|
Gaz orqali elektr toki o’tishiga……deyiladi?
|
bet | 108/136 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,84 Mb. | | #230443 |
Bog'liq fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz 19. Gaz orqali elektr toki o’tishiga……deyiladi?
A) elektroliz B) elektrolit C) gaz zaryadi D) rekombinatsiya
20. Nomustaqil razryad nima?
A) ionizator ta’siri to’xtalishi bilan to’xtaydi B) ionizator ta’siri to’xtatilganda ham to’xtamaydi
C) kuchli zaryadlar oqimi D) barcha javob to’g’ri
Javoblar:
1
|
A
|
6
|
D
|
11
|
B
|
16
|
D
|
2
|
D
|
7
|
B
|
12
|
A
|
17
|
A
|
3
|
B
|
8
|
A
|
13
|
B
|
18
|
B
|
4
|
C
|
9
|
B
|
14
|
C
|
19
|
C
|
5
|
A
|
10
|
D
|
15
|
A
|
20
|
A
|
3. Uyga vazifa: O’tilganlarni takrorlash
53-dars Sana: 8-sinf
Laboratoriya ishi: Eng oddiy Elektromagnit qurilmasini yig’ish va ishlashini sinash
Darsning maqsadi.
a) O'quvchilarning elektromagnit qurilmasini yig’ish va ishlashini sinash bo'yicha egallagan bilimlarini mustahkamlash
b) O’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatish
d) O’quvchilarning olgan bilimlarini amaliyotda mustahkamlash
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.
Dars turi: malakalarni oshirish
Dars uslubi: demonstratsion usul
Kerakli jihozlar: akkumulator, reostat, kalit, ulovchi simlar, kompas, g'altak, temir o'zak, o'zagi taqasimon bo'lgan elektromagnit
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism
2. Ish haqida tushuncha.
3.Ishni bajarish tartibi
1. Tok manbayi, reostat, g'altak va kalitdan iborat elektr zanjir yig'ing.
Yig'ilgan elektr zanjirning sxemasini chizing.
3. Zanjirni ulab, kompas yordamida g'altak qutblarini aniqlang.
4. Kompasni g'altakning o'qi bo'ylab magnit maydon ta'siri keskin kamayguncha undan uzoqlashtiring.
5. G'altakning ichiga temir o'zak qo'yib, elektromagnitning kompas strelkasiga ko'rsatayotgan ta'sirini kuzating va xulosa chiqaring.
|
| |