|
(adsorbsiya) va erituvchida (qo‘zg‘aluvchan faza) turlicha
|
bet | 9/21 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 101,62 Kb. | | #104606 |
Bog'liq ANALITIK KIMYO22(adsorbsiya) va erituvchida (qo‘zg‘aluvchan faza) turlicha
desorbsiyalanishga asoslangan bo‘lib, usul asosan murakkab
aralashmalar sifati va miqdorini aniqlash uchun ishlatiladi. Bu tahlil
usulida gazlar , gaz holidagi moddalar va osonlik bilan gaz holatiga
o‘tuvchi moddalar aniqlanadi.
Gaz xromatografiyasi usuli miqdori juda kam bo‘lgan moddalarni ham
aniqlash imkonini beradi.
• Gaz xromatografiyalash usuli qo‘llaniladigan qo‘zg‘almas va
qo‘zg‘aluvchan fazalarning agregat holatiga qarab gaz, gaz-suyuqlik
xromatografiyasiga, moddalarning qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan
fazalarda ajratilishida sodir bo‘ladigan jarayonlarga qarab
adsorbsiyalash, taqsimlanish, ion almashinish, cho‘ktirish, adsorbsion
kompleks hosil qilish xromatografiyasiga, moddalarni bir-biridan
ajratishda qo‘llaniladigan moslamalarga qarab kolonkali, kapillyarkolonkali xromatografiya usullariga bo‘linadi.
Gaz, gaz-suyuqlik xromatografiyalash usullari yordamida gaz, qattiq va
suyuq holatdagi dori moddalarni aralashmalardan ajratish, tozalash va
miqdorini aniqlashda keng qo‘llaniladi.
• Gaz-adsorbsion xromatografiyalashda qo‘zg‘almas faza g‘ovak qattiq
modda (maydalangan, issiqlikka chidamli g‘isht va boshqalar) bo‘lsa,
gaz-suyuqlik xromatografiyalashda esa qo‘zg‘almas faza qattiq g‘ovak
modda sirti uchmaydigan suyuqlik bilan qoplangan aralashmadan
iborat bo‘ladi. Ikkala usulda ham qo‘zg‘aluvchan faza yoki gaz
tashuvchi sifatida azot, argon yoki geliy gazlari qo‘llaniladi.
Bu usul bo‘yicha, bir necha mikrolitr tekshirilishi lozim bo‘lgan eritma
maxsus shprits yordamida yuqori haroratli termostatga yuboriladi va u
yerda gaz holatiga aylanib, qo‘zg‘almas faza bilan to‘ldirilgan
xromatografik kolonkaga o‘tadi, bunda tekshiriluvchi moddalar
|
| |