1-dars Sana: Mavzu: Men va atrofimizdagi olam Darsning maqsadi




Download 81,42 Kb.
bet2/5
Sana31.12.2019
Hajmi81,42 Kb.
#6698
1   2   3   4   5

IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi. Darslikda berilgan rasmlar asosida suhbatlar uyushtiriladi. Har bir rasmning tarbiyaviy tomoni yoritib boriladi.



Test o`tkaziladi.

  1. Nima isitadi va yoritadi? a) lampochka b) quyosh c) oy d) daraxt

  2. Quyosh nima? a) yulduz b) non c) likopcha d) olma


V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa darslikning 14- sahidfasida berilgan rasmlarni kuzatib, oz fikrlarini izohlab berishga, o`quvchilar o`zlarining shaxsiy gigiyenasiga qanday rioya qilayotganliklarini so`zlab kelish topshiriladi.. Dars yakunlandi.


7-dars

Fan: Atrofimizdagi olam.

Sana:

Mavzu: Yil fasllari

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarga yil fasllari haqida tushuncha berish, yil fasllarining nima uchun o`zgarishi, ularning tabiatga ta`siri haqida tushuncha berish.

2)O`quvchilarni tabiatni sevishga o`rgatish , ekologik tarbiya berishga harakat qilish.

3) O‘quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini rivojlantirish.



Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, «Aqliy hujium» interfaol metodi,tarmoqlash.

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.elektron darslik

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Navbatchi axborotini tinglash

Darsga hozirlik ko`rish.

Fasl haqida suhbat.



II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa “Quyosh” mavzusi yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi.



  1. Quyosh nima?

  2. Quyoshning hususiyatlarini sanab bering.

  3. Nima uchun tabiatga quyosh zarur?

  4. Quyoshga yaqinlashib bo`ladimi?

O`quvchilarning javoblari to`ldirib boriladi. O`z kun tatibini tuzib kelgan o`quvchilarning ishlari o`rganiladi va rag`batlantiriladi..

Dam olish daqiqasida “Har doim bo`lsin quyosh” qo`shig`i tinglanadi.



III.Yangi mavzu bayoni:

O`qituvchi tomonidan yangi mavzu “Yil fasllari” e`lon qilinadi. O`quvchilar bilan kirish suhbati o`tkaziladi.Quyoshdan kelayotgan yorug`lik va issiqlik natijasida yer yuzi to`rt xil ko`rinishda o`zgarib turadi. Bular fasllar deyiladi.



  • Bir yilda nechta fasl bor? Hozir o`lkamizda qaysi fasl?

O`qituvchi to`rt fasl tasvirlangan plakatlar yordamida ma`lumotlar beradi. Har bir guruh sardori Quyosh bobo nurlari orqasiga yashiringan fasl nomalrini navbat bilan oladi va bu guruh shu fasl nomi bilan ataladi.

  1. Qish 2. Bahor. 3.Yoz. 4.Kuz.

So`ng o`quvchilar o`z guruh nomlaridan kelib chiqib shu faslda tabiatda qanday o`zgarishlar bo`lishi haqida aytib o`tadilar.

IV. Mustahkamlash.

O`quvchilarga “Yil fasllari” haqida video lavha namoyish etiladi.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikning 15-sahifasidagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi. Darslikda berilgan rasmlar asosida suhbatlar uyushtiriladi. Har bir rasmning tarbiyaviy tomoni yoritib boriladi.

Dam olish daqiqasida o`quvchilar bilan “Enerjayers” mashqi o`tkaziladi.

Guruhlarga 1-opshiriq. Har bir guruhga yil fasllarining nomi beriladi va ularni to`g`ri ketma-ketlikda joylashtirish aytib o`tiladi.Qaysi guruh to`g`ri va tez bajarsa go`lib sanaladi.

2-topshiriq. O`quvchilarga A4 formatda daraxt tanalari beriladi. Har bir guruh o`z fasliga qarab daraxtlarning o`zgarishini yasashlari zarur.

3-topshiriq. “Ortiqchasini top?” o`yini.

O`quvchilarga fasllariga oid rasmlar slaydlar orqali namoyish etiladi. O`quvchilar faslga mos bo`lmagan rasmni topadilar. O`quvchilarning ballari sanaladi va g`olib guruh aniqlanadi.



