|
1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi
|
bet | 67/136 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,84 Mb. | | #230443 |
Bog'liq fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz Tashkiliy qism. O'qituvchi dars jihozlarini darsga hozirlaydi, uy vazifalarini tekshirish maqsadida foydalanadigan «Bingo» interfaol metodi uchun tarqatma materiallar tayyorlab qo'yadi.
Uy vazifalarini tekshirish. «Bingo» interfaol metodi uchun o'quvchilaiga quyidagi savollar yozilgan tarqatma materiallar beriladi:
Iste'molchilarni ketma-ket ulashda tok kuchi, kuchlanish va qarshilik qanday bo'ladi?
Iste'molchilarni parallel ulashda tok kuchi, kuchlanish va qarshilik qanday bo'ladi?
Om qonunining formulasi qanday ifodalanadi?
O'tkazgichning qarshiligi nimalarga bog'liq?
Reostatning vazifasi nimadan iborat?
Ampermetr va voltmetrning vazifasi nimadan iborat?
Ampermetr va voltmetr elektr sxemada qanday belgilanadi?
8) Ketma-ket va parallel ulashdan qayerda foydalaniladi va hokazo.
Savollarga o'quvchilar tez va aniq javob berishi lozim. O'qituvchi o'quvchilarning javoblari asosida xulosa qiladi.
Yangi mavzuning bayoni. Mavzu «Modifikatsiyalangan ma'ruza» asosida bayon etiladi. Bunda quyidagilarga e'tibor berish lozim:
Mavzuni tushuntirib berish jarayonida elektr hisoblagichning tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishtirish lozim.
Mavzuni bayon qilishda elektr tokining ishi haqida quyidagi ma'lumotlarni ham berish tavsiya etiladi.
Har qanday berk elektr zanjirda energiyalarning ikki yoqlama o'zgarishi yuz beradi.
Тоk manbayida energiyaning biror turi elektr energiyasiga aylanadi. Masalan, galvanik elementda kimyoviy energiya elektr energiyaga aylanadi. Elektr zanjirda esa tok manbayining elektr energiyasi hisobiga biror ish bajariladi. Masalan, elektr dvigatellarda mexanik ish bajariladi. Isitish asboblarida elektr tokining ishi ichki energiyani oshirish uchun sarf bo'ladi.
Energiyaning biror turi boshqa turga aylanganda, hamma vaqt qandaydir ish bajariladi. Biz bilamizki, ish biror turdagi energiyaning boshqa turdagi energiyaga aylanishi o'lchovidir.
Elektr zanjirda elektr energiyaning boshqa biror turdagi energiyaga aylanishi o'lchovi elektr tokining ishidir.
|
| |