• 2. Uy vazifalarini tekshirish .
  • 3. Yangi mavzuning bayoni.
  • 1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi




    Download 3,84 Mb.
    bet76/136
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,84 Mb.
    #230443
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   136
    Bog'liq
    fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz

    1. Tashkiliy qism. O'qituvchi dars jihozlarini darsga hozirlaydi, uy vazifalarini so'rash maqsadida foydalanadigan «Klaster» interfaol metodlari uchun topshiriqlarni tayyorlab qo'yadi.

  • 2. Uy vazifalarini tekshirish. «Klaster» interfaol metodlari asosida o'quvchilarning bilimini tekshirish uchun quyidagi shartlar beriladi:

  • 1- shart: Elektr bo'Iimiga tegishli bo'lgan barcha formulalarning daraxtini yarating, doirachalar ichiga formulalarni yozing, ya'ni formula daraxtini yarating

    2- shart: Parallel va ketma-ket ulash qoidalarining sxemasini chizing, asoslab bering.
    Uy vazifalarini so'rab, xulosa yasaladi.
    3. Yangi mavzuning bayoni. Mavzu «Modifikatsiyalangan ma'ruza» asosida o'tiladi. O'qituvchi mavzuni yoritishda quyidagilaiga e'tibor berishi lozim:

    • elektr isitgichlar haqida ma'lumotlar berish, ularning tuzilishi va ishlash prinsipini tushuntirish;

    • dazmol haqida ma'lumotlar berish, tuzilishi va ishlash prinsipini tushuntirish;

    • elektr choynak, kavshrlagich, payvand haqida ma'lumotlar berish, ularning ishlash prinsipi va tuzilishini tushuntirish;

    • elektr isitish asboblaridan qanday maqsadlarda foydalanish;

    • xavfsizlik qoidalariga rioya qilish haqida tushuncha berish.

    Mavzuni tushuntirish jarayonida plakatlar, jihozlardan foydalaniladi.
    Elektr yoyi haqida tushuncha berishda quyidagi ma'lumotlarni bayon
    etish tavsiya etiladi.
    Elektr yoyi yoki Volta yoyi — elektrodlar orasida havo (gaz) da hosil bo'ladigan elektr razryadi. Bunda ravshan yorug'lanish yuz beradi va yuqori temperatura paydo bo'ladi. Ток kuchi katta va gaz oqimi kuchli bo'lsa, temperatura 5000 К gacha yetishi mumkin. Elektrodlar gorizontal joylashtirilganda elektr razryadi qizdirgan gaz oqimlari ta'sirida yorug'lik yoy shaklini oladi. Ikkita ko'mir elektrod orasida havoda hosil bo'lgan elektr yoyini birinchi marta rus olimi V.Petrov va ingliz olimi G.Devi kuzatishgan (1802) va ta'riflashgan (1803). G.Devi elektr yoyini volta yoyi deb atagan.
    Atmosfera bosimiga yaqin va undan yuqori bosimlarda har qanday gazda elektr yoyi paydo bo'lishi mumkin. Elektr yoyi elektrometallurgiyada, yorug'lik texnikasida va ayniqsa, elektr payvandlashda qo'llanadi. Texnikaning ba'zi sohalarida (masalan, yuqori kuclilanislilar texnikasida) elektr yoyi hodisasi zararli hisoblanadi. Elektr yoyini so'ndirish uchun moyli, havoli, elektr-gazli yoy so'ndirish qurilmalaridan magnit maydon bilan so'ndirish usuli va boshqa usullardan foydalaniladi.


    1. Download 3,84 Mb.
  • 1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   136




    Download 3,84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi

    Download 3,84 Mb.