ham chiqdi. Milliy istiqlol yo’lidagi xizmatlari uchun Said Ahmad 1999-yilda O’zbekiston Qahramoni unvoniga sazovor bo’lgan.


    Said Ahmad hikoyanavis sifatida tanilgan. Uning «Cho’l burguti», «Lochin», «Bo’ston», «To’yboshi», «Jimjitlik», «Turnalar», «Hayqiriq», «Alla», «Muhabbatning tug’ilishi», «Qorako’z Majnun» singari o’nlab hikoyalarida sadoqat, mehr, odamgarchilik, ishonch, e’tiqod singari ma’naviy qadriyatlar ta’sirchan aks ettirilgan. Adib hikoyalarida inson ruhiyati tovlanishlarini ko’rsatishga katta e’tibor berganligi uchun ham bitganlari zavq bilan o’qiladi va u prozaning shoiri hisoblanadi. Yozuvchi hajviy hikoyalar yaratish bo’yicha Qahhor an’analarini davom ettirgan ijodkordir. Uning «Sobiq», «Qoplon», «O’rik domla», «Mening do’stim Babaev», «Muzey», «Bo’ri ovi», «Xandonpista» kabi ko’plab hajviyalarida inson tabiatidagi qusurlar badiiy tadqiq etiladi. Said Ahmad hajviy so’z jilolarini nozik payqaydi va undan mohirona foydalanadi.

    Said Ahmad nasrning deyarli barcha janrlarida qalam tebratadi. Uning qishloq mavzusidagi «Qadrdon dalalar» (1949), «Hukm» (1958) qissalari, chalkash insoniy taqdirlar mahorat bilan aks ettirilgan «Qirq besh kun» (1974) «Hijron kunlari» (1964), «Ufq bo’sag’asida» (1969) romanlaridan iborat «Ufq» trilogiyasi, inson qismati turg’unlik davri qabohatlari fonida tasvirlangan «Jimjitlik» (1988) romani, Bolalar hayoti ifodalangan «Sherzod va Gulshod» (1945), dunyoning etti burchiga yoyilgan «Kelinlar qo’zg’oloni» (1976), yolg’iz mo’ysafid ruhiy iztiroblari aks ettirilgan «Kuyov» (1986) singari sahna asarlari adibning katta ijodiy imkoniyatlaridan dalolatdir.

    Said Ahmad 2007 yilning 5 dekabr kuni 87 yoshida vafot etdi.

    Adib hikoyalarining bosh qahramoni ichki dunyosi boy zamondoshlarimizdir. Yozuvchi «Tog‘ afsonasi», «Zumrad», «Muhabbatning tug‘ilishi», «Ko‘zlaringda o‘t bor edi», «Poyqadam», «Alla», «Iqbol chiroqlari» asarlarida hayotiy xarakterlar yaratgan.

    Said Ahmad o‘zining hajviy hikoyalarida taraqqiyotimizga to‘siq bo‘layotgan yaramas urf-odatlar ustidan kuladi, muhim ma’naviy masalalarni o‘rtaga qo‘yadi. Uning «Xanka va Tanka», «Lampa shisha» kabi o‘nlab hajviyalari fikrimizning dalilidir.

    Said Ahmad kichik hajviy asarlari bilan o‘zbek radio va televideniesidagi miniatyuralar teatriga asos solgan. Shu sababli ham biz Said Ahmadni hajviy hikoya va miniatyuralar ustasi deymiz.

    Said Ahmad hikoyalardan asta-sekin yirik polotnolar yaratishga o‘tdi. 1949 yilda chop etilgan «Qadrdon dalalar» va «Hukm» (1958) qissalaridan keyin yaratgan «Ufq» (1964) trilogiyasida urushdan oldingi va keyingi davr muammolari haqida bahs yuritadi. «Jimjitlik» (1988) romanida turg‘unlik davri illatlari fosh etiladi.

    So‘nggi yillarda uning «Xandon pista» (1994), «Bir o‘pichning bahosi» (1995) kabi hajviy hikoyalar to‘plamlari chop etildi. Shuningdek, u Oybek, G‘. G‘ulom, A. Qahhor, M. Shayxzoda, Shuhrat, Mirtemir va S. Zunnunovalar haqida xotiralar yaratgan.

    Said Ahmad dramaturg sifatida ham tanilgan. U «Kelinlar qo‘zg‘oloni», «Kuyov» kabi sahna asarlarining muallifidir. Said Ahmad ham qatag‘on davrining ikkinchi to‘lqiniga duchor bo‘lgan, qamoq azoblarini tortgan ijodkordir. U «aksilsho‘raviy millatchilar guruhi a’zosi, zararli g‘oyalar targ‘ibotchisi» sifatida ayblanib, Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyati Jezqazg‘an lagerida bo‘ladi.

