|
1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi
|
bet | 114/136 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,84 Mb. | | #230443 |
Bog'liq fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, o’quchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish, navbatchi axboroti.
2. O'tilgan mavzuni takrorlash:
1) Chap qo’l qoidasini izohlang
2) Eng oddiy ampermetr qanday tuzilishiga ega?
3) Eng oddiy ampermetrning ishlash prinsipini aytib bering
3. Yangi mavzu bayoni:
O'zgarmas tok elektr dvigateli ikki asosiy qism - stator va rotordan iborat qurilma bo'lib, o'zgarmas tok elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi.
«Stator» lotinchadan «qo'zg'almas» degan ma'noni bildiradi. Stator doimiy magnitdan (170- a rasm) yoki elektromagnitdan (170- b rasm) iborat. Stator dvigatel korpusiga mahkamlangan bo'ladi.
«Rotor» lotinchadan «aylantirmoq» degan ma'noni anglatadi. Rotor dvigatelning aylanuvchi qismlarini tashkil etadi. Rotorning asosiy qismi bir yoki bir nechta g'altakli ramkadan va kollektordan iborat. Ramka chulg'amidagi simlarning uchlari kollektor qoplamalariga ulangan
Kollektor ramka bilan birgalikda aylanadi. Ikkala kollektor qoplamalari qarshisiga qo'zg'almas qilib ikkita ko'mir cho'tka mahkamlangan. Ular maxsus prujinalar yordamida kollektor qoplamalariga zich qilib siqib qo'yiladi. Zanjirdagi elektr toki shu cho'tkalar orqali kollektor qoplamalariga o'tadi.
Elektr dvigatellarning issiqlik dvigatellariga nisbatan afzal tomonlari ko'p. Birinchidan, elektr dvigatellari issiqlik dvigatellariga qaraganda ixcham va foydalanish uchun qulaydir, ularni istalgan qulay joyga o'rnatish mumkin. Ikkinchidan, ishlaganda gaz, tutun va bug' chiqarmaydi. Uchinchidan, ular uchun yoqilg'i va suvning keragi yo'q. To'rtinchidan, elektr dvigatellarning foydali ish koeffitsienti 80% dan ortiqdir, issiqlik dvigatellarniki esa 20% dan ortmaydi
Elektr dvigatellarning afzalliklari: ixcham va foydalanishga qulay, havoni ifloslantirmaydi, moddiy mahsulot talab qilmaydi, foydali ish koeffitsienti yuqori.
Elektr dvigatellar istalgan quvvatga mo'ljallab ishlab chiqariladi. Masalan, elektr ustaralarda dvigatel quvvati bir necha vattli bo'lsa, elektrovoz, kemalarning elektr dvigatellari bir necha megavattli boiadi.
Turli maishiy elektr asboblari - drel, charx, fen, magnitofon, ventilator, muzlatkich, tikuv va kir yuvish mashinalariga elektr dvigatellar o'rnatilgan bo'ladi. Korxonalarda elektr dvigatellari turli dastgoh va mashinalarni harakatga keltiradi. Qishloq xo'jaligida elektr dvigatellaridan nasoslarni, g'alla yanchadigan mashinalarni, elevatorlarni yurgizish uchun foydalaniladi. Transportda elektr dvigatellari tramvay, trolleybus, metro poyezdlari va elektrovozlarni harakatga keltiradi.
|
| |