|
1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi
|
bet | 131/136 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,84 Mb. | | #230443 |
Bog'liq fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz 4. Mustahkamlash: Laboratoriya ishi bajarib bo'lingandan so'ng olingan natijalar yuzasidan xulosa yoziladi.
Laboratoriya daftarlari terib olinadi
5.Uyga vazifa: O’tilganlarni takrorlab kelish
66-dars Sana: 8-sinf
Mavzu: Elektr energiyani yig’ish
Darsning maqsadi.
a) O’quvchilarga elektr energiyani uzatish, kuchaytiruvchi yordamchi stansiya, elektr uzaish tarmoqlari haqida nazariy va ilmiy tushunchalarni hosil qilish
b) O’quvchilarga ekologik va estetik tarbiya berish, ehtiyotkorlikka o’rgatish, kasbga yo’llash
d) O’quvchilarning izlanuvchanlik va ijodkorlik qobiliyatini oshirish, dunyoqarashini rivojlantirish
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars uslubi: suhbat, savol – javob
Dars jihozi: darslik, ko’rgazmalar, rasmlar
Dars rejasi.
1.Tashkiliy qism - 2 minut.
2. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.
3.Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.
4.Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut
5. O’quvchilarni baholash- 2 minut
6. Uyga vazifa berish - 1 minut.
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, o’quchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish, navbatchi axboroti.
2. O'tilgan mavzuni takrorlash:
1. Transformatorning vazifasi nimadan iborat?
2.Transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg'amlaridagi o'ramlar sonining nisbati, ulardagi kuchlanishlar nisbati va ulardan o'tayotgan tok kuchlari nisbati nazariy jihatdan qanday munosabatda bo'lishi kerak?
3. Transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg'amlaridagi o'ramlar sonining nisbati, ulardagi kuchlanishlar nisbati va ulardan o'tayotgan tok kuchlari nisbati nima sababdan bir-biriga aynan teng emas?
|
| |