III.Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi tomonidan yangi avzu e`lon qilinadi. O`quvchilarga o`yin orqali ma`lumotlar beriladi. O`quvchilar “Pantomimo” o`yini orqali turli yovvoyi hayvonlarning harakatlarini namoyish etishadi. Hayvonning nomini aniqlashgandan so`ng o`uvchilar va o`qituvchi hamkorligida shu hayvon haqidagi ma`lumotlar beriladi. Ularning oziqlanishi, hayot tarzi bayon etiladi va ekran orqali namoyish etiladi.
Yovvoyi hayvonlar ham tabitning bizga bergan in`omi ekanligi, ularga g`amho`rlik qilishimiz va parvarishlashimiz zarurligi ta`kidlanadi. Tabiatda barcha narsa bir-biriga bog`liqligi, agar hayvonlarning biror bir turi yo`qolib ketsa, ozuqa zanjiri uzilishi bu esa tabiatni fojega olib kelishi tushuntiriladi. Bundan insonlar ham jabr ko`rishi haqida aytib o`tiladi.
Multimediya yordamida o`quvshiularga yovvoyi hayvonlar haqida tushuncha beriladi..
IV. Mustahkamlash.
O`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida suhbat o`tkaziladi.
O`quvchilarning bilimlari savol-javoblar orqali mustahkamlanadi. “Ko`z boylagich” mashqi o`tkaziladi.Bu o`yinda turli xil yovvoyi hayvonlarning haykalchalari kerak bo`ladi. O`quvchilar ko`zlari bog`klangan holda qo`l bilan ushlagan hayvonining nomini, oziqlanishini, yashahs tarzini qisqa aytib berishi kerak.
Test topshiriqlari o`tkaziladi.
Uy hayvonlarini toping.
Ot, qo`y b) sigir, fil C) ayiq , bo`ri d) sher, mushuk
Yovvoyi hayvonlarni toping.
Echki, ot b) yo`lbars, ayiq c) tovuq, it d) tuya, qo`y
Yovvoyi hayvonlar qayerda yashaydi?
O`rmonda b) tovuqxonada c) otxonada d) molxonada
Uy parrandalarini toping.
Burgut b) kabutar c) tovuq d) laylak.
V. O`quvchilarni baholash.
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:
Uyga vazifa darslikning 24-25- sahidfasida berilgan rasmlarni kuzatib, oz fikrlarini izohlab berishga, o`quvchilarning o`rganilgan mavzu yuzasidan fikrlarini bayon qilishga tayyorlanib kelish topshiriladi.. Dars yakunlandi.
14-dars
Fan: Atrofimizdagi olam.
Sana:
Mavzu:Qushlar
Darsning maqsadi.:
1)O`quvchilarga qushlar haqida tushuncha berish, ularni parvarish qilish haqida tushuncha berish.
2)O`quvchilarni tabiatni sevishga o`rgatish , tabiat in`omlariga g`amhorlik qilishga, ularni parvarishlashga o`rgatish.
3) O‘quvchilarning qushlar haqidagi malakalarini rivojlantirish, hayvonlar haqidagi bilimlarini boyitish..
Dars turi: Aralash
Dars metodlar: Suhbat, «Aqliy hujium» interfaol metodi,tarmoqlash.
Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.elektron darslik
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Navbatchi axborotini tinglash
Darsga hozirlik ko`rish.
Fasl haqida suhbat.
II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa “Yovvoyi hayvonlar” mavzusi yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi.
Qanday hayvonlarni yovvoyi hayvonlar deymiz?
Yovvoyi hayvonlarga nimalar kiradi?
Yovvoyi hayvonlar oziqlanishiga ko`ra necha turli bo`ladi?
O`quvchilarga turli qil hayvonlarning nomlari yozilgan kartochkalar beriladi. Ular bu hayvonlarni qaysi guruhga kirishini aniqlab, doskaga yopishtiriladi.Hr bir qatorga teng qilib bir nechta hayvon nomlari beriladi. Qaysi guruh o`z vazifasini birinchi bo`lib yakunlasa, shu guruh g`olib sanaladi.
Multimedia orqali o`tho`r va go`shtho`r hayvonlar ko`rsatiladi. o`quvchilarga ertak namoyish etiladi.Dam olish daqiqasida “Ayiqpolvon” qo`shig`i eshittiriladi.
