|
1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi
|
bet | 110/136 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,84 Mb. | | #230443 |
Bog'liq fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz «Rele» so'zi fransuzcha bo'lib, «almashtirib qo'shish» degan ma'noni bildiradi. Bu nom bilan Fransiyada aloqa bo'limlari atalgan. Aloqa bo'limlarida aloqa aravalarining charchagan otlari yangilariga almashtirib turilgan.
Elektrornagnit rele yakori (2) ning tortilishi uchun elektromagnitli zanjirga kichik kuchlanishli, masalan, 1,5-4,5 V kuchlanishli manba ulanadi.
Elektromagnit relening qo'Ilanilishiga misollar
Elektromagnit rele texnikaning barcha sohalarida, ayniqsa, avtomatika sohasida keng qo'llaniladi.
Katta binolarda yong'in haqida xabar beruvchi quriimaning ishlashini ko'rib chiqaylik.
Xonaning shipiga o'rnatilgan termoelement yong'in sodir bo'lishi bilan qiziydi va unda tok hosil bo'ladi. Termoelement relega ulangan bo'lib, termoelement hosil qilgan tok rele kontaktlarini ulaydi. Shu zahoti sirena lampochkalari yonadi va yong'in o'chiruvchi nasoslar dvigatellari ishga tushadi yoki yong'in o'chirish idorasiga xabar beradi.
Metroga kirishdagi o'tish joyida fotoelementli elektromagnit rele qo'llaniladi. Agar o'tish joyidan jeton tashlamasdan o'tmoqchi bo'lsangiz, ikki chekkadan kuraklar chiqadi va yo'lingizni to'sib qo'yadi. Sizning jeton tashlamasdan o'tayotganingizni kuraklar qanday sezadi?
Agar e'tibor bergan bo'lsangiz, o'tish joyining bir tomonidagi darchadan nur dastasi chiqib, ikkinchi tomondagi darcha ichiga tushib turadi. Yorug'lik nuri fotoelementga tushib turganida unda uzluksiz tok hosil bo'lib turadi va relening yakori elektromagnitga tortilgan holatda bo'ladi. Yakorning bu tortilib turishi ishchi zanjirni uzuq holatda ushlab turadi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Qisqacha test
Nuqtalar o’rniga kerakli tushunchalarni qo’ying
1) ……………….tashqi ta’sir bo’yicha avtomatik ravishda elektr zanjirni uzib – ulab turadigan qurilma
2) “Rele” so’zi fransuzcha bo’lib, ……..degan ma’noni bildiradi
3) Metroning o’tish joyida……………………. rele qo’llaniladi
4) Ko’p qavatli binolarga eltuvchi liftlarda ………………rele qo’llaniladi
5. O’quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etganlar baholanadi. Baholar kundalik daftar va sinf jurnaliga qo’yiladi
6. Uyga vazifalar.
Darslikdan 42- § ni o'qish.
Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish.
|
| |