|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
bet | 60/136 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,84 Mb. | | #230443 |
Bog'liq fizika 8 sinf konspekt www.sadikov.uz 4. Yangi mavzuni mustahkamlash. Dars jarayonida o'quvchilarning olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun avvaliga mavzu yakunida keltirilgan masala yechish namunasi tahlil qilinadi, so'ngra quyidagi 2 ta masala o'quvchilar bilan birgalikda yechiladi:
10- mashq
1) Berilgan: I = 0,2 A;R1= 5ῼ;R2 = 10 ῼ
Topish kerak: R - ? Ux - ? U2 - ? U- ?
Formulasi: R = R1 + R2 Ui = IR1,; U2 = IR2; U= Ui + U2.
Hisoblash: R = (5 + 10)ῼ = 15 ῼ; U1= 0,2-5 V = 1 V;
U U2= 0,2-10 V = 2 V; U= U=(1 + 2) V = 3 V.
Javob: R = 15 ῼ; U1, = 1 V; U2 U2= 2 V; U= 3 V.
|
Berilgan U = 220 V; Rl = 5 ῼ; R2 = 10 ῼ.
Topish kerak: U1 - ? U2 - ?
Formulasi: R=U/I; R=R1+R2;R2=R/4;U1=IR1;U2=IR2
Hisoblash: R=(220/0,5) ῼ=440 ῼ; R2=(440/4) ῼ = 110 ῼ;
R1= 3-110 = 330ῼ; U1 = 0,5-110 V = 55 V; U2 U2= 0,5-330 V =165 V. Javob: Ut = Javob: U1=55 V; U2 = U2=165 V.
5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar darsdagi faol ishtirokiga ko’ra baholanadi.
6. Uy vazifalari.
Darslikdan 20- § ni o'qish.
Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish.
Darslikdagi 10- mashqdan 2-, 3- va 4- masalalarni yechish.
Qiziquvchi o'quvchilar uchun «Fizikadan savol va masalalar to'plami»dan 972-, 981-, 982- va 985- masalalarni yechish tavsiya etiladi.
Mavzu oxirida keltirilgan amaliy topshiriqni bajarish.
30-dars Sana: 8-sinf
Mavzu: Iste'molchilarni parallel ulash
Darsning maqsadi.
a) O'quvchilarda o'tkazgichlar parallel ulanganda ularda tok kuchi haqida nazariy bilimlar berish
b) O’quvchilarga mehnat tarbiyasini berish, ehtiyotkorlikka o’rgatish
d) kuchlanish va qarshilik qanday o'zgarishi haqida bilim va ko'nikmalarni shakllantirish.
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik rejalarini tuza olish, formulalardan foydalanib, masalalar yecha olish; inson mehnatini yengillashtiradigan asboblardan foydalanish.
Dars turi: Yangi bilim berish
Dars jihozlari: 76- rasmdagi tajriba uchun kerakli jihozlar, slaydlar, kodoskop, plakatlar, masalalar to'plami.
Darsda foydalaniladigan metodlar: «Blits savollar», «Modifikatsiyalangan ma'ruza» interfaol metodlari.
Dars rejasi.
1.Tashkiliy qism - 2 minut.
Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.
Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.
Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut.
O’quvchilarni baholash- 2 minut
Uyga vazifa berish - 1 minut.
Darsning borishi
|
| |