V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.



VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa darslikning 15- sahidfasida berilgan rasmlarni kuzatib, oz fikrlarini izohlab berishga, o`quvchilar ning o`rganilgan mavzu yuzasidan fikrlarini bayon qilishgatayyorlanib kelish topshiriladi.. Dars yakunlandi.


8-dars

Fan: Atrofimizdagi olam.

Sana:

MavzuO`simliklarning kuzgi hayoti.

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarga yil fasllari haqida tushuncha berish, yil fasllarining nima uchun o`zgarishi, ularning tabiatga ta`siri , o`simliklarning kuzgi hayoti haqida tushuncha berish.

2)O`quvchilarni tabiatni sevishga o`rgatish , ekologik tarbiya berishga harakat qilish.

3) O‘quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini rivojlantirish.



Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, «Aqliy hujium» interfaol metodi,tarmoqlash.

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.elektron darslik

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Navbatchi axborotini tinglash

Darsga hozirlik ko`rish.

Fasl haqida suhbat.



II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa “Yil fasllari ” mavzusi yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi.



  1. Nima uchun yil fasllari almashinib turadi?

  2. Yil fasllari nechta?

  3. Har bir faslning hususiyatini ta`riflang.

  4. Hozir qaysi fasl?

  5. Bu fasdagi o`zgarishlar haqida so`zlab bering.

O`quvchilarning javoblari to`ldirib boriladi. O`z kun tatibini tuzib kelgan o`quvchilarning ishlari o`rganiladi va rag`batlantiriladi..

Dam olish daqiqasida “Har doim bo`lsin quyosh” qo`shig`i tinglanadi.



III.Yangi mavzu bayoni:

O`qituvchi tomonidan yangi mavzu “O`simliklarning kuzdagi hayoti” mavzusi e`lon qilinadi. O`quvchilar bilan kirish suhbati o`tkaziladi.O`simliklar bahor faslida yerdan unib chiqadi, rivojlanadi,hosil beradi. Hosili yig`ib olingach esa o`simlik o`sishdan to`xtab qoladi. O`simliklarning bu holati asosan kuz faslida kuzatiladi. Bilasiz, kuz xazonrezgilik davri. Kuzdan so`ng qish o`z hukmini suradi. Bu vaqtda o`simliklar o`z o`zlarini asrash uchun qishki uyquga ketadi. Ular kuz faslida nobud bo`lmasligi uchun o`z barglarini to`kadi va qishga tayyordarlik ko`radi. Agar qish faslifda ham daraxtlar yam yashil bo`lib turganida uni qishning sovuqlari nobud qiladi.

Kuzda o`simliklarni qishga tayyrlash bu bizning ham vazifamizdir. Biz dala va bo`glardagi meva va sabzavotlarni o`z vaqtida yig`ib-terib olishimiz zarurdir.Insonlar qo`l mehnati orqali daraxtdagi mevalarni sekin-asta yig`ib olishadi va qishga saqlab qo`yishadi. Hosili yig`ilgan daraxtlar o`z barglarini to`ka bo`shlaydi va qishki uyquga ketadi. Erta bahordan yana o`simliklarga hayot bag`ishlanadi. Ular oz tanalarida kurtaklar ochib barg yiozadi, gullaydi. Shu tariqa daraxtlar o`sib boraveradi.

IV. Mustahkamlash.

O`quvchilarga “Bog`” haqida video lavha namoyish etiladi.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikning 16-sahifasidagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi. Darslikda berilgan rasmlar asosida suhbatlar uyushtiriladi. Har bir rasmning tarbiyaviy tomoni yoritib boriladi.

Dam olish daqiqasida o`quvchilar bilan “Enerjayers” mashqi o`tkaziladi.



V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.



VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa darslikning 16- sahidfasida berilgan rasmlarni kuzatib, oz fikrlarini izohlab berishga, o`quvchilar ning o`rganilgan mavzu yuzasidan fikrlarini bayon qilishga tayyorlanib kelish topshiriladi.. Dars yakunlandi.



9-dars

Fan: Atrofimizdagi olam.

Sana:

Mavzu:Kishilarning kuzdagi mehnati.

