• 5. Don aralashmalarini metall zarrachalardan tozalaydigan
  • -rasm. Radial tarar donni ustki qismiga ishlov berish uskunasi




    Download 5,02 Mb.
    bet11/13
    Sana15.12.2023
    Hajmi5,02 Mb.
    #119770
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    DON MUSTAHKAMLIGINI AHAMIYATI

    79-rasm. Radial tarar donni ustki qismiga ishlov berish uskunasi.


    80-rasm. Radial tarar uskunasini texnologik sxemasi.
    Gorizontal qobiq tozalash mashinalarida ajralgan don qobiqlari aspiratsiya kanallari yordamida uskunadan chiqarib tashlanadi. Texnik va yong’in xavfsizligini ta’minlash uchun uskuna oldidan magnit uskunalari o’rnatiladi.
    Gorizontal mashinalarda donni sirtqi qismiga ishlov berishdan asosiy maqsad undagi kul moddasini kamaytirish (0,04–0,0 %) turli xil mog’orlardan tozalanadi, donning 2–3% meva qobig’i shilib olinadi, bunda kletchatka miqdori 0,9–1% kamayib, uning rangi yaxshilanib, unning sifati oshadi. Un mahsulotlarini uzoq muddat saqlash uchun donning murtak va aleyron qatlamidagi lipidlarni tozalash saqlanuvchanlikni oshiradi. Shuning uchun amaliyotda donni gorizontal uskuna yordamida tozalash yaxshi natija bera boshladi. Yuqori navli un ishlab chiqarishda donlarni oqlash bilan birga, ularning maydalanmasligiga ham e’tibor berish kerak (maydalangan donlar 2%dan oshmasligi kerak).
    Donlarning ustki qatlamlariga ishlov berish texnologinasining samaradorligi.
    Donlarni oqlash natijasida ularning tuzilishi, mexanik, fizikkimyoviy va texnologik xususiyatlari keskin o’zgaradi. Donning ustki qatlamlarini tozalash natijasida uning mustahkamligi pasayib, texnologik jarayonlarda elektr quvvati kam sarf bo’lishiga olib keladi.
    Oqlangan don o’ziga namni tez singdirib oladi, endospermasida biokimyoviy jarayonlar tezlashadi. Bu jarayonda donning kul moddasi kamayishi bilan birga, undagi mikrobiologik urug’lanish 4–5 marta kamayadi.

    5. Don aralashmalarini metall zarrachalardan tozalaydigan

    magnit uskuna va apparatlar


    Un ishlab chiqarish korxonalariga keltirilgan donlar ichidagi metallomagnit chiqindilar donlarni o’rayotganda, transportirovka qilish va bir maydondan ikkinchi joyga ko’chirayotgan vaqtda donlarga metall zarrachalari aralashib qoladi. Bundan tashqari, don tozalash sexidagi uskunalarning nosozligi natijasida, tegirmonda esa valetsli stanok riflilarining yeyilishi va sexlarda uskunalarni ta’mirlash vaqtida tushib qolishi mumkin. Metallomagnit chiqindilar, ayniqsa, tozalash mashinalariga tushib qolsa, turli xavfli hodisalarga (yong’inga) sabab bo’ladi, donni magnit chiqindilardan tozalash uchun magnit sepapatoridan foydalaniladi.
    Ular doimiy magnit yoki elektromagnit yordamida ishlaydi. Bloklarga terilgan magnit taqalari boshqa shakldagi magnit uskunalariga nisbatan samaraliroq ishlaydi. Taqa yuzacidagi mahsulotning qalinligi 5-7 mm bo’lishi kerak. 1 kg un yoki yormada magnit zarrachalarining miqdori 0,3 mg dan oshmasligi, alohida bo’lakchalarning o’lchami esa 0,3 mm dan katta bo’lmasligi kerak.



    Download 5,02 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 5,02 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Radial tarar donni ustki qismiga ishlov berish uskunasi

    Download 5,02 Mb.