|
1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi
|
bet | 116/136 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,84 Mb. | | #230443 |
Bog'liq fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz 5. Uyga vazifa: O’tilgan mavzular yuzasidan krosvord tuzib kelish
59-dars Sana: 8-sinf
Mavzu: 7 –nazorat ishi
Darsning maqsadi.
a) O’tilganlarni takrorlash, masalalar yechish orqali o'quvchilarning nazariy jihatdan olgan bilimlarini mustahkamlash.
b) O’quvchilarga aqliy,estetik tarbiya berish
d) O’quvchilarning olgan bilimlarini amaliyotda mustahkamlash
Dars turi: nazorat qilish darsi
Darsda foydalaniladigan metod: savol-javob, test sinovi.
Dars rejasi.
1. Tashkiliy qism - 2 minut.
2.Nazorat ishi - 40 minut.
4.Darsni yakunlash — 3 minut.
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, savol-javob uchun savollarni, test sinovi uchun test topshiriqlarni tayyorlab qo'yadi.
2. Nazorat ishi.
O'qituvchi tomonidan avvaldan tuzib qo'yilgan test topshiriqlar asosida test sinovi o'tkaziladi.
1. Magnitni Beruniy qanday ta’riflagan?
A) ohanrabo B) chu – shu C) somon tortuvchi D) adamas
2. Magnit maydon qanday zaryadlarga ta’sir qiladi?
A) manfiy zaryadlarga B) harakatsiz zaryadlarga
C) harakatdagi zaryadlarga D) musbat zaryadga
3. Temir o’zakka bir necha qavat qilib izolyatsiyalangan sim o’rab, hosil qilingan qurilma…deyiladi
A) transformator B) elektromagnit C) reostat D) ampermetr
4. Tokning quvvati qaysi asbob yordamida o’lchanadi?
A) Voltmetr B) ampermetr C) rheostat D) vattmetr
5. Nuqtalar o’rniga to’g’ri javbni qo’ying
“To’g’ri magnitning bir xil qutblari bir – biridan………., turli qutblari bir – biriga……”
A) ….tortiladi, …itariladi B) ….itariladi, …tortiladi
C) ….tortiladi, …ta’sirlashmaydi D) ….itariladi, …..ta’sirlashmaydi
|
| |