III.Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi tomonidan yangi avzu e`lon qilinadi. Qushlarning hayvonlardan farqi aniqlanadi va o`quvchilarga tushuntiriladi. Qushlarning terisi yung bilan emas patlar bilan qoplanganligi, ularning qanotlari bo`lishi, osmonlarga qanotlari yordamida parvoz qila olishlari, oziqlanishida esa unga tumshuqlari yordam berishi, o`ljalarini ham shu tumshuqlari yordamida ovlashi haqida ma`lumotlar beriladi. Qushlarning turlarini aytib o`tishda slaydlardan foydalaniladi.
Shuiuningdek hozirda o`lkamizda qishlayotgan qushlar va qishlash uchun kelgan qushlar haqida ma`lumotlar so`raladi va to`ldiriladi.
Qushlarning parrandalardan farqi tushuntiriladi.Ularning oziqlanishi, hayot tarzi bayon etiladi va ekran orqali namoyish etiladi.Qushlar ham ikki xil bo`lishi aytiladi. Burgut, qirg`iy, kalxat, boyo`glilar go`sht bilan oziqlanishi va ular yirtqish qush sanalishi tushuntiriladi.
Boshqa qushlar esa hasharotlar, don-dular bilan oziqlanishi aytib o`tiladi. Qish faslida ozuqa kamayishi sababli qushlarga g`amho`rlik qilish zarurligi aytib o`tiladi. Chunki qushlar tabiat sanitarlari ekanligi ta`kidlanadi. Tabiatda biz hayvonlarni hech qachon kuzata olmaymiz. Ular ichida ham kasal hayvonlar uchrab turadi. Mana shu hayvonlar o`lgandan keyin qushlar shu hayvonlarning qoldiqlari bilan oziqlanadi va tabiatga kasallikning yoyilib ketishini oldini oladi.
Multimediya yordamida o`quvshiularga qushlar haqida tushuncha beriladi..
IV. Mustahkamlash.
O`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida suhbat o`tkaziladi.
O`quvchilarning bilimlari savol-javoblar orqali mustahkamlanadi.
V. O`quvchilarni baholash.
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:
Uyga vazifa darslikning 26- sahidfasida berilgan rasmlarni kuzatib, oz fikrlarini izohlab berishga, o`quvchilarning o`rganilgan mavzu yuzasidan fikrlarini bayon qilishga tayyorlanib kelish topshiriladi.. Dars yakunlandi.
15-dars
Fan: Atrofimizdagi olam.
Sana:
Mavzu:Hasharotlar
Darsning maqsadi.:
1)O`quvchilarga Hasharotlar haqida tushuncha berish, ularni parvarish qilish haqida tushuncha berish.
2)O`quvchilarni tabiatni sevishga o`rgatish , tabiat in`omlariga g`amhorlik qilishga, ularni parvarishlashga o`rgatish.
3) O‘quvchilarning qushlar haqidagi malakalarini rivojlantirish, hayvonlar haqidagi bilimlarini boyitish..
Dars turi: Aralash
Dars metodlar: Suhbat, «Aqliy hujium» interfaol metodi,tarmoqlash.
Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.elektron darslik
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Navbatchi axborotini tinglash
Darsga hozirlik ko`rish.
Fasl haqida suhbat.
II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa “Qushlar ” mavzusi yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi.
Qanday qushlarni bilasiz?
Qushlar hayvonlardan qanday farq qiladi?
Qushlarning inson hayotida qanday ahamiyati bor?
Qushlar nimalar bilan oziqlanadi?
Dam olish daqiqasida “Ayiqpolvon” qo`shig`i eshittiriladi.
III.Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi tomonidan yangi avzu e`lon qilinadi. O`quvchilarga topishmoq orqali murojaat qilinadi.
Ikki yaproq bir tanda,
Kezar gulzor- chamanda. (kapalak)
Juda to`g`ri. Bugun biz sizlar bilan hasharotlar mavzusini o`rganar ekanmiz. Qani kim aytadi sizlar qanday hasharotlarning nomini bialsiz?
O`quvchilar hasharotlarni sanay boshlaydi.
Multimediya orqali foydali va zararli hasharotlar haqida ma`lumot beriladi. Kapalak tasviridagi ko`rgazma orqali hahsrotlarning foydali , zararli va umumiy tomonlar tanishtiriladi. Bu metod xuddi Ven diagrammaga o`xshaydi, faqat kapalak qanoti va tanasida ko`rsatiladi.
