• 3. Yangi mavzuning bayoni. O
  • Yangi mavzuni mustahkamlash.
  • 1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi




    Download 3,84 Mb.
    bet70/136
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,84 Mb.
    #230443
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   136
    Bog'liq
    fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz

    2. Uy vazifalarini tekshirish. «Aqliy hujum» interfaol metodi uchun o'quvchilarga quyidagi savollar beriladi:

            1. Elektr tokining bajargan ishi formulasi qanday ifodalanadi?

            2. Tokning bajargan ishi qanday birlikda o'lchanadi?

            3. Elektr energiya qanday asbobda o'lchanadi?

            4. Qanday elektr o'lchov asboblarini bilasiz?

            5. Qaysi energiya osongina boshqa turdagi energiyaga aylanadi? Savollar muhokamasidan so'ng, yangi mavzuni bayon etishga tayyorgarlik ko'riladi. •

    3. Yangi mavzuning bayoni. O'qituvchi mavzuni yoritishda quyidagilarga e'tibor berishi lozim:

    • tokning quvvati haqida ma'lumotlarni bayon qilish, quvvat formulasini keltirish;

    • quvvatga ta'rif berish;

    • elektr quvvat birligini keltirib chiqarish;

    • elektr iste 'molchilardagi tokning quvvati haqida ma'lumotlar berish;

    • 8- jadvaldagi ayrim elektr asboblarning quvvatini tahlil qilish; Mavzuni yoritishda plakatlar asosida tushuntirilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.

    • Elektr tokiningma’lum vaqtda bajargan ishi tok kuchini kuchlanishga va shu vaqtda ko’paytirilganiga teng

    • Zanjirning kuchlanishi bir volt bo’lgan qismida bir amperga teng bo’lgan tokning bir sekund davomida bajargan ishiga bir vat ·sekund deb aytiladi


      1. Yangi mavzuni mustahkamlash. Dars jarayonida o'quvchilarning olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun avvaliga mavzu yakunida keltirilgan masala yechish namunasi tahlil qilinadi, so'ngra quyidagi 2 ta masala o'quvchilar bilan birgalikda yechiladi:

    13-mashq
    Berilgan: U= 220 V; I = 10 A.
    Topish kerak: P-?
    Formulasi: P = IU.
    Hisoblash:= 10 • 220 W = 2200 W = 2,2 kW. Javo
    Javob:= 2,2 kW.
    Berilgan: U= 220 V; Pi = 60 W; P2 = 100 W.
    Topish kerak: I - ?
    Formulasi: I = P/U-,P=Pl + P2; I = (P1, + P2)/U.
    Hisoblash: I = (60 + 100)/220) A = 0,72 A.
    Javob: I = 0,72 A.
    Shundan so'ng 7 minut davomida o'tkaziladigan «Mustaqil ish» uchun o'quvchilarga quyidagi masalalar beriladi:

      1. 1-masala. Xonaga o'rnatilgan ventilatorning quwati 36 W. Uning 20 s davomida bajargan ishi qanday bo'ladi

    2-masala. Energiyaning 1 kilovatt-soat degan birligi necha joulga teng? 3) Elektrodvigatel bir soatda 1080 kJ foydali ish bajaradi va 0,4 W- soat energiya iste'mol qiladi. Uning FIK qanday bo'ladi (%)?

    5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar darsdagi ishtirokiga ko’ra baholanadi


    6. Uy vazifalari.
    Darslikdan 24- § ni o'qish.
    Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish.
    Darslikdan 13- mashqdan 2- va 3- masalalarni yechish. «Fizikadan savol va masalalar to'plami»dan 1015-, 1021-va 1023-masalalarni yechish. Qiziquvchi o'quvchilarga «Fizikadan savol va masalalar to'plami»dan 1020-, 1025-, 1026 va 1028- masalalarni yechish tavsiya etiladi.
    Mavzu oxirida keltirilgan amaliy topshiriqni bajarish.
    O'z uyidagi elektr iste'molchilarning quvvatini yozib kelish.

    Download 3,84 Mb.
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   136




    Download 3,84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi

    Download 3,84 Mb.