|
1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi
|
bet | 126/136 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,84 Mb. | | #230443 |
Bog'liq fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz 3. Yangi mavzu bayoni:
Elektrostansiyalarda induksion tok generatori yordamida boshqa turdagi energiyalar elektr energiyaga aylantiriladi.
Amalda elektr energiyani ishlab chiqarishda, asosan, issiqlik elektrostansiyasi (IES), gidroelektrostansiya (GES) va atom elektrostansiyasi (AES) dan foydalaniladi.
Issiqlik elektrostansiyasida yoqilg'ining yonishi jarayonida hosil bo'ladigan kimyoviy energiyasi elektr energiyaga aylantiriladi.
Issiqlik elektrostansiyalarida yoqilg'i sifatida ko'mir, neft, mazut, torf, gaz, yonuvchan slaneslardan foydalaniladi.
IES har biri alohida ishlaydigan bir nechta blokdan iborat bo'ladi. Har bir blok yoqilg'i tayyorlash, suv tayyorlash, qozonxona, turbogenerator va bug'ni kondensatlash sexlaridan iborat.
IES bloklaridan biri 197- rasmda tasvirlangan. Bunda keltirilgan yoqilg'ilar yoqilg'i tayyorlash sexida yondirish uchun tayyorlanadi. Masalan, ko'mir begona aralashmalardan tozalanadi va kukun qilib maydalanadi.
Yondirish uchun tayyorlangan yoqilg'i maxsus quvur orqali qozonxonaning o'txonasiga uzatiladi. Qozonxona qozoniga suv tayyorlash sexidan quvur orqali suv kelib turadi. Yoqilg'i yonganda qozondagi suvni qaynatadi va yuqori bosimli bug'ni hosil qiladi. Katta bosimdagi bug' turbogeneratorga uzatiladi va u turbinani aylantiradi. Turbina esa induksion tok generatori rotorini aylantiradi va generatorda elektr toki hosil bo'ladi.
GESda katta tezlikdagi suv oqimi gidroturbinalarni, gidroturbinalar esa generatorning rotorini aylantiradi (198- rasm). Shu tariqa induksion tok generatorida elektr toki hosil qilinadi.
Gidroelektrostansiyada suvning mexanik energiyasi elektr energiyaga aylantiriladi. ,
Katta tezlikdagi suv oqimini hosil qilish uchun daryolarga to'g'on quriladi. To'g'onga yig'ilgan katta miqdordagi suvning potensial energiyasi ham katta bo'ladi.
AESning ishlashi IESga o'xshashdir. Farqli tomoni — IES da yoqilg'i sifatida ko'mir, neft kabi organik mahsulotlar yondirilsa, AES larda ehergiya sifatida uran atomi qo'llaniladi. Atom elektrostansiyasida atom (uran yadrosi) energiyasi elektr energiyaga aylantiriladi. AES da elektr energiyani ishlab chiqarish arzonga tushadi. Ularning ishlashida atrof-muhit havosi ifloslanmaydi. Lekin AES da hosil bo'ladigan radioaktiv chiqindilar atrofdagi aholi uchun xavflidir. Aholi ulardan o'ta himoyalangan bo'lishi kerak.
|
| |