1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi




Download 3,84 Mb.
bet132/136
Sana13.05.2024
Hajmi3,84 Mb.
#230443
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   136
Bog'liq
fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz

3. Yangi mavzu bayoni:
Odatda, elektrostansiyalar aholi yashaydigan shahar va qishloqlardan uzoqda joylashgan bo'ladi. Elektr energiyani boshqa tur energiyalardan farqli ravishda, uni uzoq masofalardagi iste'molchilarga uzatish qulay.
Elektr energiya iste'molchilarga sim orqali uzatiladi. Lekin bunda elektr tokining ba'zi xususiyatlarini hisobga olishga to'g'ri keladi.
Elektr energiyani uzoq masofalarga uzatishda tok o'tayotgan simlarning qizishini, bunda elektr energiyaning isrofini hisobga olish kerak.
Aytaylik, 10 ming xonadoni bo'lgan shaharchani elektrostansiyada ishlab chiqariladigan elektr energiya bilan ta'minlash kerak bo'lsin. Xonadon elektr zanjiri 220 V kuchlanishli tarmoqqa ulanadi. Har bir xonadon elektr zanjiridan o'rtacha 5 A dan tok o'tib turadi. U holda 10 ming xonadonli shaharchaga keladigan tarmoqdan 50 000 A tok o'tadi. Ammo, agar elektrostansiyada 220 V kuchlanishli tok ishlab chiqarilsa, uni ikkita sim orqali shaharchaga uzatish mumkin emas. Chunki 50 000 A tokka 1000 mm2 ko'ndalang kesimli mis sim ham bardosh berolmaydi. Bunday tok o'tganda sim qizib erib ketadi.
Katta miqdordagi elektr tokini uzoq masofalarga uzatishda simning qizimasligi va tokning ko'p isrof bo'lmasligi uchun ma'lum choralar ko'riladi.
Joul-Lens formulasidan kelib chiqadiki, elektr tarmog'ida energiya isrofini kamaytirish uchun tok kuchini va o'tkazgich qarshiligini kamaytirish zarur.
Uzatish tarmoqlaridagi o'tkazgichning qarshiligi kam bo'lishi uchun solishtirma qarshiligi kichik bo'lgan moddalardan tayyorlangan yo'g'on simlar ishlatiladi.
Tok kuchini kamaytirish uchun uning kuchlanishi orttiriladi. Tok quwatining P = IU formulasidan kelib chiqadiki, uzatilayotgan quwatni saqlab qolish uchun tok kuchini qanchaga kamaytirilsa, kuchlanishni shunchaga oshirish kerak bo'ladi.
Elektrostansiyada ishlab chiqarilgan tokning kuchlanishini oshirish kuchaytiruvchi yordamchi stansiyada transformatorlar yordamida amalga oshiriladi.
Kuchaytiruvchi yordamchi stansiyada yuksaltiruvchi transformatorlar yordamida ishlab chiqarilgan tok kuchlanishi 500-1150 kV gacha oshiriladi.
Yuqoridagi misolga qaytaylik. 10 ming xonadon 220 V kuchlanishli tarmoqdan 50000 A tok oladi. Bunda shaharchaga keladigan tokning quwati P = 50000 A • 220 V = 11000000 W = 11 MW bo'lishi kerak.



Download 3,84 Mb.
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   136




Download 3,84 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi

Download 3,84 Mb.