• Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi
  • Dars turi
  • Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism 2. Ish haqida tushuncha 3. Ishni bajarish tartibi
  • 1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi




    Download 3,84 Mb.
    bet130/136
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,84 Mb.
    #230443
    1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   136
    Bog'liq
    fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz

    Darsning maqsadi.
    a) O'quvchilarning transformatorning tuzilishi va ishlashini o’rganish bo'yicha egallagan bilimlarini mustahkamlash.
    b) O’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatish
    d) O’quvchilarning olgan bilimlarini amaliyotda mustahkamlash
    Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.
    Dars turi: ko’nikma va malakalarni shakllantirish
    Kerakli jihozlar: 30 V kuchlanishli o'zgaruvchan tok manbayi, 30 V kuchlanishni pasaytiruvchi transformator, reostat, voltmetr (2 ta), ampermetr (2 ta), kalit, ulovchi simlar.
    Darsning borishi:
    1. Tashkiliy qism
    2. Ish haqida tushuncha
    3. Ishni bajarish tartibi
    1. Laboratoriya ishini o'tkazish uchun mo'ljallangan pasaytiruvchi transfor­matorni ko'zdan kechiring. Unga yozib qo'yilgan birlamchi chulg'amdagi o'ramlar soni – n1 ni va ikkilamchi chulg'amdagi o'ramlar soni - n2 ni jadvalga yozing. n1/n2 nisbatni hisoblang va jadvalga yozing.

    2.Transformatorning birlamchi chulg'amini ampermetr va kaUt orqali 30 V kuchlanishli o'zgaruvchan tok manbayiga, ikkinchi chulg'amini reostat, voltmetr va ampermetrga 202- rasmda tasvirlangandek ulang


    3. Yig'ilgan elektr zanjir sxemasini daftaringizga chizib oling.


    4. Kalitni ulang. Voltmetrlar yordamida birlamchi va ikkilamchi chulg'amdagi U\ va U2 kuchlanishni o'lchang, U1/U2 nisbatni hisoblang, o'lchash va hisoblash natijalarini jadvalga yozing.


    5.Reostat surgichining birinchi holatida birlamchi chulg'amdan o'tayotgan, tokni va ikkilamchi tokni ampermetrlar yordamida o'lchang, chulg'amdan o'tayotgan nisbatni hisoblang, natijalarni jadvalga yozing.


    6. Reostat surgichini suring. Surgichning ikkinchi holatida birinchi chulg'amdan o'tayotgan I tokni va ikkilamchi chulg'amdan o'tayotgan I2 tokni o'lchang, I\ nisbatni hisoblang, o'lchash va hisoblash natijalarini jadvalga yozing.


    7. Reostat surgichini suring. Surgichning uchinchi holatida birlamchi chulg'amdan o'tayotgan I tokni va ikkilamchi chulg'amdan o'tayotgan I2 tokni o'lchang, nisbatni hisoblang, o'lchash va hisoblash natijalarini jadvalga yozing.


    8. Reostat surgichining uchala holati uchun I2/I1 nisbatning o'rtachasini hisoblang.


    9. I2/I1 nisbatlarning o'rtachasi, n2/n1 va U2/U1 nisbatlarni taqqoslang. Nazariy jihatdan I2/Ii bo'lishi kerakligiga e'tibor bering.


    10. Tajriba natijalarini tahlil qiling va mulohaza yuriting.





    Download 3,84 Mb.
    1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   136




    Download 3,84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi

    Download 3,84 Mb.