Mаgnit mаydоn induksiyasi 1 T gа tеng bo‘lgаn mаgnit mаydоnning induksiya chiziqlаrigа tik qo‘yilgаn 1 m2 yuzаni kеsib o‘tаyotgаn mаgnit оqimi 1 Wb gа tеng




Download 279.53 Kb.
bet2/3
Sana12.06.2022
Hajmi279.53 Kb.
#23511
1   2   3
Bog'liq
f4
CHEESE COOKING OF THE COUNTRIES OF THE WORLD, SUQROT kim bo\'lgan, Erkin Vohidov. Ruhlar isyoni, ma\'lumotnoma

Mаgnit mаydоn induksiyasi 1 T gа tеng bo‘lgаn mаgnit mаydоnning induksiya chiziqlаrigа tik qo‘yilgаn 1 m2 yuzаni kеsib o‘tаyotgаn mаgnit оqimi 1 Wb gа tеng.


1831-yilda M.faradey tomonidan kashf etilgan elektromagnit induksiya hodisasini chuqur o‘rgangan Maksvell quyidagi xulosaga keladi: magnit maydonining har qanday o‘zgarishi uning atrofidagi fazoda uyurmaviy elektr maydonni hosil qiladi.
Faradey tajribalaridagi berk o‘tkazgichda induksion eYuk hosil bo‘lishining sababchisi shu o‘zgaruvchi elektr maydon hisoblanadi. Bu uyurmaviy elektr maydoni nafaqat o‘tkazgichda, balki ochiq fazoda ham hosil bo‘lishi mumkin. shunday qilib, magnit maydon elektr maydonni hosil qiladi. Tabiatda bunga teskari hodisa bo‘lmasmikan, ya’ni o‘zgaruvchan elektr maydon magnit maydonni hosil qilmasmikan? Bu taxmin simmetriya nuqtayi nazaridan olganda Maksvell gipotezasining asosini tashkil qiladi. Bu gipotezaga ko‘ra elektr maydonning har qanday o‘zgarishi uning atrofidagi fazoda uyurmaviy magnit maydonni hosil qiladi.
Maksvellning bu gipotezasi ancha vaqt o‘z tasdig‘ini topmasdan turdi. elektromagnit to‘lqinlarni faqat Maksvell o‘limidan 10 yil o‘tgach, eksperimental ravishda h.r. hertz tomonidan hosil qilindi. 1886–1889- yillarda h. hertz elektromagnit to‘lqinni hosil qilish uchun yupqa havo qatlami bilan ajratilgan diametri 10–30 sm bo‘lgan ikkita sharcha yoki silindr olib, to‘g‘ri sterjen uchlariga mahkamlagan (4.1-rasm). Boshqa tajribalarida tomoni 40 sm bo‘lgan metall varaqdan
foydalangan. sharchalar oralig‘i bir necha mm atrofida qoldirilgan. Silindr yoki sharlar yuqori kuchlanishli manbaga ulangan bo‘lib, uni musbat va manfiy ishorada zaryadlagan. kuchlanish ma’lum
bir qiymatga yetganda, sharchalar oralig‘ida uchqun vujudga kelgan. Uchqun mavjud bo‘lish davrida vibratorda yuqori chastotali so‘nuvchi tebranishlar hosil bo‘ladi. agar elektromagnit tebranishlar tarqalib, to‘lqin hosil qilsa, ikkinchi vibratorda eYuk hosil bo‘lishi va oqibatda sharchalar orasida uchqun paydo bo‘lishi kerak. hertz shu hodisani kuzatib, elektromagnit to‘lqinlar mavjudligini tasdiqladi.
Oldingi bobda ko‘rilgan tebranish konturi yopiq bo‘lganligi sababli undan tebranishlar kam tarqaladi.
asta-sekin kondensator qoplamalarini bir-biridan uzoqlashtira boraylik (4.2-rasm).
Bu holda maydon kuch chiziqlari qoplamalar orasidan chiqib, fazoga tarqala boshlaydi. agar qoplamalardan birini butunlay tepaga, ikkinchisini pastga qaratib qo‘yil- sa, elektromagnit tebranishlar fazoga to‘la tarqalib ketadi.
Bunday ko‘rinishdagi kontur
Download 279.53 Kb.
1   2   3




Download 279.53 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mаgnit mаydоn induksiyasi 1 T gа tеng bo‘lgаn mаgnit mаydоnning induksiya chiziqlаrigа tik qo‘yilgаn 1 m2 yuzаni kеsib o‘tаyotgаn mаgnit оqimi 1 Wb gа tеng

Download 279.53 Kb.