• Darsning borishi 1.Tashkiliy qism.
  • 3. Yangi mavzu bayoni
  • Dars turi: yangi bilim berish Dars uslubi




    Download 3,84 Mb.
    bet128/136
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,84 Mb.
    #230443
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   136
    Bog'liq
    fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz

    Dars turi: yangi bilim berish
    Dars uslubi: suhbat, savol – javob
    Dars jihozi: darslik, ko’rgazmalar, rasmlar, transformator
    Dars rejasi.
    1.Tashkiliy qism - 2 minut.
    2. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.
    3.Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.
    4.Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut
    5. O’quvchilarni baholash- 2 minut
    6. Uyga vazifa berish - 1 minut.
    Darsning borishi
    1.Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, o’quchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish, navbatchi axboroti.
    2. O'tilgan mavzuni takrorlash:
    1) Issiqlik elektrostansiyasi blokining tuzilishi va elektr energiya qanday ishlab chiqarilishini tushuntirib bering.
    2) Gidroelektrostansiyada suvning mexanik energiyasi qay tarzda elektr energiyaga aylantiriladi?
    3) Atom elektrostansiyasining issiqlik elektrostansiyasiga o'xshashligi va undan farqi nimadan iborat?
    4) Shamol elektrostansiyasida elektr energiya qay tarzda ishlab chiqariladi?
    5) O'zbekistondagi qanday yirik elektrostansiyalarni bilasiz?


    3. Yangi mavzu bayoni:
    Transformator deb ataluvchi asbobda ikkita g'altak umumiy o'zakka kiydiriladi. Bunda birinchi g'altakdagi o'ramlar - birlamchi chulg'am, ikkinchi g'altakdagi o'ramlar - ikkilamchi chulg'am deyiladi.
    Birlamchi chulg'amni U kuchlanishli o'zgaruvchan tokka ulaylik. O'zgaruvchan tok chulg'amlarda o'zgaruvchan magnit maydonni hosil qiladi. Bu chulg'amning magnit kuch chiziqlari o'zak bo'yicha ikkilamchi chulg'amga o'tadi Natijada ikkilamchi chulg'amda U2 kuchlanishli o'zgaruvchan induksion tok hosil bo'ladi. Bu tokning chastotasi birlamchi chulg'amdagi tokning chastotasi bilan bir xil bo'ladi.
    Bu chulg'amning magnit kuch chiziqlari o'zak bo'yicha ikkilamchi chulg'amga o'tadi Natijada ikkilamchi chulg'amda U2 kuchlanishli o'zgaruvchan induksion tok hosil bo'ladi. Bu tokning chastotasi birlamchi chulg'amdagi tokning chastotasi bilan bir xil bo'ladi.
    Ikkilamchi chulg'amdagi U2 kuchlanishning miqdori birlamchi va ikkilamchi chulg'amdagi simlarning o'ramlar soniga bog'liqdir. Tajriba shuni ko'rsatadiki, ikkilamchi chulg'amdagi o'ramlar soni birlamchi chulg'amdagidan necha marta kam bo'lsa, ikkinchi chulg'amda hosil bo'lgan tokning kuchlanishi shuncha marta kam bo'ladi. Va aksincha, ikkilamchi chulg'amdagi o'ramlar soni birlamchi chulg'amdagidan necha marta ko'p bo'lsa, ikkinchi chulg'amdagi kuchlanish shuncha marta ko'p bo'ladi
    O'zgaruvchan tok o'tayotgan o'tkazgichdagi kuchlanishni o'zgartirishga o'zgaruvchan tokni transformatsiyalash deyiladi. Transformator — o'zgaruvchan tok o'tayotgan o'tkazgichdagi kuchlanishni transfermatsiyalaydigan asbobdir.

    Download 3,84 Mb.
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   136




    Download 3,84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dars turi: yangi bilim berish Dars uslubi

    Download 3,84 Mb.