|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
bet | 115/136 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,84 Mb. | | #230443 |
Bog'liq fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz 4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Zinapoya o’yini
Bu o’yinda 2 o’quvchi chiqib berilgan savollarga bir boshdan javob bera boshlaydi va zinalardan yuqoriga qarab harakatlanadi. Kim birinchi piramidaga chiqsa, g’olib hisoblanadi.
|
|
|
|
3.Elektr dvigatel qo’llanilishi
|
|
3. Elektr dvigatel afzalliklari
|
|
|
2. Stator-?
|
|
2.Rotor - ?
|
|
|
1.Elektr dvigatel tuzilishi
|
|
1.Elektr dvigatel ishlash prinsipi
|
|
5. O’quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etganlar baholanadi. Baholar kundalik daftar va sinf jurnaliga qo’yiladi
6. Uyga vazifalar.
Darslikdan 45- § ni o'qish.
Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish.
58-dars Sana: 8-sinf
Laboratoriya ishi: O’zgarmas tok elektr dvigatelini o’rganish
Darsning maqsadi.
a) O'quvchilarning o’zgarmas tok elektr dvigatelini o’rganish bo'yicha egallagan bilimlarini mustahkamlash
b) O’quvchilarga aqliy,estetik tarbiya berish
d) O’quvchilarning olgan bilimlarini amaliyotda mustahkamlash
Dars turi: O’quvchilarning bilim,konikma,malakalarini rivojlantirish
Dars uslubi:demonstratsiya
Kerakli jihozlar: akkumulator, kalit, ulovchi simlar, o'zgarmas tok elektr dvigateli modelini yig'ish uchun zarur detallar.
Dars rejasi.
1.Tashkiliy qism - 2 minut.
2. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.
3.Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.
4.Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut
5. O’quvchilarni baholash- 2 minut
6. Uyga vazifa berish - 1 minut.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism: O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, o’quchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish, navbatchi axboroti.
2.Ish haqida tushuncha berish.
3. Ishni bajarish tartibi
O'zgarmas tok elektr dvigateli detallarining har birini ko'rib chiqing. Har bir detaining nomini va vazifasini daftaringizga yozing.
O'zgarmas tok elektr dvigatelining modelini yig'ing.
Tok manbayi, elektr dvigatel va kalitdan iborat elektr zanjirni yig'ing.
Yig'ilgan elektr zanjirning sxemasini chizing.
Kalitni ulang. Bunda dvigatel rotori aylanishi kerak. Agar rotor aylanmasa, sababini topib tuzating.
Rotor harakatini kuzating. Bunda dvigatelning qaysi qismlari qo'zg'almas va qaysi qismlari aylanayotganiga, cho'tka, kollektor va ramkalar vaziyati bir- biriga nisbatan qanday o'zgarayotganiga e'tibor bering. Kuzatganlaringizni daftaringizga yozing.
Tadqiqot natijalarini tahlil qiling va xulosa chiqaring.
.
4.Mustahkamlash: Laboratoriya ishi bajarib bo'lingandan so'ng olingan natijalar yuzasidan xulosa chiqariladi.
Laboratoriya daftarlari terib olinadi
|
| |