O‘zbekiston mahallalari uyushmasi




Download 235,35 Kb.
bet2/8
Sana17.05.2024
Hajmi235,35 Kb.
#239266
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
PQ-402 21.12.2023 (2)

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi

O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari

“Mahalla” teleradiokanali” mas’uliyati cheklangan jamiyati

O‘zbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) bo‘limlari

“Mahalla” gazetasi, “Mahall� ko‘zgusi” jurnali

Mahallalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-son qaroriga
2-ILOVA
Respublika mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashi
TARKIBI

1.

A.N. Aripov



O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika kengashi raisi

2.

G‘.G‘. Mirzayev



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari

3.

Lavozimi bo‘yicha



O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi, Respublika kengashi raisi o‘rinbosari

4.

M.P. Olloyorov



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori

5.

Lavozimi bo‘yicha



Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi

6.

P.R. Bobojonov



ichki ishlar vaziri

7.

A.Z. Sa’dullayev



Yoshlar ishlari agentligi direktori

8.

Sh.D. Kudbiyev



Soliq qo‘mitasi raisi

9.

M.M. Ubaydullayev



Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori

10.

Lavozimi bo‘yicha



O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi o‘rinbosari, Respublika kengashi mas’ul kotibi

Izoh: Respublika kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashlarining
NAMUNAVIY TARKIBI

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Kengash raisi

2.

O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari, Kengash raisining o‘rinbosari

3.

Ichki ishlar vazirligining hududiy bo‘linmalari boshliqlari

4.

Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining boshliqlari

5.

Yoshlar ishlari agentligining hududiy bo‘linmalari boshliqlari

6.

Soliq qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari boshliqlari

7.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari boshliqlari

8.

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining hududiy bo‘linmalari boshliqlari

9.

Fuqarolar yig‘inlari raislari (3 nafargacha).

Tuman (shahar) mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashlarining
NAMUNAVIY TARKIBI

1.

Tuman (shahar) hokimi, Kengash raisi

2.

O‘zbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari, Kengash raisi o‘rinbosari

3.

Tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari

4.

Tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari direktorlari

5.

Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari

6.

Soliq qo‘mitasining tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari

7.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari

8.

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari

9.