    Viloyat - maʼmuriy-hududiy birlik. Oʻrta asrlardan maʼlum. Sharqning ayrim mamlakatlari (Afgʻoniston, Turkiya va boshqa), shuningdek Oʻrta Osiyo xonliklari viloyatlarga boʻlingan. 1924-yil shoʻrolar oʻtkazgan milliy-davlat chegaralanishi arafasida Turkiston ASSR 6 V.
    Uning «Qorako‘z majnun» (2002) hikoyalar to‘plami bu haqdagi achchiq haqiqatni ro‘y-rost ifodalaydi.

    Said Ahmadning «Yo‘qotganlarim va topganlarim», 3 jildlik «Saylanma»si, «Qaroko‘z majnun» va «Kiprikdagi tong» to‘plamiga kirgan bir qator qissa va hikoyalari uning istiqlol yillarida zavq-shavq bilan ijod etganidan shahodat beradi. Adibning ko‘pgina asarlari qardosh va xorijiy tillarga ag‘darilgan.

    U O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. «Buyuk xizmatlari uchun» va «Do‘stlik» ordenlari bilan taqsirlangan. Va, nihoyat, «O‘zbekiston Qahramoni» degan yuksak sharafli unvonga sazovor bo‘lgan.

    Said Ahmad Oybekning psixologik tasvir mahoratini, G‘afur G‘ulomning yumori, Abdulla Qahhorning ixcham va teran fikrlash fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan adibdir.



    Said Ahmadning “Ufq” romani trilogiya bo‘lib, u “Qirq besh kun”, “Hijron kunlarida” va “Ufq bo‘sag‘asida” deb nomlangan uch kitobdan iborat.

    Asarning asosiy qahramonlari: Ikromjon (21 yil ardoqlab boqqan,bolasining o‘limini ko‘rgan jafokash ota), Tursunboy (qochoq, ota-ona mehridan, yor-birodarlar davrasidan olisda olamdan o‘tgan), Nizomjon, Azizxon,

    Zebixon Tursunboy sevgan qiz), Jannat xola va boshqalar.

    Abdulla Qahhor “Ufq” romani haqida shunday yozgan edi:

    …Bu kitobni kitobxon boshdan-oyoq shavq bilan, hech qayerda turtinmasdan, diqqati susaymasdan, ishtahasi bo‘g‘ilmasdan o‘qib chiqadi.

    …u ishonch barq urib turgan haqiqiy hayot manzarasidir.



    Savol va topshiriqlar:

    1. Said Ahmad hayoti va ijodi haqida nimalar bilasiz? Gapirib bering.

    2. Adib ustozlari Oybek, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhorlardan qanday xislatlarni o‘zlashtirgan?

    3. Said Ahmad yozuvchilikdan tashqari yana qanday san’at turini egallagan?

    4. Said Ahmad turg‘unlik yillaridan hikoya qiluvchi qanday asar yaratgan?

    5. “Ufq” romanining yaratilish tarixi haqida nimalar deya olasiz?

    6. “Ufq” romanidagi Tursunboyning erka, xudbin bo lib o‘sishining sababi nimada deb o‘ylaysiz?

    7. Ikromjon, Jannat xola, Nizomjon xarakteridagi milliylik nimalarda ko‘rinadi?

    8. Ikromjonning hatti-harakatlariga munosabati ikki xil: bir tomondan unga farzandi sifatida joni achisa, ikkinchi tomondan uni “Xoin! Qochoq! Nomard!” deya la’natlaydi. Buni siz qanday tushunasiz?

    9. “Ufq” romanidan olingan parchadan tabiat tasvirining asar qahramonlari ruhiyatiga mos keladigan o‘rinlarini toping.


