Kuch momenti. Richag va uning muvozanat sharti
Demak, aylanish o'qiga ega bo'lgan jismlarning harakati, faqat unga qo'yilgan kuch kattaligiga bog'liq bo'lmasdan, balki kuchni aylanish o'qidan qancha uzoqlikka qo'yilganligiga ham bog'liq bo'lar ekan. Aylanish o'qidan kuch qo'yilgan nuqtagacha bo'lgan eng qisqa masofa kuch yelkasi deb ataladi. Bunda kuch yo'nalishi bilan yelka o'zaro tik yo'nalgan deb qaraladi.
Aylanish o'qiga ega bo'lgan jismlarda harakat qo'yilgan F kuchga hamda yelka L ga bog'liq bo'lganligidan kuch momenti deb ataluvchi fizik kattalikni kiritamiz:
M=FL
Uning o'lchov birligi M=lN-m. Siz kundalik turmushda og'ir toshni yoki yukni joyidan siljitishda uning tagiga lom tiqib ko'tarishganini ko'rgansiz (59-rasm). Bunda lom uchiga F kuch bilan ta'sir etib, ikkinchi uchidan F2 kuch olinadi. F2 kuch F dan bir necha barobar katta bo'ladi. Demak, bu qurilmada kuchdan yutish mumkin ekan. Qo'zg'almas tayanch atrofida aylana oladigan qattiq jismga richag deyiladi. 59- rasmda richagning aylanishi O nuqta atrofida bo'ladi.
Richagning muvozanatda bo'lish sharti Arximed tomonidan topilgan.
F1 L1= F2L2
M1=M2
bo'lganda aylanish o'qiga ega bo'lgan jismlar muvozanatda bo'lishi kelib chiqadi.
Ko'rilgan tajribada Mx kuch momenti richagni soat strelkasi yo'nalishida aylantirishga harakat qilsa, M kuch momenti uni soat strelkasiga teskari yo'na- lishda harakat qildiradi.
Richaglar turmush va texnikada keng qo'llaniladi.
Masalan, oddiy qaychini olib qaralsa, unda qo'lning Fx kuchi dastasiga, F2 kuch esa matoga qo'yiladi. F kuch aylanish o'qiga yaqin joylashganligidan F dan katta bo'ladi. Shu tamoyilga asosan mix sug'uruvchi ombir, tunuka qirquvchi qaychilar ishlaydi. Oldingi mavzularda ko'rilgan shayinli tarozi - yelkalari teng bo'lgan richagdir. Agar tarozi yelkalarini turli uzunlikda olinsa, kichik massali tarozi toshlari bilan katta massali jismlarni o'lchash mumkin.
Inson va hayvonlarning tuzilishida richag tamoyili ishlaydigan qismlari ham mavjud. Qo'l va oyoq suyaklari mushaklar bilan birgalikda richag hosil qiladi.
|