-dars. Said Ahmad hayoti va ijodi




Download 0.52 Mb.
bet8/41
Sana24.03.2017
Hajmi0.52 Mb.
#1962
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
5-dars. Said Ahmad hayoti va ijodi

Reja:

1.Said Ahmad – hajviy hikoya va miniatyuralar ustasi.

2.Adib qissalari

3.“Ufq” trilogiyasi

Mashhur o’zbek adibi Said Ahmad (Saidahmad Husanxo’jaev) 1920 yilning 10 iyunida Toshkent shahrining «Samarqand darvoza» mahallasida tug’ilgan.

Uning bolaligi Abdulla Qodiriy, Elbek, Oybek, G’afur G’ulom singari adiblar davrasida o’tdi. Tabiatan qiziquvchan, tinib-tinchimas Said Ahmad adabiyotga kirib kelguncha juda ko’p sohalarda o’zini sinab ko’rdi: artist bo’lishga urinib ko’rdi, doktorlik maktabida o’qidi, qurilish texnikumida tahsil oldi, rassomlik maktabiga qatnadi, mashhur fotochi Rensonga shogird tushdi, gazetalarga xabarlar yozdi.

U Nizomiy nomidagi pedinstitutda bir muddat o’qigach, 1941 yilda «Mushtum» jurnalida ishladi. 1942—1943 yillarda respublika radiosida, 1943—1947 yillarda «Qizil O’zbekiston» gazetasida, 1948—1950 yillarda «Sharq yulduzi» jurnalida mehnat qildi. 50-yillar boshida millatchi sifatida bir necha yil qamalib ham chiqdi. Milliy istiqlol yo’lidagi xizmatlari uchun Said Ahmad 1999-yilda O’zbekiston Qahramoni unvoniga sazovor bo’lgan.



Download 0.52 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Download 0.52 Mb.