|
1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi
|
bet | 109/136 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,84 Mb. | | #230443 |
Bog'liq fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz 4. Mustahkamlash: Xulosalaringizni daftaringizga yozing.
Laboratoriya daftarlari terib olinadi.
5. Uyga vazifa: O’tilgan mavzularni takrorlab kelish
54-dars Sana: 8-sinf
Mavzu: Elektromagnit rele
Darsning maqsadi.
a) O’quvchilarga elektromagnit rele, relening tuzilishi va ishlash prinsipi, elektromagnit relening qo’llanilishiga misollar yuzasidan nazariy bilimlar berish
b) O’quvchilarga axloqiy va mehnat tarbiyasini berish, kasbga yo’llash
d)O’quvchilarning fikrlash qobiliyatini oshirish, ularda izlanuvchanlikni kuchaytirish, tasavvur ko’lamini va dunyoqarashini rivojlantirish
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
Dars turi: Yangi bilim berish darsi
Dars uslubi: suhbat, savol – javob
Dars jihozi: darslik, ko’rgazmalar, rasmlar
Dars rejasi.
1.Tashkiliy qism - 2 minut.
2. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.
3.Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.
4.Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut
5. O’quvchilarni baholash- 2 minut
6. Uyga vazifa berish - 1 minut.
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, o’quchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish, navbatchi axboroti.
2. O'tilgan mavzuni takrorlash:
1. Eng oddiy elektr zanjir qanday elementlardan iborat?
2. Eng oddiy elektromagnit qanday yig'iladi?
3. Yig'ilgan elektromagnit kuch chiziqlari qanday yo'nalgan bo'ladi?
4. Elektromagnit deb nimaga aytiladi?
5. Elektromagnitning qo’llanilishi haqida nimalarni bilasiz?
3. Yangi mavzu bayoni:
Elektrornagnit rele tashqi ta'sir (signal) bo'yicha avtomatik ravishda elektr zanjirni uzib-ulab turadigan qurilmadir.
157- rasmda eng sodda rele sxemasi tasvirlangan. Relening asosiy qismi elektromagnit (1) dan iborat. Kalit ulanib, elektromagnit chulg'amidan tok o'tganida elektromagnit o'zagi magnitlanadi va yakor (2) ni o'ziga tortadi. Bu bilan yakor ishchi zanjirli kontakt (3) ni ulaydi.
Ish zanjiriga turli elektr iste'molchilar - elektr dvigatellar, elektr lampalar va boshqa elektr asboblari ulanishi mumkin. Rele zanjiri uzilganda prajina (4) yakor (2) ni yuqoriga tortadi va ish zanjiri uziladi. Ish zanjiriga dvigatel (5) ulangan.
|
| |