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarga yil fasllari haqida tushuncha berish, yil fasllarining nima uchun o`zgarishi, ularning tabiatga ta`siri , o`simliklarning kuzgi hayoti va kishilarning kuzdagi mehnati haqida tushuncha berish.

2)O`quvchilarni tabiatni sevishga o`rgatish , ekologik tarbiya berishga harakat qilish, o`quvchilarni mehnatsevarlikka o`rgatish..

3) O‘quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini rivojlantirish.



Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, «Aqliy hujium» interfaol metodi,tarmoqlash.

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.elektron darslik

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Navbatchi axborotini tinglash

Darsga hozirlik ko`rish.

Fasl haqida suhbat.



II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa “O`simliklarning kuzdagi mehnati ” mavzusi yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi.



  1. Kuzda qanday o`zgarishlar bo`ladi?

  2. Kuzda o`simliklar hayotida qanday o`zgarishlar bo`ladi?

  3. Nima uchun daraxtlar barglarini to`kadi?

  4. Nima uchun o`simliklar sariq rangga kiradi?.

O`quvchilarning javoblari to`ldirib boriladi. Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

III.Yangi mavzu bayoni:

O`qituvchi tomonidan yangi mavzu “Kishilarning kuzdagi mehnati” mavzusi e`lon qilinadi. O`quvchilar bilan kirish suhbati o`tkaziladi.Kuz fasli haqida suhbat uyushtiriladi. Daladagi mehnat haqida tushuncha beriladi. Dehqonlar yil davomida yerga urug` qadaydi, shu urug`dan o`sagan hosilni parvarishlaydi va kuzda undan mo`l- hosil olishga kirishadi.Kuzda o`simliklarni qishga tayyrlash bu bizning ham vazifamizdir. Biz dala va bo`glardagi meva va sabzavotlarni o`z vaqtida yig`ib-terib olishimiz zarurdir.Insonlar qo`l mehnati orqali daraxtdagi mevalarni sekin-asta yig`ib olishadi va qishga saqlab qo`yishadi. Hosili yig`ilgan daraxtlar o`z barglarini to`ka bo`shlaydi va qishki uyquga ketadi. Erta bahordan yana o`simliklarga hayot bag`ishlanadi. Ular oz tanalarida kurtaklar ochib barg yiozadi, gullaydi. Shu tariqa daraxtlar o`sib boraveradi.Bir yillik hosillar esa har yili erta bahordan boshlab ekilib boraveradi.

Paxta bu bizning milliy boyligimizdir. Agar paxtakorlar o`z vaqtida paxtalarni yig`ib-0terib olmasalar, ularning tolasining sifati buziladi va undan sifatsiz ip to`qiladi. Bu esa sifatsiz mato ishlab chiqilishiga olib keladi. Dunyo iqtisodiyotida O`zbekiston ham bir nechta davlatlarda paxtani sotadi. Bu esa o`z-o`zidan bizning paxtamizga bo`lgan ehtiyojni kamaytiradi.Dllardagi sabzavotlar esa o`z vaqtida yig`ib olinmasa, sovuq havo va yomg`irning natijasida chiriy boishaydi va yil davomida qilingan mehnat samarasiz bo`ladi. Aladagi mahsulotlar esa uvol bo`ladi. Shning uchun biz ham, dalalardagi hosilni yigi`ib olishga qol`dan kelguncha yordam berib borishimiz zarur.

IV. Mustahkamlash.

O`quvchilarga “Bog`” haqida video lavha namoyish etiladi.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikning 17-sahifasidagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi. Darslikda berilgan rasmlar asosida suhbatlar uyushtiriladi. Har bir rasmning tarbiyaviy tomoni yoritib boriladi.

Dam olish daqiqasida o`quvchilar bilan “Enerjayers” mashqi o`tkaziladi.



V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.



VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa darslikning 17- sahidfasida berilgan rasmlarni kuzatib, oz fikrlarini izohlab berishga, o`quvchilar ning o`rganilgan mavzu yuzasidan fikrlarini bayon qilishga tayyorlanib kelish topshiriladi.. Dars yakunlandi.


10-dars

Fan: Atrofimizdagi olam.

Sana:

Mavzu:O`simliklar olami. O`simlik qismlari.

