1. Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari]




Download 235,35 Kb.
bet1/8
Sana17.05.2024
Hajmi235,35 Kb.
#239266
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
PQ-402 21.12.2023 (2)




[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (yig‘in)]

[TSZ:

1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209-son Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida:
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]

1. Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining:
O‘zbekiston mahallalari uyushmasining (keyingi o‘rinlarda — Uyushma) tashkiliy tuzilmasini 1-ilovaga muvofiq;
Respublika mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashi tarkibi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashlarining namunaviy tarkibini 2-ilovaga muvofiq tasdiqlash haqidagi takliflari ma’qullansin.
2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
Respublika mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashi (keyingi o‘rinlarda — Respublika kengashi) mahallalarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilovchi, daromad va xarajatlar hamda dasturlarni tasdiqlovchi oliy organ hisoblanadi;
Respublika kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashlari jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi;
Respublika kengashi har olti oyda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashlari har uch oyda, tuman (shahar) mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashlari har oyda kamida bir marotaba Uyushma va boshqa davlat tashkilotlari, ularning tegishli hududiy bo‘linmalari faoliyatini baholash va muammolarni kompleks hal qilish yuzasidan yig‘iladi;
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Konferensiyasi Uyushmaning yuqori organi bo‘lib, kamida uch yilda bir marta chaqiriladi;
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (yig‘in)]

Uyushmaning raisi Respublika kengashining taqdimnomasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kamida o‘n nafardan shakllanadigan delegatlardan (fuqarolar yig‘inlari raislari) iborat Konferensiya orqali lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Uyushma raisining o‘rinbosarlari Respublika kengashining taqdimnomasiga asosan Uyushma raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va Respublika kengashi bilan kelishilgan holda lavozimidan ozod etiladi;
Uyushmaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari Uyushma raisi tomonidan, tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Uyushma hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlari yuridik shaxs hisoblanadi.
3. Belgilansinki:
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 667 ta shtat birliklari qisqartirilib, Uyushma, uning hududiy bo‘linmalari va Vazirlar Mahkamasining “Mahalla yettiligi” faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tashkil etiladi;
Uyushmaning markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining hamda tuman (shahar) bo‘limlarining tuzilmalari 982 shtat birliklari doirasida Uyushma raisi tomonidan mustaqil tasdiqlanadi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) bo‘linmalarining 320 ta shtat birliklari qisqartirilib, Uyushma va uning hududiy bo‘linmalariga o‘tkazilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4. Uyushma va mahallalar faoliyatini moliyalashtirishning quyidagi tartibi o‘rnatilsin:
mahallalar faoliyatini joriy ta’minlash (mahalla raisining ish haqi, kommunal to‘lovlar, kanselyariya mollari va boshqalar) va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash respublika budjeti hisobidan amalga oshiriladi;
Uyushma har yili 15-iyulga qadar Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga (keyingi o‘rinlarda — Jamoat fondi) o‘zining markaziy apparati va hududiy bo‘linmalarini hamda tizim tashkilotlarini saqlash, mahallalarni qo‘llab-quvvatlash, ular faoliyatini joriy ta’minlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar hajmi bo‘yicha Respublika kengashi tomonidan tasdiqlangan buyurtmani taqdim etadi;
LexUZ sharhi
Qarang O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 13-mayda qabul qilingan 132-III/KQ-15-III-sonli Qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi to‘g‘risidagi nizom.
Jamoat fondi tomonidan buyurtmaga muvofiq subsidiya ajratiladi;
Uyushmaning rahbariyati va xodimlari uchun mehnatga haq to‘lash shartlari Uyushma taklifiga binoan Respublika kengashi tomonidan tasdiqlanadi;
Uyushmaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlariga shaxsiy biriktirilgan xizmat avtotransport vositalarini saqlash uchun limitlar ajratiladi;
Uyushma va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlari uchun g‘aznachilikda boshqa budjetdan tashqari davlat jamg‘armalari sifatida shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i ochiladi.
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Uyushma va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlari hisob va hisobotlari yuritilishiga budjet tashkilotlari uchun belgilangan tartiblar tatbiq etiladi;
Uyushma tomonidan uning markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlarining moliyaviy hisobotlari Jamoat fondiga topshiriladi. Bunda, Jamoat fondi tomonidan moliyaviy hisobotlar belgilangan tartibda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladi.
[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]

6. Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, Uyushmaning tuman (shahar) bo‘limlari:
Jamg‘arma va Jamoat fondi tomonidan ajratiladigan subsidiya mablag‘larining hisobi va hisobotlarini yuritadi;
“Mahalla budjeti” tizimi doirasida amalga oshirilgan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har oy yakuni bilan kelgusi oyning 5-sanasiga qadar “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtirib boradi.
[OKOZ:

