|
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
|
bet | 74/136 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,84 Mb. | | #230443 |
Bog'liq fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik rejalarini tuza olish, formulalardan foydalanib, masalalar yecha olish; inson mehnatini yengillashtiradigan asboblardan foydalanish.
Dars turi: Ko’nikmalarni hosil qilish darsi
Darsda foydalaniladigan metod: savol-javob, masalalar yechish, mustaqil ishlash.
Dars rejasi.
Tashkiliy qism - 2 minut.
O'tilgan mavzularni takrorlash - 10 minut.
Masalalar yechish - 25 minut.
O’quvchilarni baholash-5 minut
Uyga vazifalar berish - 3 minut.
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, savol-javob uchun savollarni tayyorlab qo'yadi.
2.O'tilgan mavzularni takrorlash. Savol-javoblar asosida bob mavzulari takrorlanadi. Bunda bob yakunida keltirilgan « bob yuzasidan xulosalar”dagi har bir xulosa va qonuniyatlar o'quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi.
3. Masalalar yechish. Bob oxirida keltirilgan bobni takrorlash uchun savol va masalalar»dagi savollarga o'quvchilar javob beradilar, javoblar o'qituvchi tomonidan to'ldirib boriladi. Har bir savolga javob berishda tahliliy fikr-mulohazalar yuritilishiga e'tibor beriladi. Keltirilgan masalalardan birinchi navbatda yechiladiganlarini o'qituvchi tanlaydi. Faol o'quvchilar mustaqil ravishda boshqa masalalarni ham yechishlari tavsiya etiladi.
1.Joul-Lens formulasi qanday ifodalanadi?
2.Cho'g'lanma elektr lampochka nimaning hisobiga yoritadi?
3.Elektr iste'molchilarning foydali ish koeffitsienti qanday aniqlanadi?
4. Qarshiligi 50 Ωbo'lgan sim spiraldan 4 A tok o'tmoqda. Shu spiraldan 1 minut davomida qancha issiqlik miqdori ajralib chiqadi?
5.220 V kuchlanishli tarmoqqa ulangan 60 Ω qarshilikli elektr isitgichdan 1 soatda qancha issiqlik miqdori ajralib chiqadi?
4.Mustaqil ish
6.Tok manbayi zanjiriga ko'ndalang kesimi va uzunligi bir xil bo'lgan mis va nikelin sim ketma-ket ulangan. Ulardan qaysi biri ko'proq qiziydi?
7.220 V kuchlanishli tarmoqqa ulangan lampochkadan 0,9 A tok o'tmoqda. Lampochkada tok bajargan ishning 4% yorug'lik energiyasiga aylanadi. Lampochkada 1 soat davomida qancha yorug'lik energiyasi tarqaladi?
|
| |