|
1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi
|
bet | 63/136 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,84 Mb. | | #230443 |
Bog'liq fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz 3. Masalalar yechish. Bob oxirida keltirilgan bobni takrorlash uchun savol va masalalar»dagi savollarga o'quvchilar javob beradilar, javoblar o'qituvchi tomonidan to'ldirib boriladi. Har bir savolga javob berishda tahliliy fikr-mulohazalar yuritilishiga e'tibor beriladi. Keltirilgan masalalardan birinchi navbatda yechiladiganlarini o'qituvchi tanlaydi. Faol o'quvchilar mustaqil ravishda boshqa masalalarni ham yechishlari tavsiya etiladi.
1.Tok manbayi, kalit hamda parallel ulangan 2 ta spiral shaklidagi nikelin simdan iborat zanjirni yig'ing va elektr zanjir sxemasini chizing (78- rasm).
2.Voltmetr yordamida nikelin simlar uchlaridagi U kuchlanishni o'lchang.
3.Ampermetr yordamida ayrim tarmoqlardan o'tayotgan I\ va I2 tok kuchlarini o'lchang. /= I\+I2 formuladan to'liq tok kucliini toping.
4.R = U/I formuladan foydalanib, to'liq qarshilikni hisoblang.
5.R\ = U/Ii va R2 = U/I2 formulalardan foydalanib, har bir nikelin simning qarshiliklarini liisoblang. R = R\R2 /(R\ + R2) formuladan foydalanib, to'liq qarsliilikni liisoblang. Natijalarni jadvalga yozing.
6.To'liq qarshilikning 4- va 5- bandlardagi olingan natijalarini taqqoslang.
7.Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni formulasi qanday ifodalanadi?
8.Iste'molchilar ketma-ket ulanganda, zanjir qismidagi to'liq kuchlanish va to'liq qarshilik qanday hisoblanadi?
4. Mustaqil ish:
9. Iste'molchilar parallel ulanganda, zanjir qismida to'liq tok kuchi va to'liq qarshilik qanday aniqlanadi?
5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar dars davomidagi savollarga bergan javoblariga qarab baholanadi.
6.Uyga vazifalar. Savollarga javob yozing.
1. Iste'molchilar parallel ulanganda, zanjirdagi kuchlanish va har bir iste'molchi uchlaridagi kuchlanish orasida qanday munosabat bo'ladi?
2. Parallel ulangan iste'molchidagi tok kuchi va zanjirdagi to'liq kuchlanish orasidagi munosabat qanday bo'lishini aytib bering.
3.Parallel ulangan iste'molchilarning to'liq qarshiligi har bir iste'molchi qarshiligi orqali qanday ifodalanadi?
|
| |