1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya to‘lovlari / 06.07.03.00 Kam ta’minlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatish;

2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;

3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari]

7. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini yuritish va o‘zini o‘zi band qilish uchun noturar joy ijara xarajatlari uchun subsidiya ajratish bo‘yicha hujjatlar yoshlar yetakchisi tomonidan shakllantiriladi;
b) “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha quyidagi xarajatlar qoplab beriladi:
chekka qishloq va ovullarda ilm-fan, sport, san’at va madaniyat, kitobxonlik yo‘nalishlaridagi to‘garaklarni tashkil etish uchun zarur jihozlar xarid qilish;
nogironligi bo‘lgan yoki bemor yoshlarga zarur birlamchi tibbiy anjomlar va dori vositalarini ijtimoiy xodim bilan birgalikda xarid qilish.
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.01 Umumiy qoidalar. Mahalliy vakillik organlarini saylash tartibi;

2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]

8. Uyushma manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mahalla tizimida amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqib, 2024-yil 1-martga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi:
a) “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri loyihasini ishlab chiqsin:
hududlarning tarixiy xususiyatlari va aholi punktlarining geografik joylashuvini hisobga olgan holda mahallalarni tashkil qilishning aniq mezonlarini belgilash;
“mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorlikda ishlash mexanizmlari hamda ularning kollegial mas’uliyati va javobgarligi doirasini aniq belgilash, mahalla raisining ularning sa’y-harakatlarini birlashtirish va yo‘naltirish, rag‘batlantirish va intizomiy jazolash bo‘yicha vakolatlarini mustahkamlash;
mahalla tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha oshirilgan koeffitsiyentlar qo‘llash yuzasidan tegishli xalq deputatlari Kengashlariga taklif kiritish;
“mahalla yettiligi” tarkibidagi lavozimlarga tayinlashda ushbu mahallada yashovchi nomzodlarga ustuvorlik berish;
mahalla raisining so‘roviga javob bermaslik yoki taqdimnomasida qo‘yilgan masalani ko‘rib chiqmaslik uchun javobgarlik belgilash;
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga mahalla raislari o‘z faoliyatida jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yganda, ularga nisbatan ishonchsizlik bildirish va ushbu masalani ko‘rib chiqish vakolatlarini berish va boshqalar;
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (yig‘in)]

b) “Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish:
mahalla raisi saylovini aholi tomonidan umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish orqali o‘tkazish;
mahalla raisining ma’lumoti (oliy) va malakasi bo‘yicha qo‘yiladigan talablar;
mahalla raisining vakolat muddatini 3 yildan 5 yil muddatga uzaytirish va boshqalar.
9. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi “Mahalla” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi mas’uliyati cheklangan jamiyat sifatida qayta tashkil etilsin va Uyushma uning yagona ta’sischisi etib belgilansin.
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Uyushmaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlarini zarur bino va inshootlar hamda zarur texnikalar, shuningdek, avtotransport vositalari bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Bunda, ajratilgan bino va inshootlarni kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha loyihalar 2024 — 2026-yillar O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritiladi.
11. Uyushma:
uch oy muddatda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim, soliq inspektori uchun qulay va ixcham binolarni o‘zida mujassam qiluvchi mahalla idoralarining namunaviy binosi loyihasini ishlab chiqsin;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shaharlar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari, davlat-xususiy sheriklik hamda boshqa manbalar hisobidan o‘z binosiga ega bo‘lmagan mahallalarda uch yil muddatda namunaviy mahalla binolarini bosqichma-bosqich moliyalashtirish orqali, qurib topshirilishini ta’minlasin;
Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2024-2025-yillarda mahallalarda 4-ilovada ko‘rsatilgan davlat xizmatlarining agentlar tomonidan ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘ysin;
mahalliy hokimliklar bilan birgalikda 2024-yil 1-martga qadar mavjud mahallalar faoliyati tashkiliy va moliyaviy jihatdan to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi, boshqaruv jihatidan o‘zini oqlashi yuzasidan o‘rganish olib borsin hamda ushbu talablarga javob bermaydigan mahallalarni birlashtirish va ixchamlashtirish choralarini ko‘rsin.
12. O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
13. Uyushma Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Istiqlol ko‘chasi, 51-uy manzili bo‘yicha operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi mazkur binoning 2 632 kvadrat metr qismida (kadastr raqami 10:04:03:01:01:0072) bepul foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-fevraldagi PF-41-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.02.2024-y., 06/24/41/0166-son)
14. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 21-dekabr,
PQ-402-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston mahallalari uyushmasining
TAShKIlIY TUZILMASI


Download 235,35 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 235,35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari]

Download 235,35 Kb.