Hasharotlar dallarda, bog`larda uchraydi.
Asalari, chumoli, ipak qurti, xonqizi foydali hasharotlardir.Ularga ziyon yetkazmaslik kerak.
Mart qo`ng`izi, pashsha, chivin, chigirtka- zararli hasharotlardir.
Dam olish daqiqasida “Kapalak’ qo`shig`i kuylanadi va harakatli mashqlar bajariladi.
Hoy gul emgan kapalak, Uchrataman har kuni,
Qanotlaring ipakday. Seni go`zal bog`chamda.
Seni ko`rdim bog`chamda, So`rib gullar bargini,
Meni qilding jonsarak. O`tirasan olchamda.
IV. Mustahkamlash.
O`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida suhbat o`tkaziladi.So`ng o`quvchilarga hasharotlar matni bir necha o`quvchiga o`qitiladi.
Mustahkamlovchi savol-javoblar o`tkaziladi.
Video lavha: hasharotlarning foydali va zararli tomonlarini tushuntirish maqsadida “Asalari Maya”, “Irkitvoy va Kirkitjon” multfilmlaridan asalari va pashshaning foydali hamda zararli tomonlari ko`rsatiladi va xulosalanadi.”Zararli hasharotlarni top” o`yini o`ynatiladi.
V. O`quvchilarni baholash.
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:
Uyga vazifa darslikning 27- sahidfasida berilgan rasmlarni kuzatib, oz fikrlarini izohlab berishga, o`quvchilarning o`rganilgan mavzu yuzasidan fikrlarini bayon qilishga tayyorlanib kelish topshiriladi.. Dars yakunlandi.
16-dars
Fan: Atrofimizdagi olam.
Sana:
Mavzu:Qish. Yangi yil
Darsning maqsadi.:
1)O`quvchilarga qish haqida tushuncha berish, qish faslida nishonlanadigan bayramlar, qish ob-havosi haqida tushuncha berish..
2)O`quvchilarni tabiatni sevishga o`rgatish , tabiat in`omlariga g`amhorlik qilishga, ularni parvarishlashga o`rgatish.
3) O‘quvchilarning qish haqidagi malakalarini rivojlantirish, yil fasllari haqidagi bilimlarini boyitish..
Dars turi: Aralash
Dars metodlar: Suhbat, «Aqliy hujium» interfaol metodi,tarmoqlash.
Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.elektron darslik
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Navbatchi axborotini tinglash
Darsga hozirlik ko`rish.
Fasl haqida suhbat.
II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa “Hasharotlar ” mavzusi yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi.
Qanday hasharotlarni bilasiz?
Hasahrotlarning qasilari foydali va qaysilari zarali?
Foydali hasharotlar insonlarga qanday foyda keltiradi?
Dam olish daqiqasida “Kapalak’ qo`shig`i kuylanadi va harakatli mashqlar bajariladi.
Hoy gul emgan kapalak, Uchrataman har kuni,
Qanotlaring ipakday. Seni go`zal bog`chamda.
Seni ko`rdim bog`chamda, So`rib gullar bargini,
Meni qilding jonsarak. O`tirasan olchamda
III.Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi tomonidan yangi avzu e`lon qilinadi. O`quvchilarga topishmoq orqali murojaat qilinadi.
Ayoz bobo novvot sotdi,
Olgan edim , qo`lim qotdi. (muz)
Bolalar qachon suvlar muzga aylanadi? Barakalla, albatta qish faslida.
Hozir qaysi fasl? Qishning qaysi oyi?
O`quvchilarning javoblari tinglanadi va o`qituvchi tomonidan yangi mavzu e`lon qilinadi va o`quvchilarga tushuncha beruiladi.
Bir yilda 4 fasl bor. Bahor, yoz, kuz, qish. Har bir faslning o`ziga xos hususiyatlari mavjud. Har bir faslda tabiat o`zgacha jiloladi. Bahor kelishi bilan borliq yashnab, yosharib ketadi, atrof guzl va maysalarda t`lib ketadi.
Yoz esa o`zining tabiat in`omlari bilan, turli xil ko`ngilochar manzaralari bilan dillarni xushnud etadi.
Kuz esa o`zining sahovati bilan borliqni, insonlarni hatto jonzotlarni mehmon qiladi.
Qish esa o`zining kumush ziynatlari bilan , turli xil o`yinlari bilan olamni quvontiradi.
Hozir qish fasli, dekabr oyi. Mana qish kelishi bilan havo harorati tezda pasaydi, kunlar sovib, qorlar yog`a boshladi. Ariqlardagi suvlarning yuzi muzladi.Daraxtlar , ayrim hayvonlar qish uyqusiga ketgan.Qishda kunlar qisqa bo`ladi, hamma issiq kiyimlar kiyishadi.
31-dekabr kuni esa yangi yil kirib keladiu. Biz yangi yilni o`zgacha shukuh bilan qarshi olamiz. Yangi yilda ko`plar yaxshi niyatlar qilamiz.
IV. Mustahkamlash.
O`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida suhbat o`tkaziladi.So`ng o`quvchilarga qish fasli haqida Mustahkamlovchi savol-javoblar o`tkaziladi.
Qish manzarasi akas etgan videolavhalar, rasmlar namoyish etiladi..
V. O`quvchilarni baholash.
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa darslikning 28-29- sahidfasida berilgan rasmlarni kuzatib, oz fikrlarini izohlab berishga, o`quvchilarning o`rganilgan mavzu yuzasidan fikrlarini bayon qilishga tayyorlanib kelish topshiriladi.. Dars yakunlandi.
17-dars
Fan: Atrofimizdagi olam.
Sana:
Mavzu: Biz foydalanadigan jihozlar
Darsning maqsadi.:
1)O`quvchilarga uyda foydalanadigan jihozlar haqida tushuncha berish, uy jihozlaridan foydalanish, ularni asrab-avaylash haqida tushuncha bersih.
2)O`quvchilarni tabiatni sevishga o`rgatish , tabiat in`omlariga g`amhorlik qilishga, ularni parvarishlashga o`rgatish.
3) O‘quvchilarning jihozlar haqidagi tushunchalarini kengaytirish.
Dars turi: Aralash
Dars metodlar: Suhbat, «Aqliy hujium» interfaol metodi,tarmoqlash.
Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.elektron darslik
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Navbatchi axborotini tinglash
Darsga hozirlik ko`rish.
Fasl haqida suhbat.
II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa “Qish. Yangi yil ” mavzusi yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi.
Qish fasli qaysi oydan boshlanadi?
Qishda qanday o`zgarishlar yuz beradi?
Qishda eng qisqa kun qachon bo`ladi?
Nima uchun yangi yil bayrami qishda nishonlanadi?
Dam olish daqiqasida “Kapalak’ qo`shig`i kuylanadi va harakatli mashqlar bajariladi.
Hoy gul emgan kapalak, Uchrataman har kuni,
Qanotlaring ipakday. Seni go`zal bog`chamda.
Seni ko`rdim bog`chamda, So`rib gullar bargini,
Meni qilding jonsarak. O`tirasan olchamda
III.Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi tomonidan yangi avzu e`lon qilinadi. Har bir o`quvchidan uylarini ta`riflab berish so`raladi. Barcha xohlovchi o`quvchilar uylarida nimalar borligini aytishadi. O`qituvchi bu javoblarning barchasini umumlashtiradi va mana shu uyda foydalanadigan jihozlar – uy jihozlari deyilishi aytib o`tiladi.
Ammo, biz bu jihozlarni o`rnida foydalanishimiz zarur. Har biz ihozning o`z vazifasi bor. Masalan:
Yotoqxona uchun alohida jihozlar mavzud: karavat, divan, yistiq, ko`rpa, gilam, pardalar.
Mehmonxona uchun alohida jihozlar: stol, stullar, kreslolar, televizor, gilam va chiroyli pardalar.
Dars tayyorlaydigan xona jihozlari: stol, stul, lampa, kompyuter, kitob javoni.
Oshxona uchun jihozlar: bufet, shkaf, rakovina, gaz plita va turli xil oshxonada ishlatiladigan idishlar.
Biz hech qachon bu jihozlarni almashtirishimiz mumkin emas. Masalan, mehmonxonaga yotoqni olib kirmaymiz, oshxonada dars tayyotlaydigan stolni qo`ymauymiz, yoki gaz plitasini yotoqxonaga olib kirmaymiz.
Har biz hihozning o`z vazifasi bor. Biz bu jihozlardan to`gri foydalanishimiz va bu jihozlarni asrab-avaylashimiz lozim. Uy jihozlarini har doim ehtiyot qilishimiz lozim.
IV. Mustahkamlash.
O`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida suhbat o`tkaziladi.So`ng o`quvchilarga mavzu yuzasidan mustahkamlovchi savol-javoblar o`tkaziladi.
V. O`quvchilarni baholash.
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa darslikning 30- sahidfasida berilgan rasmlarni kuzatib, oz fikrlarini izohlab berishga, o`quvchilarning o`rganilgan mavzu yuzasidan fikrlarini bayon qilishga tayyorlanib kelish topshiriladi.. Dars yakunlandi.
18-dars
Fan: Atrofimizdagi olam.
Sana:
Mavzu: Oshxona jihozlari
Darsning maqsadi.:
1)O`quvchilarga uyda, oshxonada foydalanadigan jihozlar haqida tushuncha berish, uy jihozlaridan foydalanish, ularni asrab-avaylash haqida tushuncha bersih.
2)O`quvchilarni uy yumushlarida ota-onalariga ko`maklashishga o`rgatish, oshxonani toza saqlashga odatlantirish, o`quvchilarni oshpazlik kasbiga yo`naltirish.
3) O‘quvchilarning jihozlar haqidagi tushunchalarini kengaytirish.
Dars turi: Aralash
Dars metodlar: Suhbat, «Aqliy hujium» interfaol metodi,tarmoqlash.
Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.elektron darslik
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Navbatchi axborotini tinglash
Darsga hozirlik ko`rish.
Fasl haqida suhbat.
II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa “Uy jihozlari” mavzusi yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi.
Uy johozlariga nimalar kiradi?
Uy jihozlaridan qanday foydalaniladi?
Sizning uyda qanday jihozlar bor?
O`quvchilarning javoblari umumlashtiriladi va klasster yordamida doskada uy jihozlari yoziladi.
III.Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi tomonidan yangi mavzu e`lon qilinadi. Har bir o`quvchidan uylarini ta`riflab berish so`raladi. Barcha xohlovchi o`quvchilar uylarida nimalar borligini aytishadi. O`qituvchi bu javoblarning barchasini umumlashtiradi va mana shu uyda foydalanadigan jihozlar – uy jihozlari deyilishi aytib o`tiladi.
Kirish qismi savol-javoblar orqali amalga oshiriladi.
Sizning oshxonangizda nimalar bor?
Oshxonada foydalaniladigan jihozlar va idish –tovoqlar haqida ma`lumot bering.
O`quvchilarning javoblari tinglanadi va o`qituvchi tomonidan to`ldiriladi. Oshxonada qanday xavfsizlik qoidalariga amal qilinishi aytib o`tiladi.
Pichoq, sanchqi ishlatish usullari ko`rsatiladi. Gazdan to`g`ri foydalanish, gugurtni ishlatish qoidalari aytib o`tiladi.
So`ng oshxona jihozlarihaqida videolavha ko`rsatiladi.
Har biz hihozning o`z vazifasi bor. Biz bu jihozlardan to`gri foydalanishimiz va bu jihozlarni asrab-avaylashimiz lozim. Uy jihozlarini har doim ehtiyot qilishimiz lozim.
O`quvchilar bilan jismoniy daqiqa o`tkaziladi.
IV. Mustahkamlash.
O`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida suhbat o`tkaziladi.So`ng o`quvchilarga mavzu yuzasidan mustahkamlovchi savol-javoblar o`tkaziladi.
Ta`limiy o`yin o`ynatiladi.
Berilgan turli narsalar orasidan oshxonada foydalaniladigan jihozlarni ajratib oling.
O`quvchilar bilan test bajariladi.
V. O`quvchilarni baholash.
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa darslikning 31- sahidfasida berilgan rasmlarni kuzatib, oz fikrlarini izohlab berishga, o`quvchilarning o`rganilgan mavzu yuzasidan fikrlarini bayon qilishga tayyorlanib kelish topshiriladi.. Dars yakunlandi.
19-dars
Fan: Atrofimizdagi olam.
Sana:
Mavzu: Elektr jihozlar
Darsning maqsadi.:
1)O`quvchilarga uyda foydalanadigan elektr jihozlar haqida tushuncha berish, elktr jihozlaridan foydalanish, ularni asrab-avaylash haqida tushuncha bersih.
2)O`quvchilarni tabiatni sevishga o`rgatish , tabiat in`omlariga g`amhorlik qilishga, ularni parvarishlashga o`rgatish.
3) O‘quvchilarning jihozlar haqidagi tushunchalarini kengaytirish.
Dars turi: Aralash
Dars metodlar: Suhbat, «Aqliy hujium» interfaol metodi,tarmoqlash.
Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.elektron darslik
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Navbatchi axborotini tinglash
Darsga hozirlik ko`rish.
Fasl haqida suhbat.
II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa “Oshxonada ” mavzusi yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi.
Sizning oshxonangizda nimalar bor?
Oshxonada foydalaniladigan jihozlar va idish –tovoqlar haqida ma`lumot bering.
Dam olish daqiqasida “Kapalak’ qo`shig`i kuylanadi va harakatli mashqlar bajariladi.
Hoy gul emgan kapalak, Uchrataman har kuni,
Qanotlaring ipakday. Seni go`zal bog`chamda.
Seni ko`rdim bog`chamda, So`rib gullar bargini,
Meni qilding jonsarak. O`tirasan olchamda
“O`rnini top”O`yini o`ynatiladi. Bu o`yina oshxona jihozlarini ichiga turli xil jihozlar aralashtirib beriladi. O`quvchi ularni sichqonchani bosish orqali o`z o`rniga qoyishi kerak bo`ladi.
III.Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi tomonidan yangi avzu e`lon qilinadi. Har bir o`quvchidan uylarini ta`riflab berish so`raladi. Barcha xohlovchi o`quvchilar uylarida nimalar borligini aytishadi. O`qituvchi bu javoblarning barchasini umumlashtiradi va mana shu uyda foydalanadigan jihozlar – uy jihozlari deyilishi aytib o`tiladi.
Ammo, biz bu jihozlarni o`rnida foydalanishimiz zarur. Har biz ihozning o`z vazifasi bor.
Elektr jihozlari slaydlar orqali tushuntiriladi. Turli elektr jihozlari ko`rsatiladi. ( televizor, muzlatgich, chngyutkich, kir yuvish mashinasi, elektr choyvgum, dazmol, mikroto`lqinli pech va boshqalar)
Elektr jihozlaridan foydalanyotganda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni tushuntiriladi, televizorni ko`rib bo`lib o`chirish, dazmoldan foydalanib bo`lgach, tokdan olish, sovutgizch eshigini yaxshi yopish kerakligi, mikroto`lqinli pechlarga maxsus mo`ljallangan idishlarni solish kerakligi tushuntirladi. Qilish mumkin bo`lmagan vositalar ustiga krest chiziladi.
“Eletr jihozlari” haqida videolavha ko`rsatiladi.
Har biz hihozning o`z vazifasi bor. Biz bu jihozlardan to`gri foydalanishimiz va bu jihozlarni asrab-avaylashimiz lozim. Uy jihozlarini har doim ehtiyot qilishimiz lozim.
IV. Mustahkamlash.
O`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida suhbat o`tkaziladi.So`ng o`quvchilarga mavzu yuzasidan mustahkamlovchi savol-javoblar o`tkaziladi.”o`rnini top ’ o`yini o`ynatiladi. Turli xil elktr jihozlarini maxsus xonalarga o`z o`rniga qo`yishlari tushuntirildai.
V. O`quvchilarni baholash.
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa darslikning 32- sahidfasida berilgan rasmlarni kuzatib, oz fikrlarini izohlab berishga, o`quvchilarning o`rganilgan mavzu yuzasidan fikrlarini bayon qilishga tayyorlanib kelish topshiriladi.. Dars yakunlandi.
20-dars
Fan: Atrofimizdagi olam.
Sana:
Mavzu: Kompyuter
Darsning maqsadi.:
1)O`quvchilarga uyda foydalanadigan elektr jihozlar haqida , aqlli mashina kompyuter tushuncha berish, elktr jihozlaridan foydalanish, ularni asrab-avaylash haqida tushuncha bersih.
2)O`quvchilarni ish unumdorligini oshirish, texnikaga bo`lgan qiziqishlarini oshirishga harakat qilish.
3) O‘quvchilarning jihozlar haqidagi tushunchalarini kengaytirish.
|