    7-dars. Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti

    Reja:

    1. Mustaqillik davri she’riyati

    2. Nasr va dramaning o’ziga xos xususiyatlari

    XX asrning 90- yillarida istiqlol adabiyoti deb ataladigan estetik hodisa yuzaga keldi. Mustaqillik davrida milliy adabiyot millat ahlining ko’ngli, ruhiyatini tasvirlashga e’tibor qaratmoqda. Buning natijasida INSON asosiy badiiy qadriyatga aylandi. Bu yillarda o’zbek adabiyotida o’nlab ijodkorlar merosi qayta nashr etildi. Ilmiy-estetik tahlilga tortildi. 80-90 yillar oralig’ida A.Oripovning “Ranjkom”, O.Matjonning “Qush yo’li”, “Nega men?”, U.Azimning “Oqdapadar”, M.Yusufning “Qora quyosh” I.Otamurodovning “Uzoqlashayotgan og’riq”, M.Murodovning “Chaqmoq izidan”, E.Shukurning “Ibtido xatosi” kabi o’nlab dostonlari, A.Ibrohimovning “Puch”, Shukrulloning “Unsiz faryod”, H.Olimjonning “Bir million fojiasi”, H.Muhammadning “Xotinlar “gapi”dan chiqqan hangoma kabi drammalari va komediyalari chop etildi.” Tarixiy muzeyda ham bir qator yangi asarlar yozildi. T.To’laning “Nodirabegim”, S.Sadriddinovning “To’maris”, Sh.Xolmirzayevning “Qora kamar”, Sh.Raziyevning “Saddi Iskandariy” dostoni asosida yaratgan “Iskandar” pyesalari shular jumlasidandir.

    She’riyat bugungi kunda ham milliy adabiyotimizning yetakchi turi bo’lmoqda. A.Oripov, R.Parfi, Sh.Rahmon, A.Suyun, U.Azim, I.Otamurodov, A.Qutbiddin, F.Afro’z, A.Said, Mirzo, Zebo Mirzo, Tursun Ali, Ulug’bek hamda, Halima Ahmad, Xosiyat Rustamova, Rustam Musurmon singari shoirlar namoyon bo’ldi.

    R.Parfining “Adashgan ruh”, “Qora devor”, “Munojot”, “Sensiz”, Sh.Rahmonning “Turkiylar”, “Iqror”, A.Suyunning “Istig’for”, “Oq va qora”, A.Qutbiddinning “Izohsiz lug’at”, A.Saidning “Tush”, “Yo’l”, Faxriyning “Ayolg’u”, “Bo’g’zimdan sirqirar tovush-qon..”, “oyloq kecha..” seriy asarlari mustaqillik davri o’zbek nazmining yutuk namunalaridan hisoblanadi.

    Nasr bugungi adabiy jarayonli salmoqli turidir. Hozirga adabiy jarayonlar Sh. Holmirzaev, O’.hoshimov O. Muxtor , M. Ali, T. Mali, T. Murod, M.M.Do’st , A. Dilmurot , X.Sultonov, N. Norqobilov , X. Nurmuhammat, N.Eshonqul, A.Yo’ldoshev, U.Abdulvahob, L.Bo’rihon, Z.Qurolboy qizi singari ijodkorlar o’ziga xos yosinda qalam terlatib, milliy nasr tarraqqiyotini taminladilar.

    O.Muxtorningm “Ming bir qiyofa”, “Ko’zgu oldidagi odam”, “Tepalikdagi xaroba”, “Ufu”, “Ayollar saltanati va mamlakati”, “Maydon” romanlari. Nazar Eshonqulning “Qora kitob qissasi”. “Shamolni tutib bo’lmaydi” (hikoya qahramoni Bayni momo). “Tobut shahar” , “Quyun” hikoyalari, H. Muhammadning “Bozor”, Luqmon Bo’riqonning ”Jaziramadagi odamlar”, Salomat Vafoning “Tilsim saltanati”, A.Nurmurodovning “Qon hidi” romanlari insonga yondashuvning yangichaligi tasvirning quyuqligi, inson ruhiyati qatlamlarini aks ettirish miqyosining kengligi va ifoda tarzining favqulotdaligiga ko’ra milliy adabiyotimiz uchun yangi badiiy hodisalar bo’ldi.

    Sh. Holmirzaev “Ola bo’ji”, “Dinozavr”,romanlari, “Bulut to’sgan oy” qissasi, “Ozodlik”, “O’zbeklar”, “Navro’z navro’z”, hikoyalarida, uni Norqobilov “Oq bo’yin “, “Qoyalar ham yig’laydi”, ”Tog’ odami” qissalari “Oriyat”, “Quvonchli kun” hikoyalarida, Sh. Bo’taev “Sho’rodan qolgan odamlar” qissasi, “Darvesh” hikoyasida, To’g’ay Murod “Otamdan qoldan dalalar ” romanida nasrning an’anaviy tasvir yo’sinidan mahorat bilan foydalana bildi.



    Download 0,52 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




    Download 0,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu. Mirtemir hayoti va ijodi, lirikasi

    Download 0,52 Mb.