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilargao`simliklar va ularning qismlari haqida tushuncha berish, o`simliklarni ekish va ularni parvarish qilish haqida tushuncha berish.

2)O`quvchilarni tabiatni sevishga o`rgatish , ekologik tarbiya berishga harakat qilish, o`quvchilarni mehnatsevarlikka o`rgatish..

3) O‘quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini rivojlantirish.



Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, «Aqliy hujium» interfaol metodi,tarmoqlash.

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.elektron darslik

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Navbatchi axborotini tinglash

Darsga hozirlik ko`rish.

Fasl haqida suhbat.



II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa “Kishilarning kuzdagi mehnati ” mavzusi yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi.



  1. Kuzda qanday o`zgarishlar bo`ladi?

  2. Kuzda dala va bog`larda nimalar yetiladi?

  3. Nima uchun kuzda ishlar ko`payib ketadi?

  4. Siz ham hosil yig`ishda ota-onangizga, yaqinlaringizga qarashganmisiz?

O`quvchilarning javoblari to`ldirib boriladi. Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

O`quvchilarga turli xil rasmli topishmoqlar beriladi.



  1. Yer tagida oltin qoziq, u hammaga bo`lar oziq. ( bodring, sabzi, sholg`om)

  2. Qordek oppoq, yungdek yumshioq. ( muzqaymoq, sut, paxta)

  3. Kuzda pishadigan meva qaysi javobda berilgan?

a) gilos B) olma C) behi D) qulupnay

4. Poliz ekini ko`rsatilgan javobni toping.

a) tarvuz B0 sabzi C) olma D) piyoz

III.Yangi mavzu bayoni:

O`qituvchi tomonidan yangi mavzu “O`simliklar olami. Osimlikqismlari” mavzusi e`lon qilinadi. O`quvchilar bilan kirish suhbati o`tkaziladi.O`simliklar deganda nimani tushunasiz? Ularning qanday turlarini bilamiz? O`quvchilarning javoblari eshitiladi, yangi mavzuga kirish suhbati tashkil etiladi. O`simliklar olami xilma-xildir. Gullar, o`tlar, butalar, daraxtlar, mevali va manzarali o`simliklar.

O`simliklar 3 turga bo`linadi. Tarmoqlash orqali tushuntiriladi.

Daraxtlar: (mevali, manzarali). O`tlar ( maysalar, beda, yantoq, o`t-o`lan), Butalar ( na`matak, anoq, anjir, nastarin)

Mevali daraxtlarga- anoq, olma, nok, uzum, behi, hurmo, yong`oq, jiyda.

Manzarali daraxtlarga – archa, tol, terak, chinor, qayin, eman.

So`ng o`simlik qismlari haqida videolavha ko`rsatiladi. ( O`simlik, ildizi, bargi, guli, mevasi)

IV. Mustahkamlash.

O`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida suhbat o`tkaziladi.



  1. O`tlar nomini ayting.

  2. Gullar nomini ayting.

  3. Erta ociladigan gullarni ko`rsating.

  4. Daraxtlar nomini ayting.

  5. “Sinchkov o`quvchi’ o`yini o`tkaziladi. Qaysi daraxtning bargi ekanligini toping. Chinor, archa, terak bargi qo`yiladi. O`quvchilar rasmga qarab daraxlarni to`g`ri topishlari lozim.

Dam olish daqiqasida o`quvchilar bilan daraxt haqida multfilm tomosha qilinadi..

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.



VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa darslikning 18-19- sahidfasida berilgan rasmlarni kuzatib, oz fikrlarini izohlab berishga, o`quvchilar ning o`rganilgan mavzu yuzasidan fikrlarini bayon qilishga tayyorlanib kelish topshiriladi.. Dars yakunlandi.


11-dars

Fan: Atrofimizdagi olam.

Sana:

Mavzu:Gulzor. Xona o`simliklari.

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarga o`simliklar va ularning qismlari haqida tushuncha berish, xona o`simliklarni ekish va ularni parvarish qilish haqida tushuncha berish.

2)O`quvchilarni tabiatni sevishga o`rgatish , ekologik tarbiya berishga harakat qilish, o`quvchilarni mehnatsevarlikka o`rgatish..

