• GKS 30/100 GKS 30/150
  • Donga suv bilan ishlov berish texnologiyasi
  • Ko’rsatkichlarning nomlanishi Texnik tavsiflari
  • 73-rasm. Don yuvish uskunasi.
  • 74-rasm. Donga sovuq suv bilan konditsion ishlov berishning texnologik chizmasi
  • 75-rasm. GTI berish texnologik sxemasi AJ “Gall-Alteg”
  • -rasm. Don yuzasini tozalash uchun gorizontal ishlov beruvchi mashina




    Download 5,02 Mb.
    bet8/13
    Sana15.12.2023
    Hajmi5,02 Mb.
    #119770
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    DON MUSTAHKAMLIGINI AHAMIYATI

    72-rasm. Don yuzasini tozalash uchun gorizontal ishlov beruvchi mashina.


    Ko’rsatkichlarning nomlanishi

    Texnik tavsiflari

    GKS 30/100

    GKS 30/150

    Ishlab chiqarish quvvati, t/s

    3-5

    7-9

    Kuldorlikni tushirish miqdori, %

    0,003

    0,003

    Aspiratsiya uchun havo sarfi, m3/s

    8,3

    10

    Elektrodvigatel, kw

    4

    11

    Kuzovning o’lchamlari, mm



    Uzunligi

    1650

    2380

    Kengligi

    630

    840

    Balandligi

    1150

    1550

    Massa, kg

    350

    580

    Donga suv bilan ishlov berish texnologiyasi
    Ikkinchi bosqich – donga sovuq suv bilan ishlov berilib, donni namligini sun’iy ko’tarish (GTO) suv bilan ishlov berish deb ataladi.
    Un va yorma zavodlarida donlarning boshlang’ich tarkibi o’zgartirilib, ular texnologik talablarga mos bo’lishi uchun sovuq yoki issiq suv, bilan (GTO) ishlov beriladi. Korxonalarga keltirilgan donning namligi o’rtacha bo’lib, endosperm va qobig’i turli mexanik tuzilishga ega, agar ularga suv bilan ishlov berilmasdan mahsulot ishlab chiqarilsa, uning sifati talabga javob bermaydi. Bu bosqich intensiv namlovchi, yuvuvchi mashinalarda amalga oshiriladi.



    Ko’rsatkichlarning nomlanishi




    Texnik tavsiflari


    GDKY 6

    GDKY 8

    GDKY 12

    Ishlab chiqarish quvvati, t/s

    3-4

    4-6

    8-10

    Kuldorlikni tushirish miqdori, %

    0,003

    0,003

    0,003

    Elektrodvigatel




    Vanna uchun, kw

    0,75

    1,5

    1,5

    Siqish kolonkasi

    7,5

    11

    15

    Kuzovning o’lchamlari, mm




    Uzunligi

    3840

    4280

    4400

    Kengligi

    930

    1100

    1250

    Balandligi

    2220

    2240

    2300

    Massa, kg

    1500

    2200

    3700


    73-rasm. Don yuvish uskunasi.
    Yuvish mashinasi bir necha funksiyani bajaradi: donni yuvish, yengil va mineral arlashmalarni ajratib, GTI jarayoni ta’sirida donning tarkibini tubdan o’zgartirib, uning namligini ko’taradi. Donga sovuq konditsion usulda ishlov berilganda uning hajmi kattalashadi, ayniqsa, uning namligi 14–16% bo’lganda.
    Texnologiyada donni namlash jarayonini tartibga solish bilan birga uning hamma xususiyatlarini o’zgartirib, maksimal miqdorda un va yorma mahsulotlari ishlab chiqarishda texnologik va iqtisodiy samaradorlikka erishadi.

    74-rasm. Donga sovuq suv bilan konditsion ishlov berishning texnologik chizmasi:
    1-donni yuvish uskunasi; 2-namlovchi apparat; 3-donni birinchi dimlovchi bunker; 4-dozator; 5-donni qobig’ini ajratuvchi uskuna; 6-donni ikkinchi dimlovchi bunker; 7–9-aralashtiruvchi shneklar.
    Donning texnologik xususiyatlarini o’zgartirish uchun talab etilgan namlikda, ayniqsa, suv va donning bir-biriga bog’liqligini hamda donning ichida rivojlanayotgan jarayonlar va suvning endospermga yetib borish muddatini bilish kerak. Donlarning navi, shishasimonligi va namliklarini bilgan holda ularga konditsion ishlov berish muddatlarini aniqlash mumkin.
    Donlardan olinadigan mahsulotlarning ozuqaviy qiymatini ta’minlaydigan texnologik jarayonlarni ratsional ravishda olib borish ularning kimyoviy tarkibiga bog’liq. Chunki barcha fizik-kimyoviy jarayonlar bir-biri bilan bog’liq bo’lib, bir vaqtning o’zida ro’y beradi.

    75-rasm. GTI berish texnologik sxemasi AJ “Gall-Alteg”
    1-yuvish uskunasi; 2-taqsimlovchi ; 3-bunker; 4-aralashtiruvchi shnek;
    5-gorizontal oboyka uskunasi;7-havo separatori; 8-namlash uskunasi; 9-tarozi; 10-aralashtiruvchi shnek; 11-bunker; 12-stanok.
    Donlarning sirtqi qismiga intensiv namlash uskunasi yordamida ishlov berish.
    Donlarga suv bilan ishlov berish uchun namlovchi (suvni purkab va changlatib beruvchi) uskunalar ishlatiladi. Mashinalarni ishlatish vaqtida quyidagilarga e’tibor beriladi:

    • don namligini 0,1 dan 3,5 % gacha ko’tarish uchun zarur bo’lgan suv sarfini hisoblash;

    • don ustki qismining bir tekis namlanishi.

    Don yuvish uskunasida quyidagi jarayonlar amalga oshiriladi:

    • donni yuvish, uning sirtqi qismini mog’or, mikroorganizmlardan tozalash;

    • turli hidlarni ketkazish;

    • mineral chiqindilardan tozalash;

    • yengil organik chiqindilardan tozalash;

    • donni popukchalardan tozalash va meva qobig’ini ajratish.



    Download 5,02 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 5,02 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Don yuzasini tozalash uchun gorizontal ishlov beruvchi mashina

    Download 5,02 Mb.