|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
bet | 73/136 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,84 Mb. | | #230443 |
Bog'liq fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz Yangi mavzuni mustahkamlash. Dars jarayonida o'quvchilarning olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun avvaliga mavzu yakunida keltirilgan masala yechish namunasi tahlil qilinadi, so'ngra «Muammoli vaziyatni o'rganish» interfaol metodi uchun o'quvchilarga quyidagi savol va topshiriqlar bilan murojaat qilinadi:
Joul-Lens qonunini ta'riflang.
Joul-Lens qonuni bajariladigan misollar keltiring.
Cho'g'lanma lampa qachon va kim tomonidan kashf etilgan?
Ushbu savollarga javob olingandan so'ng «Mustaqil ish» o'tkazilad
1-masala. Qarshiligi 25 ῼ bo'lgan spiraldan 2 A tok o'tadi. Shu spiraldan 2 minut davomida qancha issiqlik miqdori ajralib chiqadi?
2-masala. 50 ῼ qarshilikli o'tkazgich orqali 10 minut davomida qanday tok o'tkazilganda 120 kJ issiqlik ajraladi?
3-masala. 220 V kuchlanishli tarmoqda 30 ῼ qarshilikli isitgichdan 30 minutda qancha issiqlik miqdori ajralib chiqadi?
5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar darsdagi ishtirokiga ko’ra baholanadi.
6. Uy vazifalari.
Darslikdan 26- § ni o'qish.
Mavzu oxirida keltirilgan savollargajavob topish va yozish.
14- mashqdan 1-, 2- va 3- masalalarni yechish. «Fizikadan savol va masalalar to'plami»dan 1029- va 1032- masalalarni yechish. Qiziquvchi o'quvchilarga 14- mashqdan 4- masalani, «Fizikadan savol va masalalar to'plami»dan 1034- va 1035- masalalarni yechish tavsiya etiladi.
Mavzu oxirida keltirilgan amaliy topshiriqni bajarish.
37-dars sana: 8-sinf
Masalalar yechish
Darsning maqsadi.
a) bob bo'y'icha o'tilgan mavzularni takrorlash, masalalar yechish orqali nazariy jihatdan olgan bilimlarni mustahkamlash.
b) O’quvchilarga mehnat tarbiyasini berish, mustaqil ishlashga o’rgatish
d) Mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
|
| |