3) O‘quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini rivojlantirish.



Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, «Aqliy hujium» interfaol metodi,tarmoqlash.

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.elektron darslik

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Navbatchi axborotini tinglash

Darsga hozirlik ko`rish.

Fasl haqida suhbat.



II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa “O`simliklar olami. Osimlikqismlari” mavzusi yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi.



  1. O`tlar nomini ayting.

  2. Gullar nomini ayting.

  3. Erta ociladigan gullarni ko`rsating.

  4. Daraxtlar nomini ayting.

  5. O`simlik qismlarini sanab bering.

O`quvchilarning javoblari tinglanadi va to`ldiriladi.

III.Yangi mavzu bayoni:

O`qituvchi tomonidan yangi mavzu “Gulzor. Xona o`simliklari” mavzusi e`lon qilinadi. O`quvchilar bilan kirish suhbati o`tkaziladi.O`simliklar deganda nimani tushunasiz? Ularning qanday turlarini bilamiz? O`quvchilarning javoblari eshitiladi, yangi mavzuga kirish suhbati tashkil etiladi. O`simliklar olami xilma-xildir. Gullar, o`tlar, butalar, daraxtlar, mevali va manzarali o`simliklar.

O`simliklar 3 turga bo`linadi. Tarmoqlash orqali tushuntiriladi.

Daraxtlar: (mevali, manzarali). O`tlar ( maysalar, beda, yantoq, o`t-o`lan), Butalar ( na`matak, anoq, anjir, nastarin)

So`ng o`simliklarning o`tlar turiga mansubi gullar ham borligi, gullar hayotimizni bezab turishi, turli xil tadbirlarda gullarning o`rni alohida ekanligi o`quvchilarga tushuntiriladi. Gullar manzarali o`simliklarga misol bo`la oladi. Biz gullarni ko`rishimiz bilan kayfiyatimiz ko`tarilib ketadi. Demak guzllar inson umrini uzaytiruvchi o`simlik ham sanalar ekan. Biz gullarni gulzorlarda ekib parvarishlaymiz. Hovlimizning bir burchagini har doim gullar uchun ajratamiz va erta bahordan u yerga turli xil gullarni: rayxon, gulxayri, gultojixo`rioz, gulbeor. Qo`qongul, astra, romashka, atirgullarni ekamiz. Ularga vaqti-vaqti bilan suv quyamiz, tagini yumshatamiz. Turli xil tadbirlarda esa ulardan gildasta yasab uylarimizni bazatamiz.

Ko`p qavatli uylarda bunday gullarni yetishtirish biroz mushkul, shuning uchun ko`p qavatli uylarda xona o`simliklarini ekishimiz mumkin. Xona o`simliklari turli usullar bilan ko`paytiriladi. Ularning shoxidan ildiz ottirib, bargidan, piyozidan ko`paytirishimiz mumkin. Uarni maxsus gul tuvaklariga ekamiz va har doim parvarishlab turamiz. Yaproqlarining changini artamiz, tagini yumshatamiz, suz quyib turamiz.



IV. Mustahkamlash.

O`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida suhbat o`tkaziladi.

Dam olish daqiqasida o`quvchilar bilan daraxt haqida multfilm tomosha qilinadi..

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.



VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa darslikning 20-21- sahidfasida berilgan rasmlarni kuzatib, oz fikrlarini izohlab berishga, o`quvchilar ning o`rganilgan mavzu yuzasidan fikrlarini bayon qilishga tayyorlanib kelish topshiriladi.. Dars yakunlandi.



12-dars

Fan: Atrofimizdagi olam.

Sana:

Mavzu:Uy hayvonlari va parrandalari..

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarga uy hayvonlari va parrandalar haqida tushuncha berish, ularni parvarish qilish haqida tushuncha berish.

2)O`quvchilarni tabiatni sevishga o`rgatish , uy hayvonlari va parrandalarga g`amhorlik qilishga, ularni parvarishlashga o`rgatish.

3) O‘quvchilarning uy hayvonlari , parrandalar haqidagi malakalarini rivojlantirish, hayvonlar haqidagi bilimlarini boyitish..



Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, «Aqliy hujium» interfaol metodi,tarmoqlash.

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.elektron darslik

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Navbatchi axborotini tinglash

Darsga hozirlik ko`rish.

Fasl haqida suhbat.



II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa “Gulzor. Xona o`simliklari” mavzusi yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi.



  1. Gulzor nima?

  2. Qanday gullarni parvarish qilgansiz?

  3. Xona o`simliklari nima uchun ekiladi?

  4. Ularning ko`paytirish usullarini ayting.

  5. Qanday xona gullarini bilasiz?

O`quvchilarning javoblari tinglanadi va to`ldiriladi.

“Meni tushun’ o`yini o`ynatiladi. O`uvchining qo`lidagi qog`ozda gul, meva rasmlari chiziladi. Bu o`quvchi o`quvchilarga shu gul va mevaning hususiyatklarini ta`riflaydi. Qatiorlardagi o`quvchilar javobini aytish zarur.



III.Yangi mavzu bayoni:

O`qituvchi topishmoq orqali yangi mavzuni boshlashga zamin yaratadi.

Oppoq soqolli- chol emas,

Ko`zi sariq – mushukmas,

Sigir emas- sut berar. (echki)

O`qituvchi o`quvchilardan echki qanday hayvon ekanligi, uy hayvonlaridan yana kimlarni bilishlari, parrandalar qanday ekanligi haqida so`raydi.

O`qituvchi tomonidan yangi mavzu “Uy hayvonlari va parrandalar.” mavzusi e`lon qilinadi.

Qadimda hayvonlarning faqat yovvoyi holda hayt kechrganliklari. Insonlar tomonidan ayrim hayvonlar qo`lga orgatib borilganligi va xonakiliashtirilganligi aytib o`tiladi.Birinchi bo`lib it qolga orgatilgan, ular odamlarni dushmandan himoyalashda va ozuqa topishda yordam berganligi haqida ma`lumot beriladi.

Multimediya yordamida o`quvshiularga uy va yovvioyi hayvonlar, parrandalar haqida tushuncha beriladi..

IV. Mustahkamlash.

O`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida suhbat o`tkaziladi.

Dam olish daqiqasida o`quvchilar ”Jo`jalarim’ qo`shig`ini harakatlar bilan bajaradilar.

Uy hayvonlari va parrandalar haqida videolavha ko`rsatiladi.

“Noto`g`ri jumla” didaktik o`yini o`ynatiladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.



VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa darslikning 22-23- sahidfasida berilgan rasmlarni kuzatib, oz fikrlarini izohlab berishga, o`quvchilar ning o`rganilgan mavzu yuzasidan fikrlarini bayon qilishga tayyorlanib kelish topshiriladi.. Dars yakunlandi.



13-dars

Fan: Atrofimizdagi olam.

Sana:

Mavzu:Yovvoyi hayvonlar

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarga yovvoyi hayvonlar haqida tushuncha berish, ularni parvarish qilish haqida tushuncha berish.

2)O`quvchilarni tabiatni sevishga o`rgatish , tabiat in`omlariga g`amhorlik qilishga, ularni parvarishlashga o`rgatish.

3) O‘quvchilarning yovvoyi hayvonlar haqidagi malakalarini rivojlantirish, hayvonlar haqidagi bilimlarini boyitish..



Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, «Aqliy hujium» interfaol metodi,tarmoqlash.

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.elektron darslik

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Navbatchi axborotini tinglash

Darsga hozirlik ko`rish.

Fasl haqida suhbat.



II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa “Uy hayvonlari va parrandalar ” mavzusi yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi.



  1. Uy hayvonlarining boshqa hayvonlardan farqi?

  2. Parrandalarning turlari?

  3. Uy hayvonlarining , parrandalarning inson uchun ahamiyati.

  4. Ularni qanday parvarish qilish mumkin?

O`quvchilarning javoblari tinglanadi va to`ldiriladi.

Multimedia orqali o`tho`r va go`shtho`r hayvonlar ko`rsatiladi. o`quvchilarga ertak namoyish etiladi.Dam olish daqiqasida “Ayiqpolvon” qo`shig`i eshittiriladi.



Download 81,42 Kb.
1   2   3   4   5




Download 81,42 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-dars Sana: Mavzu: Men va atrofimizdagi olam Darsning maqsadi

Download 81,42 Kb.