Fuqarolar yig‘inlari raislari (3 nafargacha)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-son qaroriga
3-ILOVA
Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur nizom Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘larini shakllantirish, ulardan foydalanish, hisob va hisobotini yuritish tartibini belgilaydi.
2. Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi va har bir fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (keyingi o‘rinlarda — MFY) huzurida tashkil etiladi.
3. Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) bo‘limida (keyingi o‘rinlarda — mahalla uyushmasi) budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari shaklida ochilgan g‘azna hisobvaraqlarida yig‘iladi hamda MFYlar uchun ochilgan tegishli g‘azna hisobvaraqlariga belgilangan tartibda taqsimlanadi.
4. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari budjetga olib qo‘yilmaydi va ulardan keyingi yilda foydalaniladi.
2-bob. Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish
5. Xarajatlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari mahalla uyushmasi tomonidan har bir MFY bo‘yicha alohida ochiladi.
6. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xarajatlar xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
7. Mahallalar birlashganda, bo‘linganda yoki qayta tashkil etilganda g‘azna hisobvaraqlari belgilangan tartibda ochiladi yoki yopiladi.
MFY faoliyatining to‘xtatilganligi, qayta tashkil etilganligi haqidagi hujjatlar mahalla uyushmasi tomonidan moliya organiga taqdim etiladi.
3-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish
8. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha undirilgan mablag‘larning (noturar joylar bo‘yicha undiriladigan mol-mulk va yer solig‘i bundan mustasno) 10 foizi;
mahalla idoralari orqali ko‘rsatilgan davlat xizmatlari uchun undirilgan yig‘imning 10 foizi;
Bunda, ushbu mablag‘lar avtomatik tarzda mahalliy budjet va tegishli tuman (shahar) Jamg‘armasiga taqsimlanadi.
mahalladagi hududi 2 000 kvadrat metrgacha bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini hokimi yordamchisining onlayn-buyurtmanomasiga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotishdan tushadigan mablag‘lar, baholash va sotish xarajatlari chegirilgan holda;
mahallaning mol-mulkini belgilangan tartibda ijaraga berishdan olinadigan mablag‘lar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tumanlar (shaharlar) mahalliy budjeti prognozining ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan;
xorijiy va xalqaro moliya institutlari hamda boshqa xorijiy donorlarning texnik ko‘mak mablag‘lari va grantlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish
9. Har oy yakunlari bo‘yicha tuman (shahar) soliq inspeksiyasi tomonidan mahallalar kesimida undirilgan to‘lovlar to‘g‘risida G‘aznachilikka ro‘yxat taqdim etiladi.
Ushbu ro‘yxat asosida G‘aznachilik bo‘linmasi har bir mahalla uchun ochilgan hisobraqamlarga mablag‘larning tegishli qismini o‘tkazadi.
10. Jamg‘arma mablag‘laridan mahalla fuqarolar yig‘ini kengashi qarori asosida va ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq foydalaniladi.
11. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi yo‘nalishlarga sarflanadi:
mahalla hududidagi ichki yo‘llar, piyodalar yo‘lakchalari, yoritish tizimi, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz tarmoqlari, ichimlik va oqava suv tizimini ta’mirlash va tiklash;
mahalla fuqarolar yig‘ini binosi, mahalla hududida joylashgan sport maydoni, nuroniylar choyxonasi, yoshlar markazi, bolalar maydonchasi, kutubxona, madaniyat markazini qurish, mukammal va joriy ta’mirlash hamda ularni inventar, mebel, kompyuter texnikasi va boshqa uskunalar bilan jihozlash;
ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga moddiy ko‘maklashish hamda ularning turar joylarini ta’mirlash va jihozlash;
mahalla hududida infratuzilmani rivojlantirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish va boshqa tadbirlar.
12. Mahalla uyushmasi tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya bo‘limi hamda Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) bo‘limi bilan birgalikda har yili dekabr oyida kelgusi yil uchun Jamg‘arma daromadlari prognozini hisoblaydi. Daromadlar prognozidan kelib chiqqan holda xarajatlar smetasi tuziladi.
13. Mahalla uyushmasi tomonidan Jamg‘armaning yil yakunidagi qoldiq mablag‘lari va kelgusi yil daromadlari prognozidan kelib chiqqan holda har bir MFY uchun xarajatlar smeta tuziladi va MFY raisi bilan birgalikda tasdiqlangan holda moliya organiga taqdim etiladi.
Jamg‘armaning haqiqatda daromadlari tushumidan kelib chiqqan holda mahalla uyushmasi tegishli MFYlar bilan kelishgan holda xarajatlar smetasiga o‘zgartirish kiritishi mumkin.
14. MFYlar tasdiqlangan smetaga asosan mahalla uyushmasiga mahalla fuqarolar yig‘ini kengashi qarori asosida talabnoma taqdim etadi.
Mahalla uyushmasi talabnomaning xarajatlar smetasiga mosligini tekshiradi va mavjud mablag‘lar doirasidagi talabnomani qabul qilib oladi.
Mahalla uyushmasi belgilangan tartibga muvofiq mablag‘larni moliyalashtiradi.
15. MFYlar har oyda kamida bir marotaba smeta xarajatlarining bajarilishi holati bo‘yicha (qoldiq mablag‘lar, moliyalashtirilgan va to‘langan mablag‘lar bo‘yicha) ma’lumot olish huquqiga ega bo‘ladilar.
5-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha hisob va hisobot
16. Jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha hisob va hisobotlar mahalla uyushmasi tomonidan yuritiladi.
17. Jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 163-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
18. Tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya bo‘limlari tomonidan budjet ijrosi hisobotini shakllantirish davrida Jamg‘arma hisoboti ham qabul qilinadi.
19. Mahalla uyushmasi har chorakda Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari ijrosi to‘g‘risida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga hisobot beradi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
20. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining hududiy bo‘linmalari mazkur Nizom doirasida MFYlarda amalga oshiriladigan ishlar uchun ajratilgan mablag‘lar samarali va maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat o‘rnatadi.
21. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va xarajatlarini amalga oshirish
SXEMASI


Download 235,35 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 235,35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston mahallalari uyushmasi

Download